B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Download 4.31 Mb.

bet35/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71

Nogah  ahli sidq ko'ngli  mehrin  ifsho  aylasa.

Dahr  sho'xig'a,  Navoiy,  sayd  bo'lma  nechakim,

Kun  uzori  uzra  tun  zulfin  mutarro  aylasa.  (1,  66-67).

Ko'chirilgan  g'azal  o'n  baytli,  tuzilishiga  ko'ra  yakpora— 

musalsaldir. Mavzu va g'oyaviy yo'nalishi nuqtai nazaridan oshiqona- 

orifona g'azallar sirasiga kiritish mumkin.  Radifli («aylasa» o'zgarishsiz 

takrorlanib,  shunday  vazifani  ado  etadi),  taxallusli.  Matla’  o'zaro 

qofiyalangan,  birinchi  bayt  (band)  va  maqtaiga  (xulosa,  xotimaga) 

ega.  Matndagi  «parvo»,  «paydo»,  «tamanno»,  «tamosho», 

«oshkoro»,  «га’по»,  «Masiho»,  «rasvo»,  «shaydo»,  «ifsho», 

«mutarro»  so'zlari  qofiya vazifasida  kelgan.  Qofiya uchun  mazmun 

ozor  chekkan  misralar  ko'zga  tashlanmaydi.  G'azalda  ma’shuqa 

bevosita ishtirok qilmaydi. Uning haqidagi barcha ma’lumot-u xabarlar 

oshiq  tilidan  beriladi.  g'azalda  matladan  boshlangan  mazmun 

(oshiqning  ma’shuqa  nazdidagi  qasamyodi)  maqtaga  qadar  izchil 

davom  etadi.  Ayni  uslubiy-g'oyaviy jilo  g'azal  yakporaligini ta’min 

etgan. G'azalda majoziy va ilohiy-irfoniy ishq qorishiq keladi. Bunday 

mayl,  ayniqsa,  g'azalning  у yetti  va  sakkizinchi  baytlarida  ravshan 

ko'rinib  qoladi.  Undagi  «quyosh»,  «zarra»,  «Masiho»,  «mug'»,

www.ziyouz.com kutubxonasi



«qadah»,  «xarobot»  singari  qator  ishoralar shunday xulosaga  kelish 

uchun  asos  beradi.  Ishqda  poklikni  tayanch  shart  sifatida  biluvchi 

oshiq  unga  rioya  etishni  vujud-vujudi  bilan  istaydi  va  ayni  talabni 

ma’shuqadan  ham  so‘raydi.  Shunday  bayt  misralarida  qasamyodlar 

yonma-yon  tutilib,  badiiy  talqin  beriladi:  Oshiq  o‘z  qat’iy  so'zi 

ustidan  chiqish  uchun  yuragini  tilka-pora  qilishga,  juvonmarg 

bo'lishga,  ko'zlarining  ko‘r,  tilining  lol  (soqov)ga  aylanishiga  rozi. 

Shunday  qarg‘ishlar  shartini  buzgan  ma’shuqaga  yoxud  uni  poklik 

yo'lidan chalg'itishga urinuvchi - ag'yorga ham ravo ko'riladi. G'azalda 

shoh  baytlar  uchraydi.  Fikrimizcha,  beshinchi  va  oltinchi  baytlar 

shunday xususiyatga ega.  Unda  bir necha badiiy san’atlar (tashbeh, 

yashirin  talmeh,  mubolag'a,  tanosub  va  hokazo)  qorishiq  kelib 

misralar  nazokatini  ко‘tar ishga  xizmat  qilgan.  Oshiq  gulzor  ichra 

xirom  qilib  yurgan  sarvi  ra’no  ma’shuqasini  nargisdan  ham  rashk 

qiladi. Ma’shuqa nuqta misol (yo'q hisobi) og'izchasi bilan so‘z aytsa, 

uning oydek gulgun chiroyi yana ochiladi va hokazo.

Alisher Navoiy she’riyatida  hamd,  na’t  yo'nalishidagi  asarlar, 

ijtimoiy  hayotning  turli  muammolari,  odob-axloq  me’yorlariga 

bag'ishlangan  badiiyat  namunalarini  juda  ko'plab  uchratish 

mumkin.

8.2.  Alisher  Navoiy  g‘azaliyotining  shakliy,  g'oyaviy xususiyatlari, 

yetakchi  qahramonlari  va badiiyati

Alisher  Navoiyning  o'zbek  tilidagi  qomusiy  devoni  «Xazoyin  ul- 

maoniy»  mumtoz  adabiyotimiz  xazinasidagi jozibali  she’riyatning  eng 

yuksak cho'qqisi sanaladi. Ulug' shoiming kichik she’riy janrlar taraqqiyoti 

tarixidagi muhim xizmatlaridan biri shuki, u o'zi yashagan daviga qadar 

turkiy  badiiy  so'z  san’atida  mavjud  bo'lgan  g'azal,  masnaviy,  qasida, 

tuyuq,  qit’a,  ruboiy,  fard,  soqiynomani  yuksak  ravnaq  pog'onasiga 

ko'tardi. Shuningdek, yig'ma devonlarini rang-barang mavzularda bitilgan, 

turkiy she’riyat uchun nisbatan taqchil bo'lgan muxammas va musaddas, 

musamman va mustazod,  taqe’band va tarkibband,  muammo va lug'z- 

chiston  singari  adabiy  shakllar bilan  bezadi.

Alisher Navoiy  ma’naviy  merosi  tarkibidagi  16 janr orasida g'azal 

alohida mavqega ega. Ulug' shoir o'ziga xos uslubda ijod etgan bunday 

badiiy yaratmalarida,  awalo,  mavzuni batafsil yoritish uchun  matlada 

aytilgan  fikmi  mantiqiy  rivojlantirib  borish,  she’r  qahramoni  hissiy-

www.ziyouz.com kutubxonasi



ruhiy kechinmalarini badiiy san’atlar yordamida haqqoniy va samimiy 

tasvirlashga erishdi. Oshiqona g‘azallari tarkibida mav’iza—pand-nasihat 

mazmunidagi  baytlarga  keng  o'rin berdi.  Ayni  mayl g'azal janrini  tor 

oshiqona  qoliplardan  ma’no-mavzu  ko'lamdorligiga  olib  chiqish 

uchun qulay imkoniyat yaratdi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda 

ulug*  shoir yuksak san’atkorlik namunalarini  namoyish  qildi.  0 ‘zidan 

keyingi  ijodkorlar  uchun  ilhom  manbai,  adabiy  maktab  vazifasini 

o'tagan  navoiyona  bunday  uslubning  shakllanishida,  shubhasiz,  XV 

asrga  qadar  musulmon  mintaqa  adabiyotida  vujudga  kelgan  adabiy 

an’analami teran o'rganish muhim ahamiyat kasb  etgan.  G‘iyosuddin 

Xondamiming  ma’lumotiga  ko'ra,  Alisher  Navoiyning  bolalik 

chog'laridanoq ulug' turkigo'y shoir malik ul-kalom Mavlono Lutfiyning 

nazariga tushib,  uning yuksak bahosiga loyiq ko'rilishi yosh shoiming 

ijod maydonida zavq bilan javlon urishi uchun o'ziga xos adabiy maktab 

vazifasini  o'tagan.  «Xazoyin  ul-maoniy»  tarkibidan  o'rin  olgan  besh 

musammat  (3  muxammas,  2  musaddas)  barchasining  faqatgina 

Mavlono Lutfiy g'azalriga bog'langan taxmislar ekanligi fikrimizni to'la 

quwatlaydi.  Ulardan birining  maqtaida quyidagi satrlar mavjud:

Har gado  egnida bo‘Isa  eski  to‘n yo  choki jayb,

Bilmay  asli niyatin  qilmoq g'alatdur shakku  rayb,

Ey  Navoiy,  chun  sanga  ma’Ium emas tur sirri g‘ayb, 

Lutfini  mayxonada oshufta ko'rsang,  qilma  ayb,

Kim,  bu majnun ixtiyori zuffi qullobindadur.  (5.  457.)

Mavlono  Lutfiy  g'azaliyoti  ravon,  o'ynoqi  ohangda  bitilganligi, 

baytlarda  xalq  maqollari  va  iboralaridan  foydalanib  yetakchi  g'oyani 

o'quvchiga teran yetkazish hamda insonning murakkab ruhiy holatlari 

tasvirini  she’rxon  ko'z  o'ngida  o'sha  vositalar  yordamida  ta’sirchan 

bo'yoqdor gavdalantirish  fazilatiga  egaligi  bilan  ahamiyatlidir.  Alisher 

Navoiy  g'azaliyotida  ham  lutfiyona  bunday  uslubning  ijodiy 

rivojlantirilganligini kuzatish mumkin. Ulug' shoir shundan bo'lsa kerak, 

«Badoyi’  ul-bidoya»  devoni  “Debochasi”da  turkigo'y  ijodkorlardan 

Mavlono Lutfiy va Mavlono Sakkokiyga juda yuksak baho berib, yozadi: 

«...Va  uyg'ur  iboratining  fusahosidin  va  turk  alfozining  bulag'osidin 

Mavlono  Sakkokiy  va  Mavlono  Lutfiy  rahimahum  ollohkim  (Alloh 

ularga marhamatli bo'lsin) birining shirin ab’yoti ishtihori Turkistonda 

bag'oyat  va  birining  latif  g'azaliyoti  intishori  Iroq-u  Xurosonda 

benihoyatdurur va devonlari mavjud bo'lg'ay.» (MAT.  1-tom,  14-bet). 

Alisher Navoiyning  Mavlono  Sakkokiy  ijodi bilan yaqindan tanishligi

www.ziyouz.com kutubxonasi



g‘azallaridan  birining  maqtaida  kelgan  va  faxriyaga  murojaat  asosida 

yaratilgan quyidagi baytda yorqin  namoyon bo'ladi:

Navoiy nazm aro  tig‘i zabonni uyla surdikim,

Pichoq topmas uyatdin o‘zni o‘lturmakka Sakkokiy.  (4.  423.)

Keltirilgan  iqtibosda Alisher Navoiyning turkiy adabiyotning bu  ustoz 

qalamkashi ijodiga bo'lgan mehr-muhabbati, hurmati, ayni choqda bu ulug' 

shoir bilan o'zaro adabiy musobaqa—mushoim uyushtiigani sezilib turadi. 

Baytdagi yana bir nozik jihatga e’tibor qilmaslikning iloji yo'q. Alisher Navoiy 

ikkinchi misrada badiiy san’at qo'llashda nafis mahorat ko'rsatgan.  Iyhom 

tasviriy vositasiga murojaat qilgan ulug' shoir «pichoq»-«pichoqchi» so'zlarini 

«o'ynatadi». Buning uchun «Sakkokiy»ning «pichoqchi» ma’nosiga ega ekanligi 

unga qo'l kelgan. Shunday qilib, baytni quyidagicha talqin qilish mumkin: 

Navoiy nazm bobida mahorat ko'rsatib, shunday go'zal misralar yaratdikim 

(«tig'i zabonni uyla sundikim»-bu o'rinda ham «tig'» orqali pichoq nazarda 

tutiladi  va  bu  bilan  misralararo  tanosub  hosil  qilinadi),  ulami  o'qigan 

«Pichoqchi»  (Sakkokiy)  uyalib,  o'zini  so'yish  uchun  pichoq  topolmay 

dog'dadir. Fikrimizeha, so'z san’ati bobida bundan-da yuksak nazokat bo'lmas...

Tabiat Alisher Navoiydan o'z ehsonlarini darig' tutmagan. Jumladan, 

kuchli hofiza quwati va bir necha tilni puxta bilish iste’dodini unga ravo 

ko'igan. Arab va fors tillarini puxta bilgan shoirga o'ziga qadar bo'lgan 

fors-tojik va arab adabiyotlarini o'ta sinchkovlik bilan o'rganish imkoniyatini 

berdi.  Nizomiy  Ganjaviy,  Amir  Xusrav  Dehlaviy,  Xoja  Hofiz,  Shayx 

Sa’diy,  Kamol  Xo'jandiy,  Salmon  Sovajiy,  Mavlono  Lutfiy, 

Abdurahmon  Jomiy,  singari  ustoz  ijodkorlar  merosini  o'ta  zavq  bilan 

mutolaa qildi. O'sha ta’b sohiblarining ma’naviy meroslari uning ijodkor 

sifatida shakllanisliida ma’lum darajada ta’sir ko'rsatgan bo'lsa, ajab emas. 

Ulug'  shoir zikri  o'tgan adabiy gulshandan ilk bor tuygan va  diqqatini 

tortgan,  dimog'ini  qitiqlagan  muattar  gullar  tarovatini  bir  umrga 

unutmaydi. Shundan bo'lsa kerak, g'azalchilik bobida o'z she’riyatida Amir 

Xusrav,  Xoja  Hofiz,  Abdurahmon Jomiy o'mini alohida ta’kidlaydi va 

ulami  ustoz  deyishdan  faxrlanadi.  «Xazoyin  ul-maoniy»  va  «Devoni 

Foniy»dagi o'nlab ishoralar shundan dalolat beradi.  «Favoyid ul-kibar» 

devonidagi quyidagi  qit’a bu jihatdan,  ayniqsa,  ahamiyatlidin 

G'azalda uch kishi tavridur ul nav’

K im , 

andin yaxshi yo'q 

n a z m  

ehtimoli.

Biri  mo“jaz bayonlig'  sohiri hind 

Ki,  ishq  ahlini  o'rtar so'z-u holi.

Biri  Iso  nafaslik rindi  Sheroz,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Fano  dayrida  mast-u  louboli.

Biri  qudsi  asarilk orifi Jom 

Ki, jomi Jamdurar sing'an  safoli.

Navoiy  nazmig‘a boqsang,  emas tur,

Bu  uchning holidin  bar bayti  xoli.

Hamono  ko'zgudurkim,  aks  solmish,

Angga uch sho‘x mahvashning jamoli.  (6,  516).

Alisher Navoiyning mazkur qit’asida Sharq adabiyotining uch buyuk 

allomasi ulug'lanadi. Qizig'i shundaki, ko‘chiiganimiz she’riy misralarda 

nom-u  taxallusdan  nishona  yo'q.  Alisher  Navoiy  ijodiyotidan  yaxshi 

xabardor  bo'lmagan  kitobxon  uchun  ushbu  misralardagi  ishoralar 

jumboqligicha qolaveradi. Qit’aning boshida Amir Xusrav Dehlaviy tilga 

olinadi. Shoir uni «sohiri hind» tarzida tanishtiiadi. Alisher Navoiyning 

boshqa asarlarida ham bu ishora tez-tez uchraydi. «Sohir-sehigar, jodugar; 

ajoyib san’atkor, qiziq hunarlar ko'rsatuvchi» kabi talqinlaiga ega. Hind— 

Hindiston. Shajara ildizi Shahrisabzdan boshlanadigan Amir Xusravning 

Hindistonda istiqomat  qilganligiga ishora. Yakunga keladigan bo‘lsak, 

Amir Xusrav Alisher Navoiy nazdida oddiy shoir emas.  U so'z ma’no 

qirralarini  teran  kashf  etgan  va  uni  sehr—yuksak  san’at  maqomiga 

ko'targan  ilohiy  iste’dod  egasidir.

Ikkinchi  ustoz—«Iso  nafaslik»,  «rindi  sheroz»,  «mast-u  louboli», 

«fano  dayrida»  (sohillarida)  sayr  qilish  maqomidagi  shaxs.  Ayrimlari 

qayd  etilgan  fazilat—belgilar  rindga  daxldor.  U—  Sherozdan.  Alisher 

Navoiy ma’naviy merosidan voqif kitobxonga manzara ancha oydinlashadi. 

Ma’no rishtalari Xoja Shamsuddin Hofiz  Sheroziyga ulanadi.  Majoziy 

va haqiqiy ishqni bir sho‘x jilg‘aga mastona oqizish uning qo'lidangina 

kelgan, xolos.  Shuning uchun u mast va sho'xliklar qilishga haqli.  U— 

rindona  raftor  qilish  huquqiga  ega.  Rind—musulmon  mintaqa 

adabiyotining  faol  timsollaridan  biri.  Sho‘ro  zamonida  rind  dahriylik 

ramzi  bo'lib  keldi.  Aslida  unday  emas.  «Ziyrak»,  «hushyor»,  «erkin 

fikrli»,  «sho‘x»,  «beparvo»,  «ishratga  berilgan»,  «mayxo'r»  kabi 

ma’nolaiga ega rind tasawuf olamiga daxldordir. Maslak, oyin (tariqat) 

maqomida esa Xoja Hofiz she’riyatida ustuvor o'mashgan. Shundan bo'lsa 

kerak,  Rind  Hofiz taxallusining sinonimi  ma’nosida ham tushuniladi. 

Rind  so'zi  talqinidagi  «may»,  «ishrat»,  «mayxo'rlik»,  «beparvolik»  va 

hokazolar majoziy ma’nodadir. Aksarit belgilariga ko'ra, rind-u rindlik 

malomatiya tariqatiga tortib qoladi.

Yana biri—Orifi jom.  Undan poklik nuri yog'iladi.  Uning qo'lidagi

www.ziyouz.com kutubxonasi



singan  safol-afsonaviy  Jamshid jomidan  ham  afzaldir.  Jom-u  may— 

oriflar nasibasi  — ma’rifat  nuridir.  Bunday dovruqli orif naqshbandiya 

sulukining  Xurosondagi  peshvosi  Nuriddin  Abdurahmon  Jomiyning 

sifatlovchisi. Har uchala ustoz qalbi va asarlarini birlashtiradigan yagona 

g‘oya va fazilat—ishqdir.  Uning oxirgi bekati poklanish,  oriflik rutbasi. 

Alisher  Navoiy  uchun  ham  bu  bekat  —  orzu,  intilish  ma’vosi 

nuqtasidir...

Ulug‘  shoir Sharq mumtoz adabiyotining asrlar davomida vujudga 

kelgan  boy  an’analarini  mufassal  o‘rganib,  Amir  Xusrav  Dehlaviyga 

xos so‘zning ma’no qirralarini teran kashf etgan holda uni yuksak san’at 

maqomiga ko'tarish,  Hofiz Sheroziyga xos majoziy va ilohiy ishqni bir 

o‘zanga birlashtirib tarannum etish, Abdurahmon Jomiyga xos poklik va 

ma’naviy yetuklikni ulug‘lash singari fazilatlarni o‘z ijodida birlashtirdi. 

Shuningdek,  Mavlono  Lutfiy  va  Mavlono  Sakkokiy  singari 

qalamkashlaming  tajribasidan,  dahosidan,  ijodidan  adabiy  ta’sirlandi. 

Ayni  choqda,  Alisher Navoiy shakl va  ma’noning  o'zaro  uyg‘unligini 

asaming  badiiy  salohiyatini  oshiradigan  hamda  uning  umrboqiyligini 

ta’minlaydigan muhim jihat deb biladi.  «Hayrat ul-abror» dostonining 

muqaddimaviy boblaridan birida adibning bu haqdagi adabiy-tanqidiy 

qarashlari quyidagicha tasvirlanadi:

Bo‘lmasa  e’joz  maqomida nazm,

Bo‘hnas  edi  tengri  kalomida nazm.

Nazmda ham  asl  anga ma’ni durur,

Bo‘Isun  aning surati har ne  durur.

Nazmki,  ma’ni  anga marg‘ub  emas,

Ahli maoniy qoshida xo‘b emas.

N a zm k i 

ham surat erur xush  anga,

Zimnida  ma’ni  dog‘i dilkash  anga.

(Xamsa.  1960, 34).

Shoir nazdida,  nazm  e’joz—mo'jiza ko'rsatish maqomidadir.  Unda 

shu fazilat bo'lmaganda edi, Tangri kalomida (Qur’oni karimdagi «she’rda 

sehr bor»  iborasi yashirin talmeh vositasida misraga singdirilgan)  nazm 

bo'lmas edi. Badiiy ijod o‘ziga xos yuksak ehtiros bilan ulug'langan mazkur 

parchada muallif nazmdagi eng muhim jihat shakl-u mazmun mavzuidagi 

mulohazalarini  bayon  etadi.  Awalo,  shuni  ta’kidlash  o'rinliki,  shoir 

tafakkuridagi  shakl  g'oyatda  katta  tushuncha.  Uni  shoir  asarlarining 

faqatgina jinsi (janri) doirasida chegaralab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Badiiy 

yaratmalarda qo‘llanadigan tasvir vositalari—adabiy san’atlar ham ma’lum

www.ziyouz.com kutubxonasi



ma’noda unga taalluqli. Ikkinchidan, shakl va mazmun o'rtasida Iskandar 

devorini  qo'yish  ham  adolatdan  emas.  Chunki  iste’dodi  bor  san’atkor 

qalami tuhfa qilgan badiiy yaratmada (xoh u nasr va xoh nazmda bo'lsin) 

muallaq turuvchi unsur bo'lmaydi. Anosiming katta-kichikligidan qat’iy 

nazar,  ulaming  har  biri  o'z  vazifasiga  ega  bo'ladi.  Biri  ikkinchisini 

to'ldiradi,  taqozo  etadi.  Ulaming  hammasi  yagona  maqsadni  ro'yobga 

chiqarish, muallif g'oyaviy niyati tantanasi yo'lida xizmat qiladi. Maromiga 

yetgan badiiy asami yaxlit tanaga qiyoslash joiz bo'lsa, murakkab jarayonda 

ishtirok etgan  barcha bo'laklar o'sha jismni shakllantiigan teng huquqli 

a’zolardir.  Ulardan  birida  nuqson  sezilsa,  dunyoga  keladigan  asaming 

to'laqonligiga  putur etishi tayin.

Taniqli adib va navoiyshunos olim  M.  Shayxzoda «Alisher Navoiy 

lirikasining ba’zi bir poetik usullari haqida»  (Asarlar.  6 tomlik. 4-tom, 

Toshkent:  G'.G'ulom  nomidagi  Adabiyot  va  san’at  nashriyoti,  1972, 

195-216-betlar.) nomli maqolasida shoir g'azaliyotiga xos yetakchi to'rt 

uslubiy jilo haqida fikr yuritadi.  Ulaming ikkitasi bevosita tadrij badiiy 

san’atiga  murojaat  etish  bilan  (yakpora  yoki  voqeaband,  musalsal) 

vujudga  keladi.  Alisher Navoiy she’riy  ijodiga  xos  bo'lgan g'azallarda 

baytlami  ma’nan,  fikran  va  shaklan  bog'lash  orqali  ma’lum  voqea 

yaratish yoki  mantiqiy izchillikka asoslangan fikrlarni vujudga keltirish 

bilan  ma’lum  xulosani  bayon  etish,  shuningdek,  baytlar  silsilasida 

obrazning  tadrijiy  etiluvi,  takomilini  ta’minlash  shular jumlasidandir. 

Tadrij  san’atiga  murojaat  etish  vositasida  g'azal  tuzilishi  jihatidan 

musaisallik yoki ma’lum voqea asosida vujudga kelishiga ko'ra voqeabandlik 

kasb  etadi.  Ma’lumki,  Sharq  g'azalchiligi  tarixida  bunday  g'azallar 

uchrab  tursa-da,  baytlararo  mantiqiy  bog'liqlik g'azalga  xos  yetakchi 

xususiyat  maqomini olgan  emas edi.  Mumtoz  adabiyotda  davom etib 

kelayotgan  an’anaga  ko'ra,  g'azallar  mohiyatan  ko'p  mavzuli 

(parokanda)  edi.  Mustaqil  baytlardan  tuzilgan  bunday  g'azallarda 

mavzular  mantiqan  bir-biri  bilan  izchil  bog'lanmagan  (ayni  ta’kid 

nisbiy mohiyat kasb etadi) baytlarda yoritilardi. Ularda yagona mantiqiy 

butunlikni  vazn,  qofiya,  radif  singari  badiiy  unsurlar  va  she’r 

qahramonining ichki dunyosi tasviri, shuningdek, muallifning hayotga, 

ishqqa, zamon va ahli zamonga munosabatini ta’minlab turadi. Alisher 

Navoiy  ijodida  tuzilishiga  (g'azal  misralarining joylashtirilishi)  ko'ra 

har  ikkala  yo'nalishga  oid  g'azallar  uchrasa-da,  ulaming  aksariyati 

mohiyatan  musaisallik  kasb  etadi.  Fikrimizni  quyidagi  g'azal  bilan 

asoslashga harakat qilamiz:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Yordin  ауги ko'ngul  mulkedurar sultonl yo'q,

Mulkkim 

sultoni yo‘q, jismedurarkim, joni yo‘q. 

Jlsmdin jonsiz ne  hosfl,  ey musulmonlarkiin,  ul 

Bir qora  tufrog'dekdurkim,  gul-u  rayhoni yo'q.

Bir qora  tufh)g‘kim,  yo‘qtur gul-u  rayfaon  anga,

Ul  qorong‘u  kechadekdurkim,  mahi  toboni yo‘q.

Ul  qorong‘u  kechakim yo‘qtur mahi  tobon  anga, 

Zulmatedurkim, 

a n in g  

sarchashmai  hayvoni  yo‘q. 

Zulmatekim,  chashmayi  hayvoni  oning  bo'lmag'ay 

Do'zaxedurkim,  yonida  ravzai  rizvoni  yo‘q.

Do‘zaxekim  ravzayi  rizvondin  o‘Ig‘ay  noumid,

Bir xumoredurki,  anda  mastlig‘  imkoni yo‘q.

Ey Navoiy,  bor anga mundoq uqubatlarki,  bor 

Hajrdin dardi-yu lekin vasldin dannoni yo‘q. (3, 252-253).

Awalo,  ta’kidlash  joizki,  mazkur  g'azalda  ko'zga  «yarq»  etib 

tashlanadigan  san’at  bargardonishdir.  Ya’ni  mazmunni  kuchaytirish, 

ta’kidlab ko'rsatishga xizmat qiluvchi «takrir», takror, qaytarishdir. Ayni 

g'azalda baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so'z yoxud kalimalar 

guruhi ikkinchi satr boshida kelib, aytilmoqchi bo'lgan g'oyaviy niyatni 

ta’kidlab  ko'rsatishga xizmat qiladi.  Masalan:  «Mulkkim sultoni yo'q, 

jismedururkim  joni  yo'q,  Bir  qaro  tufrog'dekdurkim...»  va  hokazo. 

Ikkinchidan, g'azal matlaida ifodalangan bo'liq ma’no-mazmun uning 

maqtaiga qadar tashbeh, talmeh,  tazod,  iyhom, tanosub kabi san’atlar 

vositasida tadrijiy rivojlantirish usulida yozilgan. Unda yor-ko'ngil, mulk— 

sulton, jism—

jon, tufrog' — gul-u rayhon, qorong'u kecha—oy, zulmat— 

obi  hayot  (tiriklik  suvi),  do'zax—ravzai  rizvon,  xumor  (ichkilik, 

majozan ishq)—mastlig'  (ilohiy fayzdan sarxushlik) kabi juftliklar o'zaro 

ziddiyatni  hosil  qilgan.  Awalo,  shuni  ta’kidlash  lozimki,  matlada 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling