Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li
ammofos ishlab chiqarish sxemasi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
ekjstraksion fosfor 101-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor ammmoniylashtiruvchi bug’latgich (TAB).
- AD jihozi bilan donadorlangan ammofos olish sxemasi
- Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD)
ammofos ishlab chiqarish sxemasi:
1 – TAB jihozi; 2 – bug’latuvchi jihozlar; 3 – aylantiruvchi nasoslar; 4 – bug’latilgan suspenziya yig’gichi; 5 – BDQ jihozi; 6 – elevator; 7 – elak; 8 – valkali maydalagich; 9 sovutgich; 10 – suzuvchi nasadkali absorber; 11 – yuvish minorasi; 12 – suyuq ammiakni bug’latgich; 13 – oraliq idish; 14 – issiqlik almashtirgich. Fosfat kislota (22-29% P 2 O 5 ) gaz holatdagi ammiak bilan pH 55,5 gacha TAB – tezkor ammoniylashtiruvchi bug’latgich jihozida neytrallanadi (12 – rasm). Bu vertikal reaksion quvur (Ǿ 0,6 m, N 6 m) ostidagi Venturi soplosi (ichida gaz 38 yoki suyuqlik tezligi oshadigan o’zgaruvchan kesimli kanal yoki qisqa quvur) dan ammiak va kislota kiritiladi. Reaktsiya issiqligi hisobiga massa qaynaydi va yuqoriga harakatlanadi, 1-2 minut ichida separatorga yetib boradi, suspenziya u yerdan aylantiruvchi quvur orqali reaksion quvurga qaytariladi. Uning bir qismi separatordan kontsentrlashga yuboriladi. Separatordan chiqadigan bug’ issiqlik almashtirgichda boshlang’ich kislotani isitish orqali kondensatlanadi. Ammofos suspenziyasi (NH 3 :H 3 PO 4 1,1) ko’p qobiqli bug’latish qurilmasida kontsentrlanadi, u yerda undagi suv miqdori 55-56% dan 18-25% gacha kamaytiriladi; 1-qobiq vakuum ostida, 2-qobiq - atmosfera bosimida, 3-qobiq - yuqori bosimda ishlaydi; yangi hosil qilingan bug’ (0,3 mPa) 3- va 4- qobiqqa beriladi, 1- va 2-qobiqlarda esa jarayonda hosil bo’ladigan bug’ ishlatiladi. So’ngra 112-115°C haroratli suspenziya BDQ jihozida quritiladi va shu bilan bir vaqtda donadorlanadi. Sovutilgan va elakda ajratilgan mahsulotning zarracha o’lchami 1 mm dan kichik bo’lgan fraktsiyasi BDQ jihoziga tashqi retur sifatida qaytariladi. Yirik fraktsiya maydalashga yuboriladi, mahsulot fraktsiyasi esa 45°C gacha (konteynerlarga yuklashda yoki qog’oz qoplarga joylashtirishda) yoki 55°C gacha (polietilen qoplariga joylashtirishda) sovutiladi. Apatitdan (51% P 2 O 5o’zl. , 12% N) va Qoratog’ fosforitidan (47% P 2 O 5o’zl. , 11% N) 1 t ammofos mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarf koeffitsientlari muvofiq ravishda, taxminan quyidagicha bo’ladi: Ekstraksion fosfat kislota (100% P 2 O 5 ) – 0,54 va 0,5 t; NH 3 – 0,15 va 0,14 t; tabiiy gaz (34,8 Mj/m 3 ) – 28 m 3 ; elektroenergiya 111 kVt•s; suv – 22 m 3 ; qisilgan havo – 60 m 3 . P 2 O 5 dan foydalanish darajasi 96% ni, NH 3 dan esa – 97% ni tashkil etadi. Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD) ishlatilgan holdagi sxema bo’yicha ammofos olishda (14 – rasm) 50-54% P 2 O 5 gacha bug’latilgan Ekstraksion fosfat kislotaga chiqindi gazlarini absorbtsiyalashdan olinadigan oqavalar qo’shilib (undagi P 2 O 5 miqdori 47-48% gacha kamayadi), aralashtirgichli reaktorlarda ammiak gazi bilan NH 3 :H 3 PO 4 0,60,7 molyar nisbatigacha neytrallanadi. 39 13 – rasm. Tezkor ammmoniylashtiruvchi bug’latgich (TAB). 120-125 O C harorat va 17-18% namlikdagi (ammoniylashtirish issiqligi hisobiga reaktorlarda 20-25% bug’langan) kislotali (rN 3) suspenziya AD jihoziga beriladi (15 – rasm). AD jihozida 85-95°C haroratda massa NH 3 :H 3 PO 4 11,05 molyar nisbatigacha qo’shimcha neytrallanadi va mahsulot donadorlanadi; unda jarayonga berilgan 50% suv bug’lanadi. AD jihozidan chiqadigan nam (2,5- 3,5% H 2 O) donachalar to’g’ri oqimli barabanli quritgichda (250-350°C haroratdagi) o’txona gazlari bilan donachalar harorati 75-90°C bo’lgan holda quritiladi. So’ngra u elanadi va mahsulot fraktsiyasi sovutgichda 75-90°C dan 45- 55°C haroratgacha sovutiladi. Quritish barabanidan (105-115°C da) chiqadigan hamda neytrallagich va ammoniylashtiruvchi donadorlagichdan so’rib olinadigan gazlar chang, ammiak va ftordan tozalanadi; hosil bo’ladigan oqavalar reaktor-neytrallagichlarga yuboriladi. Mahsulot tarkibida ftor miqdorining kam (1% dan oshmasligi) keltirib o’tilgan jarayonning afzalliklaridan biri hisoblanadi; kuchsiz kislota ishlatilganda esa u 3,5-4% ni tashkil qiladi. Bu sxema bo’yicha 1 t ammofos (53% P 2 O 5 , 12% N) ga: bug’latilgan kislota shaklida 0,588 t P 2 O 5 ; 0,151 t NH 3 ; 9 m 3 tabiiy gaz (34,8 Mj/m 3 ); 67 kVt∙s elektroenergiya talab etiladi. 40 14 – rasm. AD jihozi bilan donadorlangan ammofos olish sxemasi: 1 – neytrallagich; 2 – ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD); 3 - quritish barabani; 4 – tsiklonlar; 5 – elaklar; 6 – sovutgich; 7,8 – abslrberlar. 15 – rasm. Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD): 1 - qobiq; 2 – sochiluvchi komponentlarni uzatish tuynugi; 3 – ichki devorini tozalash uchun pichoq; 4 – ammiak taqsimlagich; 5 – o’ram; 6 – tayanch va qisgich g’ildiraklar; 7 – tayanch halqa; 8 – bandaj. Apatit konsentratidan olinadigan mahsulot tarkibida taxminan: 55-56,5% P 2 O 5umum. , 54-55% P 2 O 5o’zl. , 53-54% P 2 O 5s.e. , 12-12,5% N; 0,5-1% H 2 O bo’ladi. 41 Keltirilgan sxemalarni mukammallashtirish bo’yicha turli takliflar berilgan. Masalan, kislotani neytrallashni bosim ostida amalga oshirishni ko’rsatib o’tiladi. Buda reaktsiya issiqligidan amalda deyarli to’la foydalanilishiga erishilishi mumkin. Konsentrlangan (35-40% P 2 O 5 ) Ekstraksion fosfat kislota pH 44,5 gacha neytrallanishi 0,3-0,35 mPa bosimda quvurli reaktordan juda qisqa vaqtda o’tishi (~0,1 s) hisobiga amalga oshiriladi. Neytralizatsiya issiqligi hisobiga 180- 200°C gacha qizigan suspenziya minoradagi forsunkada changlanadi, u yerda atmosfera bosimi ushlab turiladi; shu bilan bir vaqtda massaning sovutilishi natijasida o’z-o’zidan bug’lanish hisobiga qizigan eritmadan suv tezda yo’qotiladi; kukunsimon ammofos hosil bo’ladi. Uni donadorlanishi mumkin yoki nitroammofos va boshqa murakkab o’g’itlar olish uchun ishlatilishi mumkin. Qoratog’ fosforitidan olingan Ekstraksion fosfat kislotani 50-55% P 2 O 5 (va undan yuqori) konsentratsiyagacha bug’latish usullari (NamMPI, prof.Q.G’afurov boshchiligida) yaratilgandan keyin, bu kislotadan eng mukammal usulda (quvurli neytrallash jarayoni orqali) ammofos murakab o’g’iti ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan va sanoat sharoitida sinovdan muvofaqqiyatli o’tkazilgan. Natijada tarkibida 49-51% P 2 O 5o’zl. va 11% N tutgan, ftorsizlangan (0,3-0,4% F li) ekologik toza ammofos o’g’iti olingan (1980 y., Rossiya, Voskresensk shahri). Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling