B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Ikki tomonlama fol – ikkita raqib o’yinchi bir vaqtning o’zida bir-biriga 
qarshi fol sodir qilgan vaziyatda belgilanadi. 


212 
Texnik 
fol 
o’yinchilarga, zahiradagilarga, murabbiyga va uning 
yordamchisiga berilishi mumkin. Agar o’yinchi hakamlar ko’rsatmalarini 
mensimasa yoki sportchilarga xos bo’lmagan “taktika” qo’llasa texnik fol beriladi. 
Ataylab qilingan fol – hakamning fikricha, o’yinchi tomonidan to’p bilan 
yoki to’psiz harakatlanayotgan raqibiga nisbatan qasddan qilingan shaxsiy foldir. 
Bu qilingan hatto-harakatning jiddiyligi bilan belgilanmaydi, balki oldindan 
o’ylangan yoki mo’ljallangandek ko’rinadigan to’qnashuv bo’lib hisoblanadi. 
Ataylab qilingan follarni takrorlagan o’yinchi o’yinda qatnashish huquqidan 
mahrum qilinishi mumkin. 
O’yinda qatnashish huquqidan mahrum (diskvalifikatsiya) qilinadigan 
fol. Shaxsiy va texnik follarda qayd qilinganlarga sportchilarga xos bo’lmagan 
darajada rioya qilmaslik – o’yinda qatnashish huquqidan mahum qiladigan fol 
(diskvalifikatsiya foli) hisoblanadi. Ikkita jarima to’pi tashlanadi hamda to’p “zona 
chizig’i”dan jarima to’pi otgan jamoa o’yinchisi tomonidan o’yinga kiritiladi. 
 Jarima to’plarini otish bilan jazolanadigan fol. Hakam fol bo’lganligini 
qayd qilganda, agar bu fol uchun jarima chizig’idan savatga to’p (to’plar) otish 
bilan aybdor jamoni jazolash lozim bo’lsa, u barmoqlari bilan aybdor jamoaning 
jarima chizig’ini ko’rsatadi. 
Jamoaning to’rtta foli. Har bir jamoa o’yinchisining yoki o’yinchilarining 
olgan follarini soni 4 ta bo’lsa, bundan keyingi oladigan follari uchun jarima 
chizig’idan 2 ta jarima to’pi otish imkoniyati raqib jamoasiga beriladi. Har bir 
chorakda jamoani 4 ta foli alohida-alohida hisoblanadi.
5.6. Hakamlar
Hakamlar deyilganda katta hakam va hakam tushuniladi. Ularga soniya 
hisoblovchi, kotib va 24 soniya operatori yordam beradilar. Shuningdek, texnik 
komissar ham qatnashishi mumkin.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling