Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
sodda grafik muharrirda sodda chizma va rasmlar hosil qila oladi; grafik muharrir imkoniyatlaridan foydalanib amallar bajara oladi;
matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi; matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi; matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtira oladi va formatlay oladi; matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi;Operatsion tizim yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi; axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi; Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi.
|
|
FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi;axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, media-savodxonlikka rioya qiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |