56
ingi qadamlar esa dasturchining bilim darajasi va algoritmik tafakkuriga qarab
masala yechimini soddalashtirishi yoki algoritmdagi qadamlar sonini kamaytirishi
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Algoritmlarni tasvirlashni
yana bir qulay shakli blok-sxema usulidir. Blok-
sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum
buyruq yoki
ko‘rsatmalar mazmuniga moslikni aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar –
(bo‘laklardan) bloklardan tashkil topadi:
algoritmning boshlanishini va tugallangan-
ligini bildiradi
ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarishni bild-
iradi
oddiy harakatni, ya’ni qiymat berish yoki
tegishli ko‘rsatmalar berishni bildiradi
shart tekshirilishini bildiradi
takrorlanish boshlanishini bildiradi
yordamchi algoritmga murojaatni bildiradi
sxemadagi harakat yo‘nalishini bildiradi
:=
qiymat berish ko‘rsatmasi
Boshlanish va tugallanish bloklari bir xil ko‘rinishda bo‘lgani uchun farqlash
maqsadida ichiga “boshlanish” va “tamom” so‘zlarini, ma’lumotlarni kiritish va
chiqarish bloklari ham bir xil ko‘rinishda bo‘lgani uchun farqlash maqsadida ki-
ritishda ma’lumotlardan avval, chiqarishda esa ma’lumotlardan keyin “” bel-
gisini qo‘yamiz.
Algoritmlarni blok-sxema orqali tasvirlash dasturchilarni matn yozishdek
“mashaqqatli” ishdan xalos etish bilangina emas, balki o‘zining ko‘rgazmaliligi
bilan ham e’tiborni tortadi. Blok-sxemalarda turli ifoda, tengsizlik va formulalarni
qo‘llash mumkinligi dasturchi ishini yanada soddalashtiradi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan masalalar algoritmlarini blok-sxema usulida ham tas-
virlash mumkin. Bu vazifani o‘quvchiga takrorlash sifatida qoldiramiz. Quyida
ikkita sodda masalalarni yechish algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida
ifodalaymiz. Algoritmda yuqori registrdagi harflarni (ya’ni, bosh harflarni)
maxsus tuzilmalar uchun qoldirib, uning sodda ko‘rsatmalarini quyi registrda
(ya’ni, kichik harflarda) yozamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: