B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2,02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
13 KIRISH O’zbekistonda mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab 5 tamoyil asosida 1 amalga oshirilgan institustional islohotlar natijasida shakllangan xususiy mulk ustuvor bo’lgan ko’p ukladli iqtisodiyotni boshqarish, uni tarmoq va korxonalarini tartibga solishning tubdan yangi tizimi barpo etildi. Ana shu yaratilgan tizimni uzviy bir qismini iqtisodiyotni boshqarishning muhim funkstiyasi sifatida mamlakatimizda qabul qilingan ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish va rejalashtirish konstepstiyasi tashkil etadi. Konstepstiyaning asosiy bosqichlarini amalda ijrosini ta’minlash prognozlashtirish va rejalashtirishning turli usul va vositalarini qo’llashni taqozo qiladi. Ana shunday vositalardan biri jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan indikativ rejalashtirish hisoblanadi. Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotini davlat yo’li bilan tartibga solishning muhim vositasi sifatida uzoq takomillashuv yo’lini bosib o’tdi va o’zining yuqori samaradorligini ko’rsatdi. Hozirgi vaqtda bozor iqtisodining rivojlanishi va uning globallashuvi sharoitida indikativ rejalashtirish o’zining strategik shakliga ega bo’ldi va alohida fan sifatida shakllandi. Ushbu fanning so’nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuz bergan moliyaviy – iqtisodiy inqirozi kabi vaziyatlarni oldindan ko’ra bilish vositasi sifatida roli beqiyosdir. Gap shundaki, indikativ rejalashtirish iqtisodiy o’sish, moliyaviy oqimlarni prognozlashtirishni, ularni real iqtisodiy jarayonga yaqin bo’lgan holatini aniqlashga imkon beradi. Shu bilan bir vaqtda indikativ rejalashtirish ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishishning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyot sohasidagi bo’lajak mutaxassislar o’rganadigan fanni o’zida namoyon etuvchi taklif etilayotgan “Indikativ rejalashtirish” o’quv qo’llanmasi ushbu vazifalar mazmun – mohiyatini va zaruriyatini tushunib etishga yordam beradi. Indikativ rejalashtirishning tarkibiy shaklining qaror topishi, bu borada etakchi rivojlangan mamlakatlarning indikativ rejalashtirish tajribalarini o’rganishni faollashtirish asosida O’zbekistonda indikativ rejalashtirishning tashkiliy – huquqiy asoslarini yaratish, milliy iqtisodiyotning global muammolarini hal etish bo’yicha strategik qarorlar qabul qilishga zamin yaratadi. O’quv qo’llanma 12 bobdan iborat bo’lib, uning har bir qismi ushbu 1 И. Каримов Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995. – Б.10-11. 14 fan o’quv dasturiga kiritilgan mavzular mazmunini ochib berishga qaratilgan bilimlarni o’z ichiga oladi. O’quv qo’llanma “Indikativ rejalashtirish” fani bo’yicha ilk bor yozilgan o’quv adabiyoti hisoblanadi. Shu bois ushbu qo’llanmani yaxshilash yuzasidan xolisona bildirilgan takliflarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladi. Ularni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Makroiqtisodiyot” kafedrasiga yo’llash mumkin. Download 2,02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling