Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

(yuqori ton) deb atalib, ular asosiy tondan doimo yuqori bo‘ladi. Obertonlar turli 
musiqa asboblari va odam ovozla- rining balandligi bir xil bo‘lgan ovozlarni ajratishga 
imkon beradi; ular har bir ovozga o‘ziga xos ohang beradi, bu ohang ovoz tembri deb 
ataladi va bir xil tondagi turli ovozlarni bir-biridan ajratishga imkon beradi. 
Shovqinlar - turli-tuman nogarmonik tebranishlar bo‘lib, balandligi va kuchi tez 
hamda keskin o‘zgarib turadi (masalan, shtir- lash, taqillash, zarb ovozi, portlash
arraning ovozi, vishillash, hushtak va h. k.). 
OVOZNI YOZIB OLISH TARIXI 
Inson qadimdan ovozni yozib olishga intilib kelgan. Fizik olim Jambatista Porta 
1589- yildayoq: «Ovoz izsiz yo‘qolib ketmaydi, uni iloj qilib saqlash mumkin», - degan 
edi. Ko‘p olimlar, shu jum- ladan, mashhur astronom Iogan Kepler (1634) ham ovozni 
saqlab qolish mumkinligi haqidagi fikrni aytgan. Ingliz fizigi Tomas Yung birinchi 
bo‘lib (1807) ovozni yozib olishga muvaffaq bo‘ldi. U Kamertonning ovoz 
tebranishlarini barabanga o‘ralgan is bosgan qog‘ozga yozib olgan. Fransuz Leon Skott 
1857- yilda ovoz yozib oluvchi apparat - fonoavtografni kashf etdi. Bu asbob ovozning 
«shaxsiy imzosini» yozib olishga imkon bergan. Yung va Skott ix- tiro qilgan 
apparatlarda ovoz yozib olinardi-yu, lekin qayta eshit- tirib bo‘lmasdi. 
Fransuz Sharl Kro (1842-1888) birinchi bo‘lib ovozni yum- shoq materialdan 
qilingan diskka ariqchalar tarzida yozib olish va qayta eshittirishni taklif qildi. Qayta 


eshittirishda membrana bilan bog‘langan igna ariqchada harakatlanishi va tebranishlar 
mem- branaga uzatilishi, u esa havoni tebratib, rupor orqali atrofga tarqa- tishi kerak 
edi. Lekin Sh. Kro amalda bunday apparatni kashf qila olmadi. 
Mashhur amerika elektrotexnika kashfiyotchisi T. A. Edison birinchi bo‘lib (1877) 
ovozni yozib oldi va qayta eshittirdi. U fono- grafni ixtiro qildi. Unda ovoz mum 
valikka yozilar edi (chuqur yozuv). Ovozni qayta eshittirishda fonograf ignasi aylanib 
turgan valik ariqchalarida harakatlanib, membrana va rupor yordamida ovozni qayta 
eshittiradi. Ovozni yozib olishning bunday usuli me- xanikaviy usul deyiladi. 
Fonografning asosiy kamchiligi yozilgan ovoz nusxasini olish mumkin emasligidir. 
Vaqti kelib fonograf o‘rnini gramofon egalladi. Uni Emil Berliner taklif qilgan. U o‘z 
apparatini Filadelfiya universitetida 1888- yilda namoyish qilgan. Bu apparatda ovoz 
diskka ko‘ndalangiga yozilgan. Bu usul grammofonda ham qo‘llanilgan. 
Taxminan 1907- yilda balandroq ovoz chiqaradigan oksstofon deb ataladigan 
takomillashgan grammofon yaratildi. Bu apparat ma’ruzalar paytida diapozitivlarni 
namoyish qilish va gramplas- tinkalarni qo‘yishga imkon berdi. 
Ovozni mexanik yozib olish usulining rivojlanishi va takomil- lashishi bilan, ko‘p 
olimlar ovozni boshqa usullarda yozishni taklif qilishdi. A. F. Vishemskiy 1889- yilda 
jahonda birinchi bo‘lib ovozni yorug‘likka sezgir materialga optikaviy usulda yozib 
olish- ni taklif qildi. Rus fizigi A. G. Stoletov 1888- yil jahonda birinchi fotoelementni 
yaratdi, 1900- yilda esa I. L. Polyakov fotoelement- dan foydalanib, fotografik 
fonogrammadan ovozni qayta eshitti- rishni taklif qildi. 
Sobiq Ittifoq professorlari T. G. Tager va A. F. Shorinlar 1929- yilda ovozni 
kinoplyonkaga yozib olishning yangi optikaviy usul- larini ishlab chiqishdi. Bu usullar 
ovozli kino yaratish va rivojlan- tirishga asos bo‘ldi. 
Daniya fizigi V. Paulsen birinchi bo‘lib (1898) ovozni po‘lat simga magnit usulda 
yozishni taklif qildi. Ovozni yozib olish va qayta eshittirishning quyidagi usullari 
mavjud: 
1) 
mexanikaviy usul gramplastinkalar ishlab chiqarish usuli bo‘lib, hozirgi kunda bu 
usul o‘rniga muqobil ravishda optik kom- pakt disklarga ovoz yozish qo‘llanilmoqda; 
2) 
optikaviy (fotografik) usul faqat ovozli kinoda qo‘llaniladi; 
3) 
magnit usul axborot-kutubxonalarda, radioeshittirish, ovozli kino, o‘quv-ilmiy 
tadqiqot ishlari, kundalik turmush (havaskorlar- ning ovoz yozib olish) va h. k. da 
qo‘llaniladi. 
OVOZNI MAGNIT USULIDA YOZIB OLISH 
Ma’lumki, ba’zi materiallar juda oson magnitlanadi va magnit xossalarini uzoq 
muddat saqlaydi (masalan, temir va uning kremni kobalt va h. k. bilan birikmalari). 
Ferromagnitlar deb ataladigan bunday materiallar ovoz yozib olish uchun qo‘llaniladi. 
Demak, ovozni magnit usulida yozib olish ferromagnit materiallarning magnit ta’sirida 
magnitlanish va magnit maydonidan chiqqandan so‘ng bu holatni saqlash xossasiga 
asoslangan. Binobarin, ovoz magnit usulda olinganda, plyonkaning ferromagnit 
qatlamidagi qoldiq magnitlanib hosil bo‘ladi. 
Magnit tasma. Tovushni magnit tasmaga yozib olishda ovoz el- tuvchi sifatida 
atsetilselluloza, triatsetat, lavsan yoki boshqa mate- riallardan tayyorlangan, eni 6,25 
mm va qalinligi 50 mkm bo‘lgan elastik tasma qo‘llaniladi. 
Bu tasmaning sirtiga temir oksidi yoki kobalt ferritining magnit kukuni yupqa qilib 
surkalgan. Hozirgi vaqtda ancha tasmalar, xu- susan, uzoq gapiruvchi, qalinligi 4,37 
mkm, juda uzoq gapiruvchi 



26 mkm va hatto 18 mkm li tasmalar ishlab chiqariladi. 
Tasmaga bir ovoz (bir yo‘lli yozuv) yoki ikki ovoz yo‘lini (ikki yo‘lli yozuv) yozib 
olish mumkin. Ikki yo‘lli yozuvda har bir yo‘l- ning eni 2,5 mm bo‘lib, ular orasidagi 
bu joy o‘zaro xalaqitlarga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir ovoz yo‘li magnit fonogramma deb 
ataladi. 
Sanoatimizda magnit tasmalarning bir necha tipi ishlab chiqa- rilgan. 
1-tip tasmaga ovoz katta harakat tezligida yozib olinadi. Bunday tasma faqat 
professional maqsadlarda ishlatiladi. Havaskorlar sez- girligi 1-tip tasmadan yuqori 
bo‘lgan 2- va 6- tip tasmalarni ishlati- shadi. Aytilgan tasmalarning asosi diasetatdan 
iborat. 
Asosi diasetatdan iborat 9- tip va asosi lavsandan iborat 10- tip, asosining qalinligi 37 
mkm li tasmalar ishlab chiqarila boshlandi. Ko‘pincha, sobiq GDR da tayyorlangan C, 
CN va CR tipdagi magnit tasma ham ishlatiladi. C tasma bizdagi 1- tip, SN tasma 2- tip, 
CR tasma 6- tip tasmamizga to‘g‘ri keladi. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling