Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
ekjstraksion fosfor 101-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25°C haroratdagi NH 4 H 2 PO 4 – (NH 4 ) 2 HPO
3
– H 3 PO 4 – H 2 O sistemadagi eruvchanlik izotermasi. 32 25°C dagi NH 4 H 2 PO 4 – (NH 4 ) 2 HPO 4 – H 2 O sistemasida eruvchanlik diagrammasi (9-rasm) dan ko’rinadiki, monoammoniyfosfat konsentratsiyasining ortishi bilan diammoniyfosfatning eruvchanligi amalda o’zgarmaydi; diammoniyfosfat konsentratsiyasining ko’tarilishi bilan esa monoammoniyfosfatning eruvchanligi ortadi; u NH 3 :H 3 PO 4 molyar nisbati ~1,5 ga teng bo’lganda maksimumga erishadi. 0,1 M eritmaning pH qiymati: NH 4 H 2 PO 4 uchun – 4,4, (NH 4 ) 2 HPO 4 uchun – 8,0 va (NH 4 ) 3 PO 4 uchun esa – 9,4 ga tengdir. 9 – rasm. 25°C haroratdagi NH 4 H 2 PO 4 – (NH 4 ) 2 HPO 4 – H 2 O sistemadagi eruvchanlik izotermasi. Mono- va diammoniyfosfatlarning gigroskopikligi kamdir. 50°C dagi NH 4 H 2 PO 4 ning gigroskopiklik nuqtasi 88% ga, 15°C da esa – 97% ga tengdir (texnik mahsulotlarda qo’shimchalarning ishtirok etishi uning gigroskopikligini oshiradi). Ammoniy fosfatlari qishloq xujaligida o’g’it sifatida keng qo’llaniladi. Ular yuqori konsentratsiyali ballastsiz o’g’itlar hisoblanadi va tarkibida ikkita asosiy ozuqa elementlari – suvda eruvchan shakldagi azot va fosfor tutadi. Toza monoammoniyfosfatda 12,2% N va 61,7% P 2 O 5 (jami 73,9%), diammoniyfosfatda – 21,2% N va 53,8% P 2 O 5 (75,0%) bo’ladi. 33 Diammoniyfosfatda ozuqa moddalarining N:P 2 O 5 massa nisbati (1:2,5) monoammoniynisbatdagi (1:5,1) ga nisbatan ancha maqbul bo’ladi. Ammoniyli-fosfatli o’g’itlardan ammofos – oz miqdordagi (~10%) diammoniy-fosfat qo’shimchasi bo’lgan monoammoniyfosfat ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Davlat standartlari (DAST 18918-85) talablariga muvofiq, donadorlangan ammofos ikki xil markada: A – apatit konsentratidan va B - fosforitdan olingan Ekstraksion fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash natijasida ishlab chiqariladi. A markali oliy va 1-sifat kategoriyali va B markali oliy va 1-sifat kategoriyali mahsulotlar tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 501% dan kam bo’lmagan, 44 va 421% dan kam bo’lmagan P 2 O 5o’zl. ; 48, 46, 34 va 32% P 2 O 5s.e. ; 121, 121, 111 va 101% N va 1% dan ko’p bo’lmagan H 2 O bo’ladi. O’lchamlari 1-4 mm bo’lgan donachalarning ulushi oliy navda 95% dan va birinchi navda 90% dan kam bo’lmasligi kerak. Ammofosdagi N:P 2 O 5 nisbati ~1:4 ga tengdir. Tarkibida diammoniyfosfat va fosfat kislotadan o’tadigan qo’shimchalari bo’lgan azot bo’yicha nisbatan konsentrlangan o’g’it – diammofos ham ishlab chiqariladi. Agar diammofos ishlab chiqarish uchun apatit konsentratidan olingan Ekstraksion fosfat kislota ishlatilsa, bunda mahsulot tarkibida: 481% P 2 O 5o’zl. , 18% dan kam bo’lmagan N va 1,5% dan ko’p bo’lmagan H 2 O bo’ladi. N:P 2 O 5 nisbati katta bo’lgan o’g’it ishlab chiqarish uchun ammofos va diammofosga azotli o’g’itlar – ammoniy nitrat yoki karbamid qo’shiladi. Termik yoki tozalangan Ekstraksion fosfat kislotadan olinadigan diammoniyfosfat hayvonlar ozuqasi uchun ishlatiladi. Ammoniy fosfatlari, shuningdek, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ham ishlatiladi; ular antipirenlar sifatida va qurilish materiallarining yong’inga bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling