Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

3-rasm. G’ildiraklarni avtomatik
yuvish jihozi: ishchi hajmi 400 l.,
quvvati 7,2 kVt., kuchlanish 3x400 V.


Avtomobillarni yuvish ishlari mexanizatsiyalashganda, unga 1.5-3 min, qo’l bilan 10-20 min vaqt
sarflanadi. Mexanizatsiyani qo’llash natijasida harajatlar yuk avtomobillari va avtobuslarda 1-3 %, yengil
avtomobillarda 25-30 % kamayadi.
Yuvish postlaridagi ariqchalarning poli 2-3 % qiyalikda, maydoncha avtomobilning tashqi
o’lchamlaridan 1.25-1.5 m kengroq bo’lishi kerak. Avtomobil yuvish postlarida konveer yordamida
harakatlanadi (4-rasm).
4-rasm. Avtomobillarni yuvish konveeri shakli (konveerning harakatlanish tezligi 3...4 m/min).
Avtomobillarni qo’l bilan yuvish posti - maxsus trubalar bilan jihozlangan bo’lib (vodoprovod,
suv bosimi 0.2-0.4 MPa) suv bosimini oshirish uchun maxsus nasos, qurilma va sepgichlardan(5-rasm)
foydalanadi. (SHlangada qo’l bilan yuvish moslamasi(M-107)dagi suv bosimi 2.2 MPa ni tashkil etadi.
TSKB-1100 turidagi GARO moslamasining ishlab chiqarish qobiliyati 35-40 lmin ni tashkil etib,
vodoprovod suvini 10 m balandlikka chiqara oladi). Yengil va yuk avtomobillarni yuqori bosim ostida
yuvishda suv sarfi 150-200 l ni, avtobuslar uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda
suv sarfi 200-300 % ga oshadi. Yengil va yuk avtomobillarni yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-
200 l ni, avtobuslar uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300 % ga
oshadi.Avtomobillarni har qanday yuvish turini qo’llanganda kuzovning sirti oz bo’lsa ham shikastlanadi.
Quyidagi rasmlarda (6-rasm)) turli usullarda yuvilgan sirtlarning shikastlanish darajalari aks ettirilgan.
5-rasm. Qo’l bilan yuvishda ishlatiladigan suv sepgich (maksimal bosimi 160 Bar, suv sarfi 20 l/min;
suvning maksimal harorat 60 C°).


a)
b)
v)
6-rasm. Turli usullarda yuvilgan sirtlarning shikastlanish shakli: a-artish materiali tagiga qattiq zarracha
tushib qolgan holat; b-artish materiali yaxshi tozalanmay ishqalangan holat; v-25 marta avtomat ravishda
yuvilgan yuza holati.
ASK larda avtomobillarni yuvishda va ustaxonalarda ishlatilgan suvni tozalash, undan qayta
foydalanish va sanitariya talablariga rioya qilgan holda kanalizatsiya tizimiga oqizish muhim rol
o’ynaydi. Ishlatilgan suv kanalizatsiya tizimi, suv havzalari va atrof muhitni ifloslantirmasligi uchun
ATK larda loy tindirgich va moybenzintutgichlardan foydalaniladi. Loytindirgichning oddiy turi 7-
rasmda ko’rsatilgan.
Avtomobillarni yuvish postidagi quvur(3) orqali suv, maxsus idish(2)ga oqib tushadi. qattiq va
og’ir zarrachalar loytindirgichga tushib, tezligini yo’qotadi va tindirgich tubida to’planadi. Tindirilgan
suv quvur(5) orqali 6-moybenzintutgich(6)ga oqib tushadi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling