Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li
Ammofos ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemalari
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
ekjstraksion fosfor 101-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- Changlatgichli quritgichda ammofos ishlab chiqarish sxemasi
- Barabanli donadorlash-quritgichi (BDQ)
- Ammofos suspenziyasini bug’latish va BDQ jihozida donadorlash orqali
1.4. Ammofos ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemalari.
O’g’it sifatida ishlatiladigan ammofos ishlab chiqarishda quyidagi turli ko’rinishdagi texnologik sxemalar: 34 1. Bug’latilmagan (20-30% P 2 O 5 ) Ekstraksion fosfat kislotani neytrallash va (changlatgichli, barabanli yoki qaynovchi qatlamli) quritgichda suvsizlantirishga asoslangan sxemalar; 2. Bug’latilmagan (20-30% P 2 O 5 ) fosfat kislotani neytrallash, so’ngra ammofos suspenziyasini bug’latish hamda donadorlash va quritishni barabanli donadorlash quritgichlari (BDQ) da amalga oshirishga asoslangan sxemalar; 3. Bug’latilib konsentrlangan (48-54% P 2 O 5 ) Ekstraksion fosfat kislotani neytrallashga asoslangan sxemalar qo’llaniladi. Bu holda neytrallanish ikki bosqichda: dastlab reaktorlarda – atmosfera bosimida, so’ngra barabanli ammoniylashtirgich-donadorlagich (AD) da yoki yuqori bosimli bir bosqichda suspenziyani quritishni minorada changlatish yoki BDQ jihozlarida amalga oshirish orqali o’tkaziladi. Changlatgichli quritgichlar ishlatilishi orqali ammofos ishlab chiqarish sxemasining bir varianti 10 – rasmda ko’rsatilgan. Ekstraksion fosfat kislotasi (22- 28% P 2 O 5 ) 80-115 O C haroratda birin-ketin joylashgan bir necha reaktor (saturator) lar 1 da uzluksiz suratda NH 3 :H 3 PO 4 nisbatini 1,1 dan oshirmagan holda (pH5) ammiak bilan neytrallanadi. Bunda harakatchan suspenziya hosil bo’ladi. 100- 105 O C haroratli uning bir qismi (70-80% miqdori) oxirgi reaktordan changlatgichli quritgich 5 ga tushadi, u yerga shuningdek gazsimon yoki suyuq yoqilg’ini yondirilishidan olingan o’txona gazlari beriladi. Quritgichdan chiquvchi mo’rili gaz harorati 100-115°C bo’ladi va changdan tozalanishi uchun tsiklon 6 dan o’tadi. Quritilgan (1% namlikkacha) kukunsimon ammofos uzluksiz ravishda ikki valli shnekli aralashtirgich 13 ga kelib tushadi, u yerga shu bilan bir vaqtda tayyor mahsulotning mayda fraktsiyasi va suspenziyaning qolgan (20-30%) qismi beriladi. Nam (10-12% H 2 O) ammofos donachalari aralashtirgichdan donachalarni dumaloqlovchi baraban 14 ga va so’ngra quritish barabani 15 ga yuboriladi. Quritilish mo’rili gazlar bilan (350°C da) amalga oshiriladi. 35 10 – rasm. Changlatgichli quritgichda ammofos ishlab chiqarish sxemasi: 1 – reaktor-saturator; 2 – suspenziyani yig’gich; 3 – markazdan qochma nasos; 4 – suspenziya me’yorlashtirgichi; 5 – changlatgichli quritgich; 6 – siklon; 7 – ventilyator; 8 – absorber; 9 – shnek; 10 – maydalagich; 11 – elevator; 12 – bunker; 13 – ikki valli aralashtirgich; 14 – dumaloqlovchi baraban; 15 – barabanli quritgich; 16 – ikki xil teshikli elak; 17 – sovutgich; 18 – transportyor. Quritilgan donachalar ajratiladi. 3,2 mm dan yirik donachalar fraktsiyasi maydalanadi va yana ajratishga beriladi yoki fosfat kislotada eritiladi va jarayonga (ammoniylashtirishga) qaytariladi. 1 mm dan mayda fraktsiyalar donadorlashga yuboriladi; 1-3,2 mm li donachali fraktsiya esa tayyor mahsulot sifatida chiqariladi. Apatit va fosforitlar asosidagi mahsulot tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 47% P 2 O 5umum. , 51 va 46% P 2 O 5o’zl. , 50 va 41% P 2 O 5s.e. , 12 va 11% N, 1% H 2 O, 0 va 4% MgO, 3,5 va 3% F bo’ladi. Ammofos suspenziyasini quritishning ancha takomillashgan usuli – uni quritishlishini barabanli donadorlagichli quritgich (BDQ) yoki barabanli donadorlash quritgichli sovutgich (BDQS) jihozlarida amalga oshirish hisoblanadi. BDQ apparati ichki va tashqi retur (donachalar o’lchami belgilangan talablarga javob bermaydigan zarrachalar) bilan ishlaydi (11-rasm). U gorizontal yuzaga nisbatan 1-3° qiyalikda o’rnatilgan 35 m gacha uzunlikdagi, 1 m dan 4,5 m gacha diametrdagi aylanuvchi barabandan iborat bo’lib, temir-beton taglik ustidagi tayanch roliklari 2 ga tayantirilgan. Qisgich roliklari 3 esa barabanning surilishini 36 oldin oladi. Barabanning aylantirishi elektrodvigatel 4 da hosil qilingan aylanma harakatning reduktor 5, tishli g’ildiraklar 6 orqali tishli chambarak 14 ga uzatilishi orqali amalga oshiriladi. Barabanning kirish qismida parrakli qabul qiluvchi moslama 13, butun uzunligi buyicha esa ko’tarib tashlovchi moslamalar 8 va chiqish qismida ichki returni tagi teshik konus 15 dan suspenziyani sachratish zonasiga uzatish uchun qaytargich shnek 7 o’rnatilgan. Tashqi retur esa quvur 11 dan uzatiladi. Yuklash kamerasi 9 ning oldingi tirqishiga apparatga beriladigan suspenziyani qisilgan havo (0,7-0,8 MPa) bilan sachratish uchun pnevmatik forsunka 10 o’rnatilgan bo’ladi. Bunda suspenziya namligi ~35% bo’lishi lozim. Issiqlik so’rg’ich yuklash kamerasiga ichki quvur 12 orqali kiradi. Ko’tarib tashlovchi moslama quritilayotgan donachalarning erkin tushishidan parda hosil qiladi. Bu pardadagi donachalarga changlatilgan suspenziyaning mayda tomchilari yopishadi va uning qurishi natijasida donachalar yiriklashadi. BDQ dan chiquvchi gazning xarorati 120-125°C bo’ladi. U changdan dastlab siklon (chang tutgich) da, so’ngra esa absorbtsion qurilmada yuvilish orqali tozalanadi. BDQ dan 2-3% namlik bilan chiqadigan quruq donachalar xarorati 100-105 O C bo’ladi. 11 – rasm. Barabanli donadorlash-quritgichi (BDQ): 1 – aylanuvchi baraban korpusi; 2 – tayanch rolik; 3 - qisgich rolik; 4 – elektrodivigatel; 5 – reduktor; 6 – tishli g’ildiraklar; 7 - qaytargich shnek; 8 – ko’tarib tashlovchi moslama; 9 – yuklash kamerasi; 10 – forsunka; 11 – tashqi returni uzatish uchun quvur; 12 – issiqlik so’rg’ich kirishi uchun ichki quvur; 13 - parrakli qabul qiluvchi moslama; 14 – tishli chambarak; 15 – tagi teshik konus; 16 – chiqarish kamerasi. 37 BDQ apparatlari bir-biridan tuzilish qismlari bilan farqlanadi va muntazam takomillashtirib borilmoqda. Ularning ayrimlarida donadorlash va quritishdan tashqari sovutish va donachalarga ajratish ham amalga oshiriladi. Ammofos suspenziyasini oraliq bug’latish sxemasi keng tarqalgandir (12 – rasm). Boshlang’ich fosfat kislotani oldindan natriy yoki kaliy sulfat, yoki soda bilan qayta ishlash undan anchagina miqdordagi ftorning ftorsilikatlar tarzida yo’qotilishi ta’minlaydi va shu bilan bir vaqtda undagi kalsiydan tozalanadi va boshqa qo’shimchalar (Fe, Al) miqdori kamaytiriladi. Bu ammofosdagi o’zlashuvchan va suvda eruvchan P 2 O 5 ning konsentratsiyasini oshiradi, chiqindi gazlaridan ftorning ajratib olinishini osonlashtiradi, buning uchun ftorsizlangan fosfat kislota ishlatilishi mumkin. 12 – rasm. Ammofos suspenziyasini bug’latish va BDQ jihozida donadorlash orqali Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling