B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


sovg‘a topolmaydurlar.  Aqldan uzoq  emaski,  bizning  fikrimizni  sezib


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71

sovg‘a topolmaydurlar.  Aqldan uzoq  emaski,  bizning  fikrimizni  sezib 

qolsa,  Yodgor  bundan  ehtiyot  bilan  ish  ko'rar,  balki  bu  tomonga 

qo‘shin yuborib qolar» (Xondamir. 0 ‘sha asar. 35-36- betlar).

1470 

yilning 23 iyulida tunda Alisher Navoiyning taklifi bilan Husayn 

Boyqaro  qo‘shini  Yodgor  Mirzo  ustiga  yurish  boshlaydi  va  g‘alaba 

qozonadi. Shahzoda qatl etilib, ulug‘ shoiming do‘sti yana taxtgat)‘tiradi. 

Shu  bilan  Xurosonda  siyosiy jihatdan  ancha  barqarorlashgan  vaziyat 

vujudga keladi. Shuni qayd etish lozimki, Husayn Boyqaro tasarrufidagi 

mamlakatda ichki nizolar hukmron saltanatning keyingi davrlariga qadar 

davom etib turgan bo‘lsa-da, ulaming Xuroson davlati uchun xatari va 

zarari  u  qadar  katta bo‘lgan  emas.  Biroq  Xuroson  hukmdorining  o‘z 

o‘g‘illari:  Badiuzzamon  Mirzo,  Abulmuhsin  Miizo,  Kepak  Miizolar 

bilan  taxt  talashib  bir  necha  bor jang-u jadallar  olib  borganligi  yurt 

osoyishtaligiga vaqti-vaqti bilan rahna solganligidan dalolat beradi. Husayn 

Bayqaro  ana  shunday  ixtiloflami  bartaraf etishda  Alisher  Navoiyga 

tayanar edi. Ulug‘ shoir esa xalq tinchligi, mamlakat osoyishtaligi uchun 

kurashish  o‘zining  asosiy  insoniy  burchi  ekanligini  nechog‘lik  his 

etmasin, adib sifatida ilm va ijod bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lishni istardi. 

Shu bois u muhrdorlik lavozimidan iste’fo berib, bu ishni Amir Shayxim 

Suhayliyga  topshiradi.  Biroq  oradan  ko‘p  vaqt  o‘tmay,  hijriy  876  yil

www.ziyouz.com kutubxonasi



sha’bon  oyida  (1472-yil,  fevral)  Alisher  Navoiyning  e’tirozlariga 

qaramay,  podshoh  uni  amir  (vazir)  qilib  tayinlaydi  va  unga  amiri 

kabir  (ulug*  amir)  unvonini  beradi.  Shuningdek,  shoir  amir  ul- 

muqarrab  (podshohga  eng yaqin  amir)  unvoniga  ham  loyiq  topilgan. 

Mamlakat  hukmdori  rasmiy jihatdan  ham Alisher Navoiyning siyosiy 

nufuzi yuksak ekanligiga ishora qiluvchi farmon qabul qiladi. Unga ko‘ra, 

beklar  ichida  amir  Muzaffar  Barlosgina  Navoiydan  yuqoriga  muhr 

bosishi mumkin edi. Bu, albatta, Nizomulmulk va Majididdin parvonachi 

singari  amaldorlar  qalbida  Alisher  Navoiyga  nisbatan  hasad  o‘tining 

alangalanishiga  sabab  bo‘ladi.  Buni  teran  anglagan  ulug*  shoir  o'z 

shaxsining ulug‘ligini sharqona tavoze’ bilan namoyon qiladi. G'iyosiddin 

Xondamiming  «Makorim  ul-axloq»  asarida  ma’lumot  berilishicha, 

Alisher  Navoiy  birinchi  keltirilgan  farmonga  kamtarlik  yuzasidan 

shunday  joyga  muhr  bosadiki,  boshqalaming  undan  quyiga  muhr 

bosishining  imkoni  bo'lmaydi.  Navoiyning  vazirlik  lavozimini  qabul 

qilishini,  ayniqsa,  ilm  va  ijod  ahli  zo‘r  mamnuniyat bilan  kutib oladi 

hamda shoimi ulug'lovchi she’rlar, u muhr bosgan kunga atab ta’rixlar 

bitishgan.

Alisher Navoiyning vazir (1472-1476) va yirik jamoat arbobi sifatida 

olib borgan faoliyatining asosiy jabhalarini uchga tasnif etish mumkin:

1.Zulm va  talonchilikka  chek  qo*yish.  «Vaqfiya»  asarida  quyidagi 

ma’lumotlar  keltiriladi:  «Iligimdan  kelgancha  zulum  tig‘in  ushotib, 

mazlumjarohatig'a intiqom marhamin qo‘ydim. Va iligimdin kelmaganini 

ul hazrat (Husayn Bayqaro) arzig‘a yetkurdim». Bundan ayonlashadiki, 

Alisher  Navoiy  Xurosondagi  turli  ijtimoiy  tabaqa  vakillari  orasidagi 

kelishmovchiliklami bartaraf etish, yurt osoyishtaligiga rahna soluvchi 

ixtiloflami yo‘q qilish bilan juda jiddiy shug‘ullanadi.

2.  Bunyodkorlik  va  obodonchilik  ishlariga  rahnamolik  qilish. 

Zahiriddin  Bobur  Mirzo  ulug*  shoiming  bu  boradagi  olib  borgan 

faoliyatiga yuksak baho berib, quyidagilami e’tirof etadi: «Muncha binoyi 

xayrkim,  ul  qildi,  kam  kishi  mundoqqa  muvaffaq  bo‘lmish  bo‘lg‘ay» 

(Bobumoma. Toshkent:  «Yulduzcha»,  1990,  154-bet).

Alisher Navoiy qurdirgan  «Ixlosiya»  madrasasi  Hirot shuhratining 

dunyoga yoyilishiga sabab bo‘ldi. Shu madrasaning janubida «Xalosiya» 

nomli xonaqoh ham bunyod etildi. Madrasaning g‘arbida tibbiy xizmat 

ko‘rsatishga mo‘ljallangan «Shifoiya» nomli bino qurilib, unga mashhur 

tabiblaming  to‘planishi  uchun  imkon yaratildi.  Madrasaning g‘aibida

I

www.ziyouz.com kutubxonasi



katta Masjidi jome’, uning yonida «Dorul xuffoz» («Qoiriar uyi») nomli 

gumbaz barpo qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiyning kutubxonasida 

70 dan ortiq xushxat kotib va naqqosh xat ko‘chirish, kitoblaiga ziynat 

berish  bilan  shug'ullangan.  Shuningdek,  Hirotda  yana  «Nizomiya», 

Marvda  «Xusraviya»  (881-hijriy,  1476  —1476  milodiy)  nomli 

madrasalar ham Navoiy rahnamoligi asosida vujudga keltiriladi. Bulardan 

tashqari,  Hirot  va boshqa  shaharlarda  10  dan  ortiq xonaqoh,  20  dan 

ortiq masjid qurdirilganligi manbalarda qayd etiladi.  Bulaming batafsil 

ro'yxati (to‘it yuzga yaqin) Xondamiming «Makorim ul-axloq» asarida 

deyarli tugal keltirilgan (Xondamir. 0 ‘sha asar, 66-68-betlar).  Muhimi 

shundaki,  mazkur  inshootlar  Alisher  Navoiy  ixtiyoridagi  mablag'lar 

hisobiga qurilgandir.  Xondamiming  «Makorim  ul-axloq»ida shahodat 

berilishicha, Sulton Husayn Boyqaro Mirzo shunday farmon berganki, 

unga binoan,  Alisher Navoiy bir masalani  to‘qqiz  martagacha  (O'sha 

asar, 77-bet) shoh muhokamasiga qo'yish huquqiga ega edi. Ana shunday 

katta  ma’naviy  imtiyoz  sohibi  bo'lgan  ulug'  shoiming  moddiy 

imkoniyatlari ham kam bo'lmagan. Dastlab muhrdor, keyinchalik vaziri 

a’zam, Astrobod viloyatining hokimi, «Hazrati Sultonning muqarrabi» 

(«Podshohning  eng  yaqin  qarindoshi,  odami»-bu  norasmiy  unvon, 

ammo  shunday  unvon  sohibi  davlatning  katta-yu  kichik  ishlariga 

aralashish huquqiga ega edi) unvonlar sohibi bo'lgan Alisher Navoiyga 

feodal  davlati  idora  usullari  talablariga  ko'ra,  yetarii  miqdorda  mulk 

ajratilgan. «Vaqfiya» va boshqa ishonchli manbalaming qaydiga binoan, 

o'sha  mulklardan  keladigan  bir  kunlik  daromad  yetmish  besh  ming 

dinor tilloni tashkil etgan.  Qizig'i shundaki, Alisher Navoiy ko'pincha 

zakot to'lamagan.  Chunki shunday katta daromad  egasi bo'lgan ulug' 

shoirda  zakot  to'lash  lozim  bo'lgan  miqdorda  o'lik  jamg'arma 

to'planmagan.  Kelgan kunlik daromad  ana  o'sha inshootlar qurilishi, 

turli  maqomdagi  xayriyalar,  mudarris-u  talabalarga  to'lanadigan 

maoshlarga sarflangan. Shuningdek, Alisher Navoiy davlat xazinasidan 

maosh olmagan, aksincha, vaqti-vaqti bilan xazinaga katta miqdordagi 

mablag'ni xayriya sifatida berib tuigan. Bulaming barchasi yurt, el-ulus 

manfaatlarini  ko'zda  tutib  amalga  oshirilgan.  Ko'hna  tarix  Alisher 

Navoiyday yana bir ulug' xalqparvar va saxovatli insonni ko'igan emas.

3. 

Dm  va  san’at  ahliga  homiylik.  Alisher  Navoiy  Sulton  Husayn 

Boyqaro  saroyida  faoliyatini  boshlagach,  Abusaid  Mirzo  tomonidan 

musodara  qilingan  ota  merosi  o'ziga  qaytariladi.  Boz  ustiga,  Alisher

www.ziyouz.com kutubxonasi



Navoiy o'ziga suyurg'ol tartibida berilgan yerlardan olgan daromadining 

deyarli  barchasini  mamlakat  obodonchiligi,  fuqarolarga  rizq-ro‘z 

ulashish, ilm va san’at ravnaqi hamda davlat xazinasini yanada boyitishga 

sarflar edi.  Zahiriddin Muhammad  Bobur bu haqda quyidagi fikrlami 

qayd etadi:  «Mirzodin  (Husayn  Boyqarodan)  nima olmas,  balki  yilda 

Mirzog'a kuliiy mablag'lar peshkash qilur erdi»  (O'sha asar,  154-bet). 

«Bobumoma» muallifi ayni choqda ulug' shoiming ilm va san’at ahlini 

doimo qo'llab-quwatlab turganiga ham e’tibomi qaratadi: «Ahli fazl va 

ahli hunaig'a Alisherbekcha murabbiy va muqawiy ma’lum emaskim, 

hargiz paydo bo'lmish bo'lg'ay.  Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi 

va Husayn Udiykim, sozda saromad erdilar, bekning taibiyat va takviyati 

bila muncha taraqqiy va shuhrat qildilar. Ustoz Behzod va Shoh Muzaffar 

tasvirda  bekning  sa’y  va  ehtimomi  bila  mundoq  mashhur  va  ma’mf 

bo'ldilar». (O'sha kitob,  154-bet). Manbalarda e’tirof etilishicha, Alisher 

Navoiy «Xalosiya» xonaqosidan o'ziga maxsus ajratilgan hujra va undagi 

kitob-u  anjomlami  «Ravzat  us-safo»  asarini yozish uchun  Mirxondga 

beradi.  Shuningdek,  Sharq  she’riyatining  nozik  bilimdoni  Atoulloh 

Husayniy,  juda  ko'p  fanlami  chuqur  o'rganib,  shuhrat  qozongan 

qomusiy  olim  Husayn  Voiz  Koshifiy  singari  o'nlab  iste’dod  sohiblari 

ulug' shoir tarbiyati bilan kamolga yerishdilar. Bulardan tashqari, madrasa 

va xonaqohda istiqomat qiluvchi kishilami oziq-ovqat, kiyim-kechaklar 

bilan ta’minlash;  «Xalosiya» xonaqohida istiqomat qiluvchi talabalarga 

har yili 2000 ga yaqin po'stin, bosma chakmon, ko'ylak-ishton, taqiya 

va kavsh ulashish, talabalarga nafaqa tayinlash hamda madrasa, masjid- 

u  xonaqohlarda  qat’iy  vaqflar  belgilash  kabi  savobli  ishlar  Alisher 

Navoiy rahnamoligiy-u homiyligi asosida tashkil etilgandir.  Bulaming 

barchasi  Hirotning  yirik  madaniy-ma’rifiy  markazga  aylanishiga  bois 

bo'ldi.

Alisher  Navoiyning  Xurosonda  olib  borgan  odilona  siyosati, 

mamlakat  obodonchiligi  va  ravnaqi  uchun  chekkan  zahmatlari  unga 

nisbatan muxolifdagi kuchlacga boshchilik qilayotgan Nizomulmulk va 

Majididdin kabi amaldorlar tomonidan ijobiy qabul qilinmadi, albatta. 

Shuningdek,  mamlakat  hukmdori  Husayn  Boyqaro  surunkali  aysh- 

ishratga berila boshladi. «Bobumoma»da bu haqda quyidagicha ma’lumotlar 

beriladi:  «Awal  taxt  olg'on  mahalda  olti-y  yetti  yil  toib  erdi.  Andin 

so'ngra ichkuga tushti, qirq yilg'a yovuqkim, Xurosonda podshoh erdi, 

hech kun yo'q edikim,  namoz peshindan so'ng ichmag'ay, vale hargiz

www.ziyouz.com kutubxonasi



sabuhiy qilmas edi,  o‘g‘lonlari va  jami’  sipohig‘a va shahrig'abu hoi 

edi. Ifrot bilan aysh va fisq qilurlar edi». (O'sha asar,  147-bet). Natijada 

mamlakatning moliya ishlarini boshqarishdek mas’ul vazifa Nizomulmulk 

va Majididdin ixtiyoriga o'tib qoladi. Alisher Navoiy esa yurt boyligining 

kayf-safoga  sarflanishi,  xalqning  amir-amaldorlar  tomonidan 

xonavayron etilishiga yo‘1 qo'ymas edi. Nizomulmulk va Majididdin kabi 

g'alamis amaldorlar Alisher Navoiy bilan hisoblashishga majbur edilar. 

Hatto,  undan hayiqib ham turardUar.

Alisher  Navoiy  saroyda  vujudga  kelgan  nosog‘lom  muhit  bilan 

chiqisha olmasligiga ishonch hosil qilib,  1476-yilda vazirlikdan iste’fo 

berilishini shohdan qat’iy talab qiladi. Xondaimir «Makorim ul-axloq»da 

voqeani quyidagicha bayon qiladi: Navoiy: «Bir necha yil «Xalq o'rtasida 

hukmronlik qilsangiz, adolat bilan hukm yuriting»,-so'zlariga amal qilib; 

Bayt:

Zi  mansab  го*у dar bemansabi  neb,

Ki az har mansab bemansabi beh.

Mazmuni:  Mansabdan mansabsizlikka yuz tut,

Chunki  har qanday  mansabdan  mansabsizlik yaxshi. 

degan naqlning mazmuni ni xotirdan o‘tkazib, amirlik mansabidan ifle’fo 

berdi.  Sulton  Sohibqiron  ham ul  hazratning  ko'ngil  istagini  muborak 

ko'ngli orzusidan yuqori qo'yganlikdan, bu xususda unga hamfikr bo'ldi». 

(Xondamir.  Makorim ul-axloq,  64-65-betlar).

Alisher  Navoiy  rasman  vazirlikdan  iste’fo  bergan  bo‘lsa-da, 

Xurosonning eng nufuzli siyosiy aibobi sifatida faoUyatini davom ettirdi. 

Ulug'  shoir  podshohning  «begi  emas  edi,  balki  musohibi»  (Bobur 

Mirzo)  sifatida  mamlakatdagi  ijtimoiy-siyosiy voqealarga  faol  ishtirok 

etib, o'z mavqeini yanada oshira bordi. Alisher Navoiyning hajga borish 

orzusi ayrim sabablarga ko'ra qoldirilganligi bois, u Husayn Boyqarodan 

Hirot chekkasidagi Gozuigoh va unda joylashgan Abdulla Ansoriy (1006- 

1088)  maqbarasi  «jo'robkashligi»  vazifasini  o'z  ixtiyoriga  topshirishni 

so'raydi.  Podshoh  ulug'  shoiming  ushbu  taklifmi  mamnuniyat  bilan 

qabul qiladi  va o'sha istakka  muvofiq farmoni  oliy ham beradi.  Ulug' 

shoiming  sa’y-harakatlari  bilan  «Piri  Hirot»  (Abdulla  Ansoriyning 

laqabi) maqbarasi Xuroson poytaxtining eng so'lim go'shalaridan biriga 

aylanadi.

Fors-tojik  adabiyotining  yirik  namoyandasi  Abdurahmon  Jomiy 

bilan Alisher Navoiyning o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ulug* shoir naqshbandiya tariqatining Xurosondagi yirik arbobi Nuriddin 

Abdurahmon Jomiyni  irshod yo'lini  ko'rsatuvchi pir sifatida tanlaydi. 

Pir-u  muridlik  munosabatlari  tufayli  bu  ikki  buyuk  iste’dod  sohibi 

orasidagi  hamkorlik  rishtalari  yanada  mustahkamlanadi  va  o'zining 

sermahsul  ijodiy  samaralarini  bera  boshlaydi.  (Bu  haqda  mufassal 

ma’lumot  uchun  murojaat  qilinsin:  Vohidov  R.  Sharqning  buyuk 

allomasi. Toshkent: «Fan»,  1989). Hirotda bu ikki iste’dod sohibi sa’y- 

harakatlari bilan vujudga kelgan gavjum madaniy-adabiy muhit hamon 

ibrat maktabidir. XV asming ikkinchi yarmida Hirot madaniy hayotida 

Shayxim  Suhayliy,  Atoulloh  Mahmud  Husayniy,  Husayn  Jaloyir 

(Tufayliy),  Muhammad  Solih,  Ahliy,  Ohiy,  Osafiy,  Hiloliy,  Binoiy 

Hotifiy,  Mir  Husayn  Muammoiy,  Sayfi  Buxoriy,  Abdullohiy,  Mulla 

Muhammad  Badaxshiy, Yusuf Bediliy kabi  ijod ahli muhim ahamiyat 

kasb etdi.  Shuningdek,  Mirxond va Xondamir kabi tarixchilar;  Sulton 

Ali  Mashhadiy,  Mir Ali,  Abdujamil kotib kabi usta xattotlar;  Behzod, 

Shoh  Muzaffar,  Mahmud  Muzahhib  singari  nomdor  musawirlar; 

Xoja Yusuf Burxon, Mavlono Alishoh, Xoja Abdulloh Marvariy, Shayxi 

Noyi,  Qulmuhammad Udiy,  Shohquli G'ijjakiyday hofiz-u sozandalar 

ham davr ilmiy-ma’naviy saviyasini ko'tarishda munosib hissa qo‘shdilar.

Hirotda vujudga kelgan bunday yirik madaniy-adabiy muhit Xuroson 

hukmdori  Sulton  Husayn  Boyqaroni  ham  befarq  qodirgani  yo‘q. 

Shunday mavjli adabiy hayotning boshida turib, gurkirab o'sishi uchun 

mo“tadil  vaziyat  yaratib  bergan  podshohning  o‘zi  ham  badiiy  ijod 

bilan shug‘ullanar,  ilm va san’at  ahlini  doimo qo‘llab-quwatlab  turar 

edi.  Alisher  Navoiy bunday jarayondan  ham  chetda  turgan  emas.  U 

1472-1476-yillarda  Sulton  Husayn  Boyqaroning  amr  va  istagi  bilan 

birinchi  rasmiy she’rlar to‘plami  «Badoyi’  ul-bidoya»  («Badiiylikning 

ibtidosi»)  devonini  tartib  berdi.  1476-1483-yillarda  ikkinchi  devon 

«Navodir  un-nihoya»  («Nihoyasiz  nodirliklar»)  vujudga  keldi.

1481-1482-yillarda Alisher Navoiy «Vaqfiya» asarini yozdi.  Vaqf— 

biror  xayrli  ishning  sarf-u  xarajatini  ta’min  qilmoq  uchun  ajratilgan 

yer yoki  mulk bo'lib,  shoir mazkur asarida vaqf yerlardan tushadigan 

daromadlarini qat’iy tartib asosida sarflanishiga e’tibomi qaratadi. Adib 

yashagan davrda madrasa-yu xonaqohlaming ta’minoti vaqflar hisobiga 

to‘g‘ri kelgan. Asar muallifi mana shunday inshootlaming barpo etilishiga 

rahnamo  bo'lgan  bunyodkor  sifatida  ulaming  ravnaq  topishiga  doir 

qarashlarini  «Vaqfiya»da bayon etadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Alisher  Navoiy  XV  asming  70-yillarida  yetuk  shoir  sifatida 

shakllangan, uning she’rlari Xuroson-u Movarounnahr sarhadlaridan 

o‘tib,  ko‘plab muxlislar qalbiga yo‘1 topishga ulgurgan edi.  Shoiming 

badiiy iqtidori yirik epik asarlar ijod etishga qodir ediki, turkiy xalqlar 

orasida ana shunday noyob asarlaiga ehtiyoj nihoyatda baland edi. Sharq 

adabiyotida Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»i bilan xamsachilik maktabiga 

asos soldi.  Undan keyin bu ijodiy yo‘lni fors-tojik adabiyotining yirik 

vakili Amir Xusrav Dehlaviy muvaffaqiyatli davom ettirdi. XV asming 

70-80-yillarida  adabiy  musobaqa  maydoniga  Nuriddin Abdurahmon 

Jomiy  kirdi  va  у  yetti  dostondan  iborat  «Haft  avrang»  («Y  yetti 

osmon»)ni bunyod qildi.  XV asrda yashab ijod etgan shoirlar orasida 

Mavlono  Ashraf,  Ali  Ohiy,  Mavlono  Kotibiy,  Mavlono  Faseh 

Rumiy,  Xoja  Hasan  Xizrshoh,  Mavlono  Abdullo  singari  qalam  ahli 

Nizomiy «Panj  ganj»i yoki uning  ayrim dostonlaridan ta’sirlanib  o‘z 

asarlarini yaratgan bo‘lsalar-da,  ulardan aksariyati  mukammal xamsa 

yaratish sharafiga muyassar bo‘la olmadi yoki o'sha qalamkashlardan 

anchaginasi xamsa yaratishdek ulkan ijodiy maqsadni o‘z oldida vazifa 

qilib qo‘ygan emasdi. Alisher Navoiy esa xamsa yozishdek mas’uliyatli 

ishni turldyda amalga oshirish niyatida ekanligini Abdurahmon Jomiyga 

bildiradi  va  ustozi  ulug‘  shoimi  shunday  ulkan  ishni  tezroq  amalga 

oshirishga da’vat etadi.

1483 yilda Alisher Navoiy xamsa yozishga kirishdi.  Ellik ikki ming 

ikki  yuz  o‘ttiz  satrdan  iborat besh  dostondan tarkib  topgan bu noyob 

ma’naviy xazina juda qisqa muddatda, 1483-1484 yillarda yozib tugatildi. 

Ikki  yildan  sal  ortiqroq  davr  ichida  vujudga  kelgan  bu  nodir  adabiy 

durdonaning  falsafiy,  ilohiy-irfoniy,  axloqiy-ta’limiy  mohiyat  kasb 

etuvchi  ilk  dostoni  «Hayrat  ul-abror»  1483  yilda,  shu yili boshlangan 

«Farhod va Shirin» dostoni 1484 yil boshida, «Layli va Majnun», «Sab’ai 

sayyor» dostonlari shu yilning o‘rtalarida 0‘umod us-soniy (iyun)) yozila 

boshlangan, so‘nggi «Saddi Iskandariy» dostoni  1484 yilning dekabrida 

yozib  tugatilgan.  Alisher Navoiy «Xamsa»dek yirik asami  turkiy tilda 

ijod  etish  bilan  band  bo'lishiga  qaramay,  yirik  siyosiy  arbob  sifatida 

Xurosonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ham juda faol ishtirok etdi. Shoir 

«Saddi  Iskandariy»  dostonida  ulug‘  salafi  Nizomiy  Ganjaviy  uzoq 

muddatda  «Panj  ganj»ini  yozganligini  e’tirof etarkan,  uning  ijtimoiy- 

siyosiy hayotdan uzilib badiiy ijod bilan band bo'lganligini yengil tanqid 

ham  qiladi:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Necha  tojvardin  topib  parvarish,

Ishi  bu o‘ttiz yilda  erdi bu  ish.

Ne el  mehnatidin  maloli anga,

Ne bu ishdin o‘zga xayole  anga.  (MAT.I 1.  568-b.).

Nizomiy  Ganjaviydan  keyin  xamsachilikda  dong  taratgan  Xusrav 

Dehlaviy haqida shoir «Saddi  Iskandariy»da:  «Necha vaqt aning ishi bu 

edi»,-deb yozadi. Nega Alisher Navoiy bunday ta’qidga urg'u berayotir? 

Gap  shundaki,  ulug‘  shoir  «Xamsa»  yozishga  kirishgan  yillarda  katta 

ijtimoiy-siyosiy vazifalar bilan band edi. U butun kuch-quwatini Xuroson 

davlatini  mustahkamlash,  el-ulus  farovonligini  ko‘tarish,  mamlakatda 

adolat  o'matish  kabi  ezgu  ishlarga sarf qilgan.  Ustod  Sadriddin Ayniy 

ta’biri  bilan  aytganda,  Alisher  Navoiy  ayni  yillarda  badiiy  ijod  bilan 

nuqul  istirohat  va  uyqu  hisobidan  shug‘ullangan.  Masalaning  ana  shu 

jihatlarini  nazarda  tutgan  ulug*  shoir  Shayx  Nizomiyni jindak  tanqid 

qilayotir.  Faqat  badiiy  ijoddan  boshqa  tashvish-taraddudi  bo‘lmagan 

ganjalik sohir qalam sohibining «Panj ganj»ni bunyod etish uchun o‘ttiz 

yil  umr sarflashi Alisher  Navoiyga  sal  malol  kelgan  ko‘rinadi:

Ki,  aqli  musohib shitob aylasa,

Deyilgan  zamonni  hisob  aylasa.

Yig‘ishtursa bo‘lmas bori  olti  oy,

Ki bo‘ldung bu ra’noga suratnamoy.

(MAT, 11. 569-b.).

«Xamsa»  — Alisher  Navoiy  ijodining  eng  nodir  namunasi  bo'lib, 

u yaratilgan paytdan e’tiboran muallifning benihoya yuksak iste’dodidan 

darak  berdi,  g'oyat  ЬаЦпб  baholarga  sazovor  ko‘rildi.  Jumladan, 

«Xamsa» bilan birincfritenian bo‘hb tanishish sharafiga muvaffaq bo'lgan 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling