Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
13.4 –rasm. Maxsus
diagnostikalash ustaxonasi 88 Zamonaviy transport vositasida ichiga o‘rnatilgan diagnostikalash tizimining markazi – bort kompyuteri (elektron boshqaruv bloki) hisoblanadi. U diagnostik axborotni dasturlar bo‘yicha taqsimlaydi, ular esa, o‘z navbatida, nosozlik tavsiflari va turlarini aniqlaydi, detal va agregatlar resurslari sarfini hisoblaydi, keyinroq texnik diagnostikalash tashqi vositalari tomonidan foydalanish uchun saqlaydi va texnik ta’sirlarni rejalashtirish uchun ishlov beradi. Detal va uzellar resursini hisoblash transport vositasini buzilishlarsiz ekspluatatsiya qilish imkonini beradi. Yetilib kelayotgan buzilishlar oldindan aniqlansa, ekspluatatsiyani to‘xtatish, u yoki bu texnik ta’sirlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish imkoni yaratiladi. Ichiga o‘rnatilgan vositalar bilan diagnostikalash insonni nafaqat diagnoz olish jarayonidan, balki undan keyin foydalanish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqishdan ham ozod etishi mumkin, chunki mikroprotsessor texnikasi vositalari yordamida diagnostikalash natijalariga ishlov berish, mazkur transport vositasining keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqish va profilaktik texnik xizmat o‘tkazishning ma’qul muddatlarini aniqlash imkoni bor. Zamonaviy kommunikatsiya aloqalari vositalari holati nafaqat haydovchiga, balki transport korxona menejeriga ham xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha real vaqt tartibotida qaror qabul qilish uchun transport vositasi texnik holati to‘g‘risida axborot uzatish imkonini beradi. Doimiy o‘rnatilgan diagnostika vositalariga moslashganlikni ta’minlash bo‘yicha transport vositalariga ma’lum talablar qo‘yiladi. Transport vositasi konstruktsiyasiga o‘rnatilgan diagnostika vositalari uning korxonaga kelmasdan avval texnik holati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish imkonini beradi, ya’ni transport vositalarini soz, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash talab qiluvchi guruhlarga bo‘linishini ta’minlaydi. Transport vositasining nazoratga qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida uning agregat va mexanizmlariga quyidagilar o‘rnatiladi: 1) datchiklar; 2) axborotni markazlashtirgan holda olish moslamalari; 3) nosozlik indikatorlari; Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling