Or bog’lovchisi o’zbek tiliga “yo” “yoki” deb tarjima qilinadi
Nor bog’lovchisi o’zbek tiliga “na” “na…na” holida tarjima qilinadi va asosan not va neither so’zidan keyib qo’llanadi, Agar gap Nor bilan boshlansa inversiya hodisasi ro’y beradi. Ya’ni egadan oldinga yordamchi fe’l chiqadi.
We didn't get to see the castle, nor did we see the cathedral - Biz na qasrni ko'rdik va na soborni ko'rdik
Not for a moment did I think I would be offered the job, so I was amazed when I got it. - Bir lahzaga ham menga ish taklif qilishadi deb o'ylamagan edim, shuning uchun uni olganimda hayron bo'ldim.
So natijani ifodalaydi va o‘zbek tiliga “natijada”, “shunday qilib”, “shunday ekan” kabi so‘zlar bilan tarjima qilinadi.
It was a long journey, so I’m really tired now – Bu uzoq safar edi, shuning uchun hozir juda charchadim.
For sababli ifodalab keladi va because bilan sinonim hisoblanadi. Ammo zamonaviy ingliz tilida for bog’lovchi sifatida kam ishlatiladi.
Yet bog’lovchi bo’lib kelganda “but” bilan ma’nodosh hisoblanadi va biror, ammo deb tarjima qilinadi.
It felt strange yet so wonderful to ski in the summer! - Yozda chang'ida uchish g'alati, ammo juda ajoyib tuyuldi!
Juft bog‘lovchilar
both . . . and
|
ham . . . ham
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |