Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li
Ammofos ishlab chiqarish nazariyasi va texnologiyasi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
ekjstraksion fosfor 101-19
1.3. Ammofos ishlab chiqarish nazariyasi va texnologiyasi.
Ma’lum xomashyo uchun fosfat kislotaning stexiometrik me’yori – ko’rsatilgan reaktsiyalarni va boshlang’ich ekstraksion fosfat kislota eritmasidagi neytrallovchi (CaO, MgO, P 2 O 3 ) va kislotali (H 2 SO 4 ) qo’shimchalarning bo’lishini e’tiborga olgan holda belgilanadi. Tabiiy fosfatni fosfat kislotali parchalashdan olinadigan bo’tqa tarkibidagi erkin fosfat kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida dastlab monoammoniyfosfat hosil bo’ladi: H 3 PO 4 + NH 3 = NH 4 H 2 PO 4 Neytrallanish issiqligining ajralishi hisobiga massaning xarorati 80-90 O C gacha ko’tariladi va buning hisobiga ammofosfat bo’tqasi birmuncha quriydi. Bunda suvda eriydigan P 2 O 5 miqdori kamaymaydi. Nisbatan kuchliroq ammoniylashtirish natijasida monokalsiyfosfat dikalsiyfosfatga aylanadi: Ca(H 2 PO 4 ) 2 ∙H 2 O + NH 3 + H 2 O = CaHPO 4 ∙2N 2 O + NH 4 H 2 PO 4 Ca(H 2 PO 4 ) 2 ∙H 2 O + CaSO 4 + 2NH 3 + 3H 2 O = 2CaHPO 4 ∙2H 2 O + (NH 4 ) 2 SO 4 Bunday chuqur ammoniylashtirish natijasida ammofosdagi suvda eriydigan P 2 O 5 miqdori anchagina kamayadi, ammo o’zlashadigan P 2 O 5 miqdori sezilarli o’zgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom ettirish P 2 O 5 retrogradatsiyasiga olib keladi – dikalsiyfosfat o’simliklar qiyin o’zlashtiriadigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi: 3CaHPO 4 ∙2H 2 O + 2NH 3 = Ca 3 (PO 4 ) 2 + (NH 4 ) 2 HPO 4 + 6H 2 O NH 4 H 2 PO 4 + NH 3 = (NH 4 ) 2 HPO 4 (NH 4 ) 2 HPO 4 + 3CaHPO 4 ∙2H 2 O = Ca 3 (PO 4 ) 2 + 2NH 4 H 2 PO 4 + 6H 2 O 2CaHPO 4 ∙2H 2 O + CaSO 4 + 2NH 3 = Ca 3 (PO 4 ) 2 + (NH 4 ) 2 SO 4 + 4H 2 O 29 Ammofos texnologiyasining qo’shaloq superfosfat texnologiyasidan farqi shundaki, bunda ishlatiladigan ikkilamchi fosfat oz miqdorda bo’ladi, ya’ni qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi ikkilamchi fosfat bilan kiradigan umumiy miqdorining 25% o’rniga ammofos ishlab chiqarishda 10-15% P 2 O 5 ishlatiladi. Ammofos ishlab chiqarishda kislota me’yorining haddan yuqori bo’lishi, xattoki quyi navlardagi fosfatli xomashyolardan olingan EFK ishlatilganda ham ikkilamchi fosfat parchalanish darajasining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Superfosfatlar samaradorligi bilan solishtirilganda ammofos agrokimyoviy samaradorligining yetarli darajada yuqori bo’lishi, ayniqsa quyi navli fosfatli xomashyolar ishlatilishi ammofos ishlab chiqarish sanoatini tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy holda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: fosfat unlarini fosfat kislota bilan parchalash; so’ngra 93% sulfat kisotasi bilan 85-90°C haroratda 4 soat davomida parchalash jarayoni olib boriladi. Jarayon tugagandan so’ng filtr lanadi olingan ekstraksion fosfor kislotasini ammiak bilan neytrallash (pH ko’rsatkichi 3,5 va undan yuqori) yoki kislotali bo’tqa olish (pH ko’rsatkichi 2,5 va undan kam); ammoniylangan bo’tqani bug’latish; bo’tqani qo’shimcha ammoniylash (agar lozim bo’lsa); mahsulotni donadorlash va quritish; donachalarni qayta ishlashning standartli bosqichi. Shunday qilib, ammofost ishlab chiqarish bosqichlari (fosfatni parchalash qo’shimcha bosqichi e’tiborga olinmaganda) amalda bug’latilmagan fosfat kislotadan ammofos ishlab chiqarish bosqichlariga o’xshaydi. Uni ishlab chiqarishdagi qator texnologik usullar ham (shu jumladan kislotali fosfat bo’tqasini bug’latish mumkinligi) bir xildir. Ammofosning aniq texnologiyasi EFK ishlab chiqarishda va ikkilamchi fosfat sifatida ishlatiladigan xomashyolar turi bilan belgilanadi. Ammofos bo’tqasini ammiak bilan neytrallash fosfatli xomashyo parchalanish darajasini yuqori darajada saqlagan holda amalga oshiriladi. Parchalanish koeffitsenti asosan kislota me’yoriga bog’liq bo’ladi. Fosforitlarni undan olingan kislota bilan 250% li me’yorda parchalanganda parchalanish 30 darajasi ≈70% ni tashkil etadi, parchalanish darajasining bunday ko’rsatkichga apatitdan olingan kislota bilan 210% li me’yorda fosforitlarni parchalash orqali erishiladi. Ammofos texnologiyasi va jarayonning jihozlanishi ko’pincha ammoniylashtirilgan bo’tqa reologik xossalariga bog’liq bo’lib, bu o’z navbatida kislotalilik muhiti ko’rchatkichi, xomashyo turi, fazalar nisbati va jarayon haroratiga bog’liqdir. 1-jadval Parchalashning 2-bosqichiga beriladigan fosfat me’yorlari (mahsulotdagi P 2 O 5 umumiy miqdoriga nisbatan % hisobida) Fosfatni parchalash uchun ishlatiladigan kislota boshlang’ich xomashyo konsentra- tsiyasi, % P 2 O 5 Sulfat kislotasining me’yori Apatit 52 90-100 Apatit 29 100-105 Fosforit 20 105-110 Termokonsentrat 25 105-110 Ammofos bo’tqasi qovushqoqlik xossalari kislotali parchalashga beriladigan fosfat miqdorini belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi; ikkilamchi fosfat miqdorini cheklaydigan ikkinchi omil olinadigan o’g’itning agrokimyoviy xossalari hisoblanadi. 1-jadvalda parchalashning 2-bosqichiga beriladigan fosfat miqdorlari ko’rsatilgan. Belgilangan texnik shartlarga muvofiq, mahsulot tarkibida: 45-46% P 2 O 5umum. , 36-39% P 2 O 5s.e. , 10-11% N va 1,5% dan kam suv bo’ladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling