B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


Algoritm tuzish yillab o‘rganiladi


Download 372.89 Kb.
bet32/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

Algoritm tuzish yillab o‘rganiladi,
dasturlash tili esa bir haftada. 
Dasturchilar xulosasi 

3-BOB. CHIZIQLI TUZILMALI ALGORITMLAR VA DASTURLAR


1-§. MASALALAR VA ALGORITMLAR
Inson kunlik yumush, o‘quv va ish faoliyatida turli-tuman vazifalarni bajari-
shi, ya’ni qandaydir maqsadga erishish uchun ko‘pgina soddayu-murakab masala-
lar yoki kattayu-kichik muammolar yechimini topishi kerak bo‘ladi. Bular oddiy
kiyinish yoki ovqatlanishdan tortib yuqori malaka talab etadigan ishlab chiqarish
muammosi, bir joydan ikkinchi joyga qisqa muddatda yetib borishdan tortib che-
garalangan vaqtda qulay va kam mablag‘ sarflab yetib borish, fanga oid oddiy
mashq bajarishdan tortib murakkab va qiziqarli mantiqiy masalani hal etish kabi
bo‘lishi mumkin. Muammo yoki masala yechimi aniqlangach, yechimni ta’riflash,
izohlash yoki bayon etishning o‘zi ham bir muammo bo‘lishi mumkin. Insonlar
vazifa, muammo yoki masalalar yechimini bayon etishning har xil usullarini
o‘ylab topishgan bo‘lib, bu yechimning yoki usullarning qulayligi, tushunarliligi,
ko‘rgazmaliligi yoki samaradorligini aniqlash ham o‘ziga xos bir masaladir.
Kompyuter yordamida yechilayotgan masalalar hozirgi kunda ko‘proq tabiiy
fanlar uchun xos bo‘lgani sababli algoritmlarni o‘rganishni qiziqarli mantiqiy va
matematik masalalarni yechishdan boshlash maqsadga muvofiq. Umuman, ba’zi
masalalarni kompyuter yordamida yechib bo‘lmasligi bu masalalarning murakka-
bligi yoki boshqa biror tomonida emas, balki bunday masalalar uchun o‘ziga xos
algoritmlarning hali tuzilmaganligi yoki algoritmlashning mos tasvirlash usul-
larini tashkil etilmaganligi bilan bog‘liq.
Algoritm tuzuvchi inson o‘zida faqatgina analitik, matematik hamda mantiqiy
fikrlash usulini emas, balki, yana algoritmik tafakkurni hosil qilishi kerak.
Chunki, algoritm tuzish juda katta hajmdagi axborotni qayta ishlashni, muhim
qarorlar qabul qilishni, to‘g‘ri yechimga olib keladigan yo‘llar ichidan ma’lum
ma’noda maqbulini tanlashni, va nihoyat, qandaydir usulda yechimni ifodalashni
talab etadi. Shuning uchun ham bu ishlarni bajarayotgan insonni “shaxmat ustasi”
bilan qiyoslash mumkin. Algoritmik tafakkurning asosiy qismlaridan biri – yozish
san’atidir. Bu so‘z orqali ko‘rsatmalarning murakkab tizimini sodda va tushunarli
ko‘rinishda yozish san’ati tushuniladi.
Oddiy bir mantiqiy masalani o‘zi ham ba’zan odamni “shoshirib” qo‘yadi:
۩
. To‘g‘ri chiziqdek ikkala oxiri ko‘rinmaydigan tekis yo‘lda toshbaqa yurib
ketmoqda. Toshbaqa orqasiga qarasa yurib ketayotgan toshbaqani ko‘radi. Umu-
man, har bir toshbaqa orqasiga qarasa yurib ketayotgan boshqa toshbaqani
ko‘radi. Agar toshbaqalar soni chekliligi ma’lum bo‘lsa, yo‘lda nechta toshbaqa
yurib ketmoqda (javob: 2 ta toshbaqa bir-biriga orqa o‘girib yurib ketmoqda)?



51




Quyidagi masala ham o‘ziga yarasha qiziqarli:
۩
Likobchada 3 ta olma bor. Olmalarni 3 kishi o‘rtasida shunday taqsimlash
kerakki, har bir kishiga bittadan butun olma tegsin hamda likobchada ham bitta
olma bo‘lsin.
Bu masala yechimini biladigan inson “beozorgina kulib qo‘yadi“, lekin
yechimni bilmaydigan inson matematik bilimini ishga solib “Yechim yo‘q, chunki
3–3=0, ya’ni likobchada olma qolishi mumkin emas” deb javob beradi. Algorit-
mik fikrlashi rivojlangan inson esa masalani har tomonlama tahlil qilib, uni faqat
matematik masala emasligini, matiqiy tomoni ham borligini his etadi va shunday
yechimni tavsiya etadi: “2 kishiga bittadan butun olma berilsin, 3-kishiga qolgan
butun olma likobchasi bilan birga berilsin”.
Albatta, tabiiy fanlarda har qanday masalani yechish jarayoni masaladagi
berilgan ma’lumotlar va maqsad yoki masala talabini aniqlashdan boshlanadi.
Berilgan ma’lumotlar masala shartida oshkora (bevosita) yoki tubma’noda
(bilvosita) aks etgan bo‘lishi mumkin. Masaladagi berilgan ma’lumotlar va talab
aniqlangach, bu ikki ma’lumot orasidagi bog‘lanish (formulalar, munosabatlar,
ifodalar, tuzilmalar, va hokazo) aniqlanadi. Ba’zan mana shu bo‘g‘lanishni
aniqlash jarayoning yoki aniqlangan bog‘lanishning o‘zi ham juda murakkab
bo‘lishi mumkin. Bu ham yetmagandek, bir tomondan, masalani yechayotgan in-
son bilimi shu masalani yecha olish uchun yetarli manbaga egaligi, ikkinchi
tomondan, masala yechimga ega yoki ega emasligi bilan bog‘liq mavhumliklar
ham masalani yechish jarayonini, yengilroq va yumshoqroq tarzda aytganda, juda
ham murakkablashtirib yuboradi. Masalan, quyidagi geometrik va fizik masala-
larni yechilishini qaraylik.
۩
. Muxtor katak varaqqa qizil rangli qalam bilan asosi 16 ta katak, balandligi
asosining 3/4 qismiga teng to‘g‘ri burchakli uchburchak chizdi. Shu uchburchak-
ning perimetrini toping.
Masala shartini tahlil etib, birinchidan, masalani yechimini topish uchun
uchburchakning qanday rangli qalamda chizilganini ahamiyati yo‘qligini, ya’ni bu
biz uchun “keraksiz” ma’lumot, ikkinchidan uchburchakning to‘g‘ri burchakli
bo‘lishi muhim ma’lumot ekanligini aniqlaymiz. Agar ikkita katak 1 santimetrga
tengligini e’tiborga olsak, u holda geometriya kursida masala yechilishi quyidagi
ko‘rinishda ifodalanadi.


Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling