Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
ekjstraksion fosfor 101-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fosfat kislotani konsentrlash uchun vakuum-bug’latgichli qurilma sxemasi.
Fosfat
kislotani konsentrlash. Qo’shaloq superfosfat, ammofos, nitroammofoska ishlab chiqarish uchun 45-55% P 2 O 5 tutgan fosfat kislota, ammoniy polifosfatlari va suyuq o’g’itlar olish uchun esa – 72-83% P 2 O 5 li fosfat kislotalari talab etiladi. Bunday hollarda ekstraksion fosfat kislota bug’latiladi. Ma’lumki, har qanday (98% li H 3 PO 4 gacha) konsentratsiyadagi toza fosfat 25 kislotaning bug’i faqat suvdan iborat, nazariy olganda uni bug’latish orqali yuqori konsentratsiyali eritmalarini olish mumkin. Amalda esa jihozlar materiallarining korroziyalanishi hisobiga bug’latish qiyinchilik tug’diradi. Xarorat va kislota konsentratsiyasining ortishi bilan korroziyalanish tezlashadi. Bundan tashqari, konsentratsiya ortishi bilan kislota tarkibidagi qo’shimchalar, eruvchanlikning keskin kamayishi hisobiga cho’kmaga tushadi (quyqa hosil qiladi). Cho’kmali qoldiq (quyqa) lar qizdiriluvchi yuzaning ichki sirtiga o’tirib qolib, issiqlik almashinuvini yomonlashtiradi. Loyiha quvvati yiliga 110 ming t P 2 O 5 bo’lgan ekstraktsiyali sistemalarda kislotani 18-22 dan 35-40% P 2 O 5 gacha kontsentrlash uchun odatda bir korpusli bug’ bilan isitiladigan (130 O C) qizdiruvchi kamerali 3-4 ta vakuum-bug’latgichli apparatlar o’rnatilgan (7–rasm). Vakuum-nasos yordamida apparat ichida 0,09 MPa li vakuum hosil qilinadi. Bu esa bug’latishni nisbatan past (80-90 O C) xaroratda amalga oshirish imkoniyatini beradi. Apparat korpusi gummirlangan, qizdiruvchi kamera grafitli (kislota va bug’ harakatlanadigan yo’llari bo’lgan grafitli bloklardan iborat, issiqlik almashinuv yuza maydoni 158 m 2 ga teng) bo’ladi. Qizdiriluvchining cho’kmali quyqa hosil qilib qolishini oldini olish maqsadida, uzluksiz ravishda kuchsiz kislota qo’shish orqali konsentrlangan kislotaning majburiy intensiv sirkulyatsiyasi (sirkulyatsiyaning qaytarilishi 100- 150 marta) amalga oshiriladi. Shu tufayli sirkulyatsiyali eritma konsentratsiyasi aralashishdan so’ng ham kam o’zgaradi. Bunday kislotadagi qo’shimchalarning eruvchanligi boshlang’ich kislotadagiga qaraganda anchagina kam bo’ladi. Shuning uchun aralashtirilgan vaqtda kuchsiz kislotadagi qo’shimchalar kristallanadi. Ularni tindirgichdayoq ajratib olish va so’ngra bug’latuvchi apparatga yo’llash maqsadga muvofiqdir. Bug’latilgan kislotani sirkulyatsiyali konturdan muntazam chiqarib turiladi. Qizdiruvchi kameraning ichki yuzasiga kalsiy sulfat va ftorsilikatlardan iborat qo’shimchalar o’tirib qoladi. Bu har uch kunda toza suv bilan yuvib turishni talab etadi. Nisbatan ko’proq vaqt ishlatilganda qo’yqa bu yuzani yanada to’laroq 26 egallab oladi, uni mexanik usullar bilan tozalanadi va so’ngra H 2 SiF 6 ning 4-5% li eritmasi bilan yuviladi. 7 – rasm. Fosfat kislotani konsentrlash uchun vakuum-bug’latgichli qurilma sxemasi. 1 – bug’latuvchi apparat (bug’latgich) korpusi; 2 - qizdiruvchi kamera; 3 – sirkulyatsiya nasosi; 4 – tomchi ushlagich; 5 – ftorli gazlar absorberi (yuvish minorasi); 6 – H 2 SiF 6 – eritmasining barometrik yig’gichi; 7 – yuza kondensatori; 8 – ikki bosqichli ejektorli (so’rg’ich) qurilma; 9 – barometrik bak. Ekstraksion fosfat kislotaning konsentratsiyasi ortishi bilan unda erigan geksaftorsilikat kislotaning bug’ bosimi ham ortadi. Shu tufayli fosfat kislotani 52- 57% P 2 O 5 gacha bug’latishda boshlang’ich kislotadagi ftorning 80-90% va (2HF+SiF 4 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) gazli fazaga ajralib chiqadi; mahsulot kislotasidagi ftorning miqdori 0,5—0,8% gacha kaamayadi. Shuningdek, bug’latgichdan chiqadigan gazlar tarkibida ko’p miqdordagi suv bug’i bo’ladi, uni ftoridlar absorbtsiyasida kondensatsiyalanishini kamaytirish uchun, absorbtsiyalash jarayoni qaynoq (60-70 O C) H 2 SiF 6 eritmalari bilan amalga oshiriladi; ftordan tozalangan suv bug’i barometrik kondensator o’rnatilgan ikki bosqichli bug’ejektorli (bug’ so’ruvchi) qurilmalar yordamida so’rib olinadi. Apatitdan olingan bug’latilgan kislota 1650-1750 kg/m 3 zichlikka ega, uning tarkibida: 52-54% P 2 O 5 ; 3,4-4,2% SO 3 ; 1,2-1,3% (Fe,Al) 2 O 3 ; 0,1-0,4% SiO 2 ; 0,5- 0,8% F bo’ladi. Ekstraksion fosfat kislotani bug’latish uchun barbotajli konsentratorlar – kislotabardosh materialli kameralar ham ishlatiladi, ularda bug’latish kislotaning yuza qatlami orqali yoqilgan qaynoq gaz berish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda 27 issiqlik uzatuvchi yuza bo’lmaydi, issiqlik almashinish qaynoq gaz bilan kislotaning to’g’ridan-to’g’ri to’qnashishidan amalga oshadi; bunda hosil bo’ladigan cho’kma muallaq holatda qoladi va apparatdan kislota bilan birgalikda chiqadi, so’ngra uni tindirish orkali tozalanadi. Kameraga o’txona gazlari 650- 900 O C xaroratda beriladi. Ayniqsa, tabiiy gaz yondiriladigan grafitli botirma yondirgichli konsentratorlar intensiv ishlaydi. Barbotajli konsentrator va botirma yondirgichli apparatlarda gaz o’zi bilan birga anchagina miqdordagi fosfat kislota bug’ini olib chiqadi, uni esa elektrofiltrlarda tutib qolish lozim bo’ladi. Tarkibida 8,5-9 g/m 3 ftor (elektrofiltr ga kirishdan oldin havo bilan aralashishi hisobiga – 3 g/m 3 ) bo’lgan chiqindi gazlarini tozalashdan ko’p miqdordagi P 2 O 5 tutgan H 2 SiF 6 eritmasi olinadi; ularni ishlatish qiyinchilik tug’diradi. Tuman hosil bo’lishi – P 2 O 5 yo’qotilishi orshiradi, bundan tashqari, tevarak atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo’ladi. Bunday jihozlar ko’proq superfosfat kislotalar olish uchun qo’llaniladi. Bu holda bug’latishga tarkibida 54-55% P 2 O 5 tutgan eritmalar (vakuum- bug’latgichdan so’ng) beriladi. Bunday maqsadlar uchun qizdiruvchi kameraga yuqori bosimdagi bug’ (~3 MPa) uzatiladigan vakuum-bug’latgichli apparatlar ham ishlatilishi mumkin. Hozirgi paytda barbotajli konsentratorlar o’rnida yanada takomillashgan, yuqori darajada issiqlikdan foydalanuvchi, aeroliftli apparatlar qo’llanilmoqda. Ular ichki qismi grafitli quvur bilan muhofazalangan vertikal po’lat quvurdan iborat. Uning bug’latiladigan kislota kiritiladigan pastki qismidan qaynoq gaz oqimi yuboriladi, hosil bo’ladigan gaz-suyuqlikli aralashma yuqori qismidan chiqariladi. Suyuqlikni ajratilgandan keyin va issiqligidan bug’latiladigan kislotani isitishda foydalanilgandan so’ng, chiqindi gazi, absorbtsiya qurilmalarida kislota tumani, SiF 4 va HF dan tozalanadi. Suyuq kompleks o’g’itlar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan, tarkibida 68-70% P 2 O 5 tutgan kislota olish uchun kontsentrlashni ikkita ketma-ket bosqichda: 1-chisida 52-54 dan 64% gacha, 2- chisida esa 68-70% P 2 O 5 gacha o’tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling