B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev


Download 0.96 Mb.
bet25/34
Sana01.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1418854
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
Monografiya iqtidorli bolalar

Konferentsiya darslari o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyokarashini kengaytirishda, qo‘shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi konferentsiya darsini o‘tishdan avval dars mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo‘shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko‘zdan kechiradi.
Mazkur dars o‘tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Didaktik o‘yinli darsda “olimlar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o‘quvchilarning ixtiyorida bo‘ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o‘qituvchi tomonidan ijobiy rag‘batlantirish va muloqot madaniyati, o‘quvchilarning darsga qizg‘in ishtiroki muhim omil sanaladi.
Ilmiy konferentsiya darsini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
I. O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “olimlar” bilan tanishtiradi.
II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. “Olimlar” mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko‘rgazmati qurollar asosida bayon etadilar.
III. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda “Olimlar” va sinfdagi boshqa o‘quvchilar o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkaziladi.
IV. Ilmiy konferentsiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.
V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Darsni umumiy yakunlash. Matbuot konferentsiyasi sinfdagi barcha o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashuvi bilan tavsiflanadi.
Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, barkamol insonni shakllantirish kelajak taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni hamda 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son Qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga doir quyidagi vazifalar belgilab berilgan:
–umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida haftaning bir kunini ”O‘zini o‘zi rivojlantirish kuni” deb e’lon qilish:
–o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish;
–o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar va ijod namunalari ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda ularni rag‘batlantirish: ommaviy axborot vositalari, kino, teatr va musiqa san’atida yoshlar o‘rtasida xalqimiz ma’naviyatini, milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishga, bugungi islohotlarning mohiyatini yoritishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish;
–yoshlarga har tomonlama o‘rnak bo‘ladigan “Zamonamiz qahramoni” obrazlarini yaratish va targ‘ib qilish;
–“Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini (insho yozish, she’riyat, rassomchilik va boshqalar bo‘yicha) har yili o‘tkazish;
– ZiyoNET axborot tarmog‘ining elektron va audio kitoblar bazasini milliy va jahonning eng yaxshi badiiy adabiyotlari bilan boyitish va unga barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ulanishini ta’minlash; ta’lim muassasalarida yoshlar teatr studiyalarini tashkil etish; yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiiy va texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimini oshirishga qaratilgan ilmiy-ommabop -Intellektual taraqqiyot televizion ko‘rsatuvini tashkil etish;
–umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fanlarni namunali o‘zlashtirayotgan, ijobiy xulq-atvorini namoyon etgan yoshlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish, ularning yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida boshqalarga o‘rnak sifatida targ‘ib qilish; yoshlar o‘rtasida milliy g‘oyani targ‘ib qilish, ularda davlat ramzlari va milliy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otish, amalga oshirilayotgan islohot– larning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish.
O‘quvchilarning iqtidorini rivojlanishida ularning tug‘ma qobiliyat va iste’dodining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz kattalarning har bir ta’limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta’limotlarini tez ilg‘ab oladilar va uni faol o‘zlashtirib hayotga tatbiq eta oladilar. Lekin barcha yoshlarimizga bu qobiliyat va iste’dod, tug‘ma talant nasib etavermaydi.
Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib borish birinchi navbatda pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga ya’ni oila, mahalla, ta’lim muassasalari va korxona, tashkilot, ustaxona boshqaruvchilari zimmasiga tushadi. Darhaqiqat, iqtidorli o‘quvchilar– ning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etishda ularning mustaqilligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatlarini oshirish imkoniyatlarini izlash o‘qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir [24.104].
Iqtidorli o‘quvchilar muayyan o‘quv predmetlari yoki ularning qismlarini o‘z xohishlariga ko‘ra chuqurroq o‘zlashtirishga erishadilar. Ular turli bilimlar va axborotlarni tez, chuqur o‘rganishni xohlaydilar va o‘zlarining o‘quv harakatlarini rejalashtiradilar. Shularni hisobga olgan holda iqtidorli o‘quvchilarga mustaqil izlanish, o‘zlarini qiziqtirgan savol–larga javob topishga ko‘maklashadigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji mavjud.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni quyidagi tartibda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, o‘quvchilarning ilmiy ishlari va intellektual faoliyatini faollashtirish maqsadidan kelib chiqib, ta’lim muassasalari miqyosida hamda sinflarda o‘quvchilarning ilmiy sektorlarining keng tarmoqli strukturasini yaratish lozim. Har bir sinfda ilmiy sektor yetakchisi bo‘lishi kerak.
Bunday tuzilmaning muvaffaqiyati o‘quvchilarda ta’lim muassasasining ilmiy hayoti haqida qo‘shimcha axborot hosil qilishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga o‘quvchilarning katta qismidagi axborotlar bo‘shlig‘ini hal etish, o‘quvchilarning nashr etilgan ishlari sonini ko‘paytirish, bundan tashqari maktab, bo‘lim va fakultet ilmiy jamiyatini yaratish imkoni hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri iqtidorli o‘quvchilarni intellektual jihatdan tarbiyalash, rivojlantirish vositasi sifatidagi ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy ijodning shakllarini izlab topish, ularni yangi mazmun bilan boyitish kerak.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilgan va davom etayotgan islohotlar asosini ham o‘qituvchi shaxsining zamonaviy qiyofasini yaratish masalasi tashkil etadi. Buning uchun tabiiy ravishda jahonning ilg‘or ta’lim-tarbiya kontseptsiyalariga tayanib ish ko‘rish zarurati oldingi o‘ringa chiqadi. Ilg‘or xorijiy tajriba va texnologiyalarga ko‘ra iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash hamda rivojlantirishda bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z o‘quvchilari uchun maslakdosh yetakchi, maslahatchi sifatida shakllantirish vazifasi belgilab qo‘yilgan.
O‘quvchilarni pedagogik qo‘llab quvvatlash uchun o‘quv-bilish jarayonida ular faoliyatini yaxshilash maqsadida, muntazam tarzda rivojlantiruvchi didaktik harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik harakatlar natijasida ular o‘z taraqqiyotlarining muayyan bosqichiga ko‘tariladi. Buning natijasida esa, o‘quvchilarning imkoniyatlari va intellektual quvvatlari ro‘yobga chiqadi.
Bugungi kunda amalda bo‘lgan favqulodda qobiliyatga ega bolalarni kashf qilish diagnostika tizimi - bu juda murakkab tizim bo‘lib, ba’zan mutaxassislarning o‘zlari uchun ham ziddiyatli jarayondir. Ko‘plab mutaxassislar shundan haqqoniylik bilan ta’kidlaydilarki, taxminlardagi ko‘p sonli xatoliklar nafaqat takomillashmagan testlar bilan, balki, iqtidor fenomenining o‘zining murakkabligi va ko‘pqirraliligi bilan izohlanadi.
Zamonamizning ko‘plab psixolog-olimlari, ayniqsa, amerikaliklar yangi diagnostik metodikalar ichida biografik so‘rovnomalar birinchi planga chiqadi, deb hisoblashadi, negaki, ularni ham bolalarga, ham o‘smirlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Ular iqtidor imkoniyatlarini namoyon qilish va uning yutuqlarini taxmin qilishda an’anaviy testlardan ko‘ra ishonchliroq, deb hisoblaydilar. Bunday metodning afzalligini e’tirof etish an’anaviy intellekt va kreativlik testlaridagi kamchiliklarni ko‘rsatish imkonini berdi.
Shuni unutmaslik lozimki, iste’dodni namoyon etishga kompleks yondashuv xatoliklardan butunlay xoli emas. Natijada iqtidorli bola e’tibordan chetda qolishi yoki aksincha, iqtidorli bolalar qatoriga bunday bahoni hatto unga barcha zarur sharoit yaratib berilganida ham keyingi faoliyatida oqlay olmaydigan bola qo‘shilib qolishi ham mumkin. Shuningdek, iqtidorning u yoki bu yosh xususiyatlari bilan aloqasi hamda yosh o‘zgarishlari jarayonining o‘zini nazardan qochirmaslik lozim.
Kognitiv faoliyat- bu xissiy idrok, nazariy fikrlash va amaliy faoliyatning birligi. U hayotning har bir bosqichida, o‘quvchilarning barcha faoliyat turlarida va ijtimoiy munosabatlarida (mahsulotli va ijtimoiy foydali mehnat, qadriyatga yo‘naltirilgan va badiiy-estetik faoliyat, muloqot), shuningdek, faqat o‘rganish jarayonida bilim faqat shaxsga xos bo‘lgan, ta'lim va kognitiv faoliyatda yoki o‘qitishda aniq shaklga ega bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘quv jarayoniga munosabati odatda faollik bilan tavsiflanadi. Faoliyat (o‘rganish, o‘zlashtirish, mazmuni) o‘quvchining o‘z faoliyati predmeti bilan "aloqa" darajasini (intensivligini, kuchini) belgilaydi.
O‘quvchilarning ta'lim motivatsiyasining yana bir muhim jihati bevosita faoliyat bilan bog'liq - bu mustaqilligidir.
O‘quvchilar faoliyatini boshqarish an'anaviy ravishda faollashtirish deb ataladi. Tiklanish o‘quvchilarni baquvvat, maqsadli o‘rganishga undash, passiv va qoliplashgan faoliyatni, aqliy mehnatdagi turg‘unlik va turg‘unlikni yengib o‘tishning doimiy davom etuvchi jarayoni deb ta’riflash mumkin. Faollashtirishning asosiy maqsadi- o‘quvchilar faolligini shakllantirish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish.
Pedagogik amaliyotda kognitiv faoliyatni faollashtirishning turli usullari qo‘llaniladi, ularning asosiylari turli xil shakllar, usullar, o‘quv qo‘llanmalari, ularning kombinatsiyalarini tanlash, yuzaga keladigan vaziyatlarda o‘quvchilarning faolligi va mustaqilligini rag'batlantiradi. .
Sinfdagi eng katta faollashtiruvchi ta'sir o‘quvchilarning o‘zlari bajarishi kerak bo‘lgan vaziyatlarda beriladi:
O‘z fikringizni himoya qiling;
Munozara va munozaralarda ishtirok eting;
O‘rtoqlaringizga va o‘qituvchilaringizga savollar bering;
O‘rtoqlarning javoblarini ko‘rib chiqing;
O‘rtoqlarning javoblari va yozma ishlarini baholang;
Orqada qolganlarni tayyorlash bilan shug'ullanish;
Kuchsiz o‘quvchilarga tushunarsiz materialni tushuntirish;
Mumkin bo‘lgan vazifani mustaqil ravishda tanlash va boshqalar.
O‘quvchilarni faollashtiruvchi o‘qitish usullarni tanlashda, birinchi navbatda, samarali natijaga intilish kerak. Shu bilan birga, o‘quvchi nafaqat olingan bilimlarni tushunish, eslab qolish va takrorlash, balki ular bilan ishlash, amaliyotda qo‘llash, rivojlantirish qobiliyatini ham talab qiladi, chunki ta'lim samaradorligi darajasi ko‘p jihatdan bilim darajasiga bog'liq.
O‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan xolda ta'lim jarayonini individuallashtirish tamoyilini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ta'lim jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmi bir xil darajada muhimdir, ya'ni. o‘z-o‘zini o‘rganish tamoyilini amalga oshirish. Ushbu tamoyil har bir o‘quvchining o‘z bilim va ko‘nikmalarini to‘ldirish va takomillashtirishga, mustaqil ravishda qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganishga, maslahatlar olishga bo‘lgan shaxsiy faol istagi asosida o‘quv va kognitiv faoliyatini individuallashtirishga imkon beradi.
O‘quvchilarning mustaqil va jamoaviy faoliyatining faolligi faqat rag'batlantirish mavjud bo‘lganda mumkin. Shuning uchun faollashtirish tamoyillari orasida o‘quv va kognitiv faoliyatni rag'batlantirish alohida o‘rin tutadi. Kuchli faoliyatning boshida asosiy narsa majburlash emas, balki o‘quvchining muammoni hal qilish, nimanidir o‘rganish, isbotlash, e'tiroz bildirish istagi bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarni faollikka undaydigan asosiy omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
O‘quv va kognitiv faoliyatning ijodiy tabiati o‘z-o‘zidan bilimga kuchli rag'bat;
O‘quv va kognitiv faoliyatning tadqiqotchilik xarakteri o‘quvchilarning ijodiy qiziqishini uyg'otish imkonini berish va bu, o‘z navbatida, ularni yangi bilimlarni faol mustaqil va jamoaviy izlashga undash.
O‘quvchilarning faoliyatida raqobatbardoshlik muhitini yaratish;
O‘quv jarayonida eng yaxshi baholar uchun raqobatga qisqartirilish;
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, o‘quvchilarning faolligini shubhasiz faollashtirishi mumkin, chunki darslarga o‘quvchilarning darslarga qiziqishini uyg'otadi, o‘quvchilar faolligi oshadi.
Kognitiv faollikni oshirish usullari: bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish; o‘quvchilarning dunyoqarashi, axloqiy, estetik fazilatlarini tarbiyalashga xissa qo‘shish; ularning kognitiv kuchlarini, shaxsiy shakllanishini (faollik, mustaqillik, kognitiv qiziqish) rivojlantirish; talabalarning salohiyatini aniqlash va amalga oshirish; tadqiqot va ijodiy faoliyatga jalb qilingan. Shunday qilib, muvaffaqiyatli o‘rganish uchun o‘quvchilarda bilimni o‘zlashtirishga qiziqish uyg'otish kerak, degan xulosaga kelish mumkin.
Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etishki, unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin va hamkorlikda fikrlash, tahlil qilish va birgalikda natijaviy fikrni hosil qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
O‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o‘quvchilar guruhining o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ijodiy qo‘llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o‘yinlarni ijodiy o‘yinlar deb atash lozim.
O‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o‘quvchilar guruhining o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ijodiy qo‘llanish va izlanish orkali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o‘yinlarni ijodiy o‘yinlar deb atash lozim.
O‘quvchilarni pedagogik qo‘llab quvvatlash uchun o‘quv-bilish jarayonida ular faoliyatini yaxshilash maqsadida, muntazam tarzda rivojlantiruvchi didaktik harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik harakatlar natijasida ular o‘z taraqqiyotlarining muayyan bosqichiga ko‘tariladi. Buning natijasida esa, o‘quvchilarning imkoniyatlari va intellektual quvvatlari ro‘yobga chiqadi.
O‘quvchilarning ilmiy ishlari va intellektual faoliyatini faollashtirish maqsadida o‘quychilarning qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib boorish uchun iqtidorli ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ularning mustaqilligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatlarini oshirish imkoniyatlarini izlash o‘qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling