B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Download 4.31 Mb.

bet34/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71

Val ma’nidadur nur a’lo  nur.

Katabahu  al-abd  al-faqir  Alisher  al-mashhur  bi-n  Navoiy  g'af-ara 

zunubahi (ya’ni, haq, dunyo va dinning nuri ikkinchi devonimni bezadi. 

Garchi qoralama ustiga qoralama yozilgan esa-da,  lekin ma’nosida nur 

ustiga  nur  bo'lib  tushdi.  Bituvchi  banda  va  faqir  Navoiy  nomi  bilan 

mashhur Alisher, uning gunohlari kechirilgay!) Shu yerda Navoiy muhri 

bosilgan:  («Kun,  osha  fi-d  dunyo  ka-1 g'arib-al-faqir Alisher»)  (Ya’ni: 

Dunyoda faqir va g'arib Alisherdek hayot kechir)  (O'sha kitob,  6-bet).

«Navodir  un-nihoya»ning  nisbatan  to'liq  nusxalarida  862  she’r 

joylashtirilgan.  Bular «Badoyi’ ul-bidoya» tartib berilgandan so'ng ijod 

qilingan she’rlar bo'lib,  ular ham keyinchalik «Xazoyin ul-maoniy»ga 

kiritilgan.

Alisher Navoiyning avlodlar oldidagi yana bir buyuk xizmati uning 

deyarli barcha  lirik turga mansub yozgan asarlarini o'z bag'riga  olgan 

«Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») yig'ma devonlarining taitib 

berganligi bo'ldi.  Bu  xayrli  ishning  amalga  oshishida  murshidi  komil 

Nuriddin  Abdurahmon  Jomiy  va  zamon  hukmdori  Sulton  Husayn 

Boyqarolar tashabbuskor bo'ldi.  Ulug' shoiming «Xazoyin ul-maoniy» 

«Debocha»sida bayon etilgan qaydlaridan ayonlashadiki,  «Badoyi’  ul- 

bidoya»  va  «Navodir  un-nihoya»  devonlari  tartib  berilgandan  so'ng, 

ijod  qilingan  she’rlar to'planib  qoladi.  Ulkan  so'z san’atkori  ulaming 

taqdiri  haqida  o'ylaydi  va  yozadi:  «Xotirg'a  kelur  erdikim,  agar  bu 

avroqqa  rabt-u  tartib  berilmasa,  bir  havodis  tundbodi  eskach,  har 

safhasin bir yon sovurg'ay va agar bu gul baiglarini zeb-u oyin bila bir 

guldasta  bog'lamasak,  bir  navoyib  nasimi  yetkach,  har  varaqin  bir

www.ziyouz.com kutubxonasi



yon uchurg‘ay» (MAT, 3-tom,  12-bet). Biroq bu ishni amalga oshirishda 

shoir o'zida yetarii quwat topa olmaydi. Ana shunday bir vaqtda Sulton 

Husayn  Boyqaroning  Alisher  Navoiy  nomiga  o‘z  she’rlarini  to‘plab 

devon tartib  berishi lozimligi  haqida  «farmoni vojib ul-iz’oni»  («itoat 

etishga  majbur  farmoni»)  e’lon  qilinadi.  Alisher  Navoiy  ustozi 

Abdurahmon  Jomiy  bilan  maslahatlashadi.  Ularga  Amir  Xusrav 

Dehlaviyning Malikshoh Alp Arislon nomiga bag'ishlab, besh devonlar 

silsilasini  tuzgani,  ular  o'z  zamonasida  g‘oyat  mashhur  bo‘lsa-da, 

keyingi davrda faqatgina nomlari saqlangani ma’lum edi. Ayni an’anaga 

ixlosmand Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy»ni to‘rt devon shaklida 

tuzishni ma’qul ko‘radi. Shunday qilib, shoir o‘zbek tilida yozgan deyarli 

barcha  she’rlarini  to‘rt  devonga  ajratadi  va  ulaming  har  birini  inson 

umrining  muayyan  fasliga  mos keladigan bir nom bilan ataydi.

Ulug‘  shoir ijodiy  hayotining  7-8  yoshidan  20 yoshigacha bo'lgan 

qismini umrining navbahori-«sig‘ai>  (yoshlik)  fasli sifatida qayd qiladi 

va  shu  muddatda  yozilgan  she’rlariga  «G'aroyib  us-sig‘ar»  («Yoshlik 

ajoyibotlari»)  nomli  birinchi  devonidan  o‘rin  beradi.  20-35  yoshlar 

oralig‘i  umrning  yozi—«shabob»  (yigitlik)  ayyomi  bo‘lib,  muallif  bu 

davr  devonini  «Navodir  ush-shabob»  («Yigitlik  nodiriiklari»)  tarzida 

nomlaydi.  35-45 yoshni umrning kuzi—«vasat» (o‘rta yosh) hisoblagan 

ulug‘  shoir  «Badoyi’  ul-vasat»  («0‘rta  yosh  go‘zalliklari»)  devoniga 

ana shu yillarda bitilgan she’rlarini kiritadi. Nihoyat 45-60 yosh «kibar» 

(keksalik)  avoni  bo‘lib,  inson  umrining  qishiga  qiyoslanadi  va  ayni 

devon  «Favoyid  ul-kibar»  («Keksalik  foydalari»)  deb  ataladi.  Bu 

majmualarning  barchasi  «Xazoyin  ul-maoniy»  («Ma’nolar  xazinasi») 

nomi ostida birlashtiriladi va  1492-1498 yillar oralig‘ida tartib beriladi. 

«Debocha»da berilgan ma’lumotlaiga ko‘ra, mazkur devonlardan o‘rin 

olgan  har  bir  she’r  bevosita  Sulton  Husayn  Boyqaro  nazaridan 

o‘tkazilgan. Albatta, hazrat Navoiyning bu ta’kidlarini to‘g‘ri ma’noda 

qabul  qilishni  aqlga  sig'dirib  bo'lmaydi.  Negaki,  yig‘ma  devonlardan 

uch  mingdan  ziyodroq  she’r  o'rin  olganligiga  e’tibor  qilinsa,  Sulton 

Husayn  Boyqaroning  ularni  birma-bir  nazardan  o‘tkazganligini 

tasawuiga sig‘dirish qiyin. Fikrimizcha, ulug‘ shoirning bunday qaydini 

maktabdosh do‘st va zamon podshohiga yuksak hurmati nishonasi sifatida 

qabul qilish, yanada aniqroq aytadigan bo'lsak,  davr insho san’atining 

uslubiy jilosi  ma’nosida tushunish pand bermaydi.

«Xazoyin  ul-maoniy»  devonlaridan  o‘rin  olgan  she’rlami  to‘la 

ma’noda tarixiylik tamoyiliga rioya qilingan holda joylashtirilgan deyish

www.ziyouz.com kutubxonasi



qiyinroqdir.  Chunki  ulug'  shoir  katta  miqdorda  yig'ilgan  she’rlami 

devonlaiga  taqsimlaganda,  har  bir  she’ming  ruhi,  uslubini  e’tiboiga 

olishga  uringan.  Ammo  oradan  o'tgan  vaqt  o'z  gapini  aytgan  hamda 

she’rlami tarixiy va mavsumiy aniqlik bilan joylashtixishning iloji bo'lmay 

qolgan.  Bunday  fikr  taniqli  navoiyshunoslar  A.Hayitmetov, 

M.Shayxzoda va H.Sulaymon tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan (Qarang: 

O'zbek adabiyoti tarixi.  2-tom,  Toshkent:  «Fan»,  1977,  86-bet).

«Xazoyin  ul-maoniy»  debocha,  2600  g'azal,  133  ruboiy,  10 

muxammas,  4  mustazod,  5  musaddas,  4  taije’band,  210  qit’a,  10 

lug'z-chiston,  52  muammo,  13  tuyuq,  86  fard,  1  masnaviy,  1  qasida, 

1  musamman,  1  tarkibband,l  soqiynoma jami  16 janrdagi she’rlardan 

iboratdir. Har bir devonga 650 g'azal kiritilgan. Shu kichkina ishoraning 

o'zidan ham ulug' shoir «Xazoyin ul-maoniy»ni tartib berishda tarixiylik 

tamoyilidan birmuncha chekinganini sezish mumkin. Bu fikmi «G'vroyib 

us-sig‘ar» va «Navodir ush-shabob» devonlari tarkibida «vasat» hamda 

«kibar» davriga oid g'azallaming va aksincha, «Badoyi’ ul-vasat» hamda 

«Favoyid  ul-kibar»da  «sig'ar»-u  «shabob»ga  daxldor  she’rlarning 

mavjudligi  ham  quwatlaydi.  Jumladan,  «G'aroyib  us-sig'ar»  devoni 

tarkibidan o'rin olgan g'azallardan birida quyidagi  bayt  mavjud: 

Yoshing ellik bo'ldi,  yuz qo'yg'iJ  fano  tufrog'ig'a,

Kim,  shabob  ayyomi  aysh-u beadablig'  chog'i bas

(MAT.  3.  201-b.)

Bunday  misollami  yana  ko'plab  keltirish  mumkin.  Shuningdek, 

«G'aroyib  us-sig'ar»  devonidagi  bir  qator  she’rlarda  Sulton  Husayn 

Boyqaroning podsho sifatida tilga olinishi ham yuqoridagi fikrlami tasdiqlaydi. 

Zero,  Sulton  Husayn Boyqaro  Xuroson taxtini  egallaganida,  ulug'  shoir 

28 yoshda edi. Bulardan tashqari, Sayyid Hasan Ardasheming vafoti (1488- 

1489)  munosabati  bilan  yozilgan  masnaviy  «Navodir  ush-shabob» 

devonidan o'rin olgan. Holbuki, bu davrda ulug' shoir 47-48 yoshlarda edi. 

Ko'rinadiki, «Xazoyin ul-maoniy» devonlariga taqsimlangan she’rlar nisbiy 

mohiyat  kasb  etadi.  Yana  shuni  unutmaslik  lozimki,  «Xazoyin  ul- 

maoniy»dan o'rin olgan asarlar 1498-yilga qadar yozilgan she’rlardir. Taniqli 

adabiyotshunos olim Hamid Sulaymon «Xazoyin ul-maoniy» devonining 

ilmiy-tanqidiy matnini yaratish sohasida juda katta izlanishlar olib bordi. 

Tadqiqotchi  «Xazoyin  ul-maoniy»ning  Toshkent,  Sankt-Peterburg, 

Dushanbe, Boku, Parij, London va dunyoning boshqa shaharlaridagi muzey 

hamda  kutubxonalarida  saqlanayotgan  ko'p  sonli  qo'lyozmalari  surat 

nusxalarini  yig'ib,  ulami  qiyosiy  o'iganib  chiqib,  nashr  ettiidi.  (Alisher

www.ziyouz.com kutubxonasi



Navoiy. Xazoyin ui-maoniy. I, II, III, IV tomlar. Toshkent: «Fan»,  1959- 

1960.)  Alisher  Navoiyning  1498-yildan  keyin  ijod  etgan  hamda  turli 

sabablaiga ko‘ra mazkur yig‘ma devonga kiritilmagan she’rlari ham olimning 

e’tiboridan chetda qolgan emas. Yig‘ma devonlaming  Hamid Sulaymon 

nashri  IV  tomida  bunday  she’rlar  «Navoiy  tomonidan  «Xazoyin  ul- 

maoniy»ga  kiritilmagan  she’rlar»  sarlavhasi  ostida  keltirilgan  bo‘lib,  ular 

24  g'azal,  2  ruboiy,  8  qit’a,  4  farddan  iborat  (Qarang:  Alisher  Navoiy. 

Xazoyin  ul-maoniy.  IV  tom,  Toshkent:  «Fan»,  1960,  773-794-betlar). 

Keyinchalik  bu  she’rlaming yana  yangi  topilganlarini  qo'shib,  filologiya 

fanlari doktori Fozila Sulaymonova «Ayyomi visol o‘ldi yana» nomi bilan 

mo’jaz bir to‘plam holida (Toshkent,  1996)  ulug‘  shoir ijodi  muhiblariga 

tuhfa qildi. (Bu haqda qarang: Vohidov R. Navoiy she’rig‘a solg‘il quloqki... 

«0‘zbekiston adabiyoti va san’ati»,  1997-yil 7-fevral).

Alisher  Navoiy  she’riy  merosi  ko‘lamining  kengligi,  ayni  choqda 

rang-barang mavzulami o‘zida mujassamlashtiiganligi bilan ahamiyatlidir. 

She’rda hayotning barcha murakkabliklari haqida nozik ishoralarda badiiy 

fikr yuritish adabiy ijodga xos yetakchi xususiyat sanaladi. Shu ma’noda 

ulug‘  shoir  she’riyatini  u  yashagan  davming  betakror  qomusi  deyish 

mumkin.  Unda  shoir zamondoshlarining  shavq-u  zavqi,  tabassumi-yu 

qahqahasi, g‘azabi-yu nafrati, ingrashi-yu dardli fig'oni, shirin xayollari- 

yu  ezgu  niyatlari,  baxtli  kunlari-yu  musibati,  to‘y-u  ta’ziyasi,  xullas, 

murakkab  ruhiy-maishiy  olami,  sertashvish  hayoti  sahifalari  yorqin  iz 

qoldirgan. Buyuk mutafkkkir faoliyat ko‘rsatgan zamonning ilmiy-badiiy 

saviyasi, tafakkur kengliklari, falsafasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy, 

ilohiy-irfoniy mezonlari uning she’riy merosida badiiy tajassumini topgan. 

Shu  bois  ulug‘  shoiming  rangin  she’riyati  mohiyat-mazmuni  bilan, 

shubhasizki,  ma’nolar  xazinasidir.  Unda  Sharq  mumtoz  adabiyoti 

an’analari  takomillashtirilgani,  hamd,  na’t,  mav’iza  yo‘nalishidagi 

she’riaiga keng o‘rin berilganini kuzatish mumkin. Ishq-muhabbat mavzusi 

esa  kichik  she’riy  asarlarining  tayanch  yo'nalishini  tashkil  etadi.  Ayni 

choqda bu ko‘hna va doimo yangilanib boruvchi barhayot mavzu ulug‘ 

shoir qalamida ayricha joziba kasb etdi. Natijada uning oshiqona she’rlari 

bag‘rida  XV  asr  ikkinchi  yarmi  hayotining  ijtimoiy-siyosiy,  axloqiy- 

ta’limiy, ilohiy-irfoniy qarashlari go‘zal badiiy ifodasini topdi va shunday 

kichik janrdagi  asarlar mavzular olamining  boyitilishiga  munosib  hissa 

bo‘lib qo‘shildi. Ishq-muhabbat inson-ma’naviy kamolotida hal qiluvchi 

mavqega egadir.  Ulug‘  shoir muhabbat  mavzuida qalam tebratar ekan, 

eng awalo,  dard ahli—oshiqlarga murojaat  qiladi:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ey Navoiy,  dardlig*  nazmingni dard ahli bilur,

Dardsiz  dog‘i bo‘Iur oni  o‘qig‘och  ahli dard.

(MAT.5.  93-b.)

Alisher Navoiy she’riyatida ishq va dard bir-biri bilan chambarchas 

bog'liq,  biri  ikkinchisini doimo taqozo qilib turuvchi tushunchalardir. 

Dard aslida inson vujudidagi xastalikni anglatsa-da, biroq u ijod va ishq 

olamida ijobiy ma’no kasb etadi. Shoir nazmidagi «ahli dard» esa aqlni 

hayratga solg'uvchi tuyg'ular tug‘yonidan qalblarida uyg'ongan jo'shqin 

muhabbat bois ishq yo‘lini ixtiyor etgan oshiqlardir.  «Hayrat ul-abror» 

dostonida bu egizak tushuncha pok niyatli oshiqning ma’naviy kamolotga, 

poklik olamiga yetaklovchi vosita sifatida ulug'lanadi:

Oshiq  ani  bilki,  erur dardnok,

Ham tili,  ham ko‘zi-yu ham ko'ngli  pok.

O'zlugidin ishq ani  pok etib,

Balki fano o‘tig‘a xoshok etib.

(Xamsa.  1960,87-b.)

Alisher  Navoiy  she’riyati  haqsevarlik  va  insonsevarlik  ta’limoti 

bo'lgan tasawuf g‘oyalariga o‘zgacha jilo va sayqal berish bilan ravnaq 

topadi.  Masalaga  shu  nuqtai  nazardan  yondashadigan  boisak,  ulug* 

shoir  baytlaridagi  «o‘zlugidin  ishq  ani  pok  etmoq»-ishq  vositasida 

oshiqning  eng  katta  dushmani—nafsi  ustidan  g'olib  kelishidir.  «Fano 

o‘tig‘a xoshok bo‘lmoq»-oshiqning eng ezgu maqsadining amalga oshishi, 

uning «Ma’shuqi azal visoliga vosil» bo'lishidir. Buning uchun «dardnok» 

oshiqning «ham tili, ham ko‘zi-yu ko‘ngli рок» bo'lmog'i zaruriy shart 

hisoblanadi. Poklik—

juda katta tushuncha. Tilni pok tutmoq -  uni be ma’ni 

gaplar uchim ishlatmaslik, g‘iybat-tuhmatga berilmaslikdir. Ko'zni pok 

tutmoq  —  shubhali  narsalardan  saqlanish,  ko‘rish  noravo  bo‘lgan 

nomahramlaiga  boqmaslik  hisoblanadi.  Ko'ngilni  pok  tutmoq  esa  -  

umuman  man’  qilingan  jamiki  narsalardan,  istaklardan  tiyilishdir. 

Ko‘rinadiki, poklikni ixtiyor qilgan inson o'z haddi va haqqiga qanoat 

bilan  yashamog'i  zarur  ekan.

Ishq-muhabbat talqini ulug4 shoir she’riyatidagi eng serqirra ma’no- 

mohiyat  kasb  etuvchi  mavzu  sanaladi.  Jumladan,  insonni  insonga, 

hayotga, tabiatga va Yaratuvchiga bo4lgan samimiy sevgisini ifodalagan 

she’rlar bu keng qamiovli mavzuning tayanch ustunidir. Alisher Navoiy 

qit’alarida bu  tushuncha  haqiqiy va  majoziy ishq tarzida talqin  qilish 

mumkin  bo'lgan  yo4nalishda  badiiy  ifodasini  topadi.  Haqiqiy  ishq 

insonning Allohga, majoziy ishq esa insonning insonga, hayotga, tabiatga

www.ziyouz.com kutubxonasi



va butun  mulki  borliqqa bo'lgan  muhabbatidir.  Ulug‘  shoir mavjudot 

olami ajoyibotlari orasida ziddiyat emas, balki bog'liqlik, aloqadorlikni 

ko'radi.  Ular  bir-birini  taqozo  qiladi.  Alisher  Navoiyga  xos  bunday 

dunyoqarash  uning  qit’alaridan  birida  sarlavha  vazifasini  bajargan: 

«Majozdin  maqsudi  haqiqat  ekani  izhor  qilmoq  va  suratdin  g'araz 

ma’ni  ekanin  padidor  qilmoq»

Majozdin  manga maqsud  erur haqiqiy ishq,

Nedinki,  ahli  haqiqatqa bu  tariqat erur.

Majozdin  chu haqiqatqa yo‘1  topar oshiq,

Qilur majozni nafyi ulki, behaqiqat erur.  (  6.  512)

Ulug‘ shoir mazkur qit’ada majoziy muhabbatni e’tirof etgani holda, 

o'sha  ishq poklik  va  halollik bilan  nurlidir hamda  u  poklanish  tufayli 

ilohiy  ishq  maqomiga  ko'tariladi,  degan  g'oyaga  sodiq  qoladi. 

Shuningdek,  ulug'  shoir  majoziy  ishqdan  murod  ilohiy  ishq  haqida 

o'ylash,  fikr  yuritish,  uning  hijron-u  iztiroblaridan  lazzatlanish  ahli 

haqiqatning  tanlagan  yo'lidir,  deydi.  Bu  yo'lda  tariqat  va  uning 

hayotbaxsh  ta’limoti  madadkordir.  Alisher  Navoiy  she’riyatida, 

jumladan, tahlil qilinayotgan qit’ada majoz va nazmiy san’atlar vositasida 

badiiy  mushohada  yuritish  mayli  baland.  Aksariyat  hollarda  so'zlar 

zulma’naynlik  (ko'p  ma’nolilik)  fazilatiga  ega.  Shuning  uchun  ular 

mohiyatini  darrov  payqash  dushvor.  Navoiyona  misralar  mag'ziga 

chuqur  mulohazasiz  yetish  imkondan  tashqaridir.  Shunday  fazilat 

yuqoridagi  va  quyida  ko'chiradiganimiz  qit’ada  ham  yorqin  ko'zga 

tashlanadi:

Ko‘rmasa  husni majozi ichra juz haq sun’ini,

Oshiqekim,  bo'lsa ishq atvori ichra pokboz.

Zohido,  bu  ishqdin  man*  aylamas oshiqnikim,

Gar sen idrok aylasang,  ayni haqiqatdur majoz.  (6.512-513) 

Ushbu qit’ada ulug'  shoiming falsafiy mushohadasida teranlik bilan 

yonma-yon dadillik va aniqlik tuiganligini his qilish qiyin emas. Chinakam 

oshiq  yor  — mahbubasi jamolida Yaratganning  nuri  tajalliysini  his  eta 

о Isa va uning sa’y-harakatlarida poklik ustuvor bo'lsagina, majoz haqiqat 

pillapoyalariga ko'tarilishi mumkin. Qit’ada zohidga murojaat ham bejiz 

emas.  Umuman,  zuhd-u  zohidlik  masalasidagi  qarash  ehtiyotkorlikni 

taqozo etadi. Chunki bu toifa ahlining xatti-harakatida namuna olsa aizigulik 

jihatlar bor. Ular toat-u ibodat, namoz-u ro'zani kanda qilmaydi. Doimo 

tavba qilib, tahoratli yurishadi. Biroq ulaming riyokorligi toat-u ibodatini 

ko'z-ko'z etishi va jannat tama’ida bo'lishlarida yorqin ko'rinadi. Oshiq va

www.ziyouz.com kutubxonasi



zohid  dunyoqarashlari  o'rtasidagi  keskin  tafovutga  adabiyotshunos 

N.Komilovning «Tasawuf» kitobida nozik ishoralar bor.  U o'z fikrlariga 

mashhur so‘fiy ayol Robia Adviyaning (714-801) Allohga munojotlarida 

quyidagicha nola qilib aytgan so'zlarini keltirish bilan oydinlik kiritadi: 

«Ey Parvardigorim,  Ey yori aziz, agar jannating tama’ida toat qiladigan 

bo‘lsam,  jannatingdan  benasib  et,  agar  do'zaxingdan  qo'rqib  ibodat 

qiladigan bo'lsam, meni do'zax o‘tida kuydir, ming-ming roziman! Ammo 

agar  Sening  jamolingni  deb  tunlarni  bedor  o'tkazar  ekanman, 

yolvoraman,  meni jamolingdan mahrum etma!»  (Kornilov N. Tasawuf. 

Birinchi kitob. Toshkent: «Yozuvchi»,  1996,6-bet). Ko'rinadiki, tasawuf 

ahlida  hayotga  tavakkul  bilan  qarash  kayfiyati  baland.  Ulaming  qat’iy 

ishonchiga ko'ra,  solik ishq va tariqat  maqomlari sari  intilishini davom 

etishi, bu haqda baland ovoz bilan gapirmasligi,  tama’dan yiroq turishi 

lozim.  Ulug‘  shoir  g'azallarida  ushbu  fikrlami  quwatlovchi  ко‘plab 

baytlami  uchratish  mumkin:

Navoiy,  ishqdin ne kelsa,  dam urmaki oshiqqa,

Keraktur ishqi pinhoni-yu dog‘i ishq pinhoniy.  (6.  426.)

Alisher  Navoiy  ushbu  bayt  bag'riga  o‘zi  muridi  komili  bo'lgan 

naqshbandiya tariqatining  «Dil ba yor-u dast ba  kor»  tayanch g'oyasi 

mohiyatini singdiigan. Aslida ulug' shoir she’riyati qahramonlari ishqdan 

yetgan barcha ozor-u  mashaqqatlaiga sabot va matonat bilan bardosh 

berishga tayyordirlar.  «G'aroyib us-sig‘ar» devoni g'azallarining biriga 

mansub bo'lgan quyidagi bayt she’rda harakat qiluvchi qahramoni haqida 

ham shunday xulosaga kelishga asos bo'ladi:

Ey Navoiy,  ishq  mushkil  deb nechuk tarkin  tutay,

Elga gar bu ish hunar bo'lsa, bo‘Iup tur fan manga.  (3.  35.)

Ulug' shoir ishq bobida tenglik falsafasini ilgari surib, g'azallarining 

birida:  «Ishq aro shoh-u gado tengdir, balki gado fiizun»,- deya e’tirof 

etadi. Biroq bu muqaddas tuyg'uni e’tiqodida sobit bo'lmagan, munofiq 

kishilar  tomonidan  toptalishini  keskin  tanqid  qiladi:

UUd ermas ishqi pok-u sajda aylar ko'rsa husn,

O'yladurkim,  aylagay fosih tahoratsiz namoz.  (3.  182.)

Husn  — go'zallikni  ko'rib,  unga  mahliyo  bo'lgan  kishining  sajda 

qilishi  pok  ishqning  nishonasi  emas.  Undagi  «sadoqat»  va  «e’tiqod» 

nobakor  kimsaning  yuviqsiz  —  tahorat  olmay  namoz  o'qishi  bilan 

barobardir. Ishq, awalo, poklik, qolaversa, sadoqat-u chinakam e’tiqod 

bilan  muqaddasdir.  Mana  shu  talab-tamoyillar  buzilgan  joyda  xoh 

majoziy, xoh ilohiy ishq bo'lsin, bular haqida gap-so'z bo'lishi mumkin

www.ziyouz.com kutubxonasi



emas. Ishqda vafo, sadoqat g'oyasi shoiming quyidagi g'azalida oshiqning 

o'ziga xos qasamyodi sifatida ifoda etilgan:

Ko'nglum o'rtansun  agar g'ayringg'a  parvo  aylasa,

Har ko'ngul  hamkim  sening shavqungni  paydo  aylasa. 

Har kishi vaslin  tamanno  aylasam  navmid o'lay,

Har kishi hamkim  sening vasling  tamanno  aylasa. 

O'zgalar husnin  tamosho  aylasam,  chiqsun  ko'zum, 

O'zga bir ko'z hamki  husnungni tamosho  aylasa.

G'ayr zikrin oshkora qilsa lol  o'lsun  tilim,

Qaysi bir til  hamki  zikring  oshkoro  aylasa.

Rashkdin jonimg'a har nargis  ko'zi  bir shu’ladur.

Bog'  aro  nogoh xirom  ul sarvi  ra’no  aylasa.

Yo'q  og'izdin  nukta aytur  mahvashimdek  bo'lmag'ay, 

Gar  quyosh  har zarrasidin  bir  Masiho  aylasa.

Oqibat jonimg'a yetti,  ey xush  ul  mug'kim,  meni 

Bir qadah biria xarobot ichra rasvo  aylasa.

Kelturung daf i jununumg'a parixon,  yo'q tabib 

Ют  ul  ansabdur pari bar kimni  shaydo  aylasa.

Subhdek  bir damda gardun  qo‘ymag‘ay osorini,


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling