B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Alisher  Navoiy  yaratgan  so'nggi  go'zal  asar  sanaladi.  Bulardan  tashqari


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71

Alisher  Navoiy  yaratgan  so'nggi  go'zal  asar  sanaladi.  Bulardan  tashqari, 

manbalarda  ulug'  adibning  o'q  otish  haqida  «Risolai  tir  andoxtan», 

lug'atshunoslikka bag'ishlangan  «Sab’atu-abhur»  («Y yetti  dengiz»)  nomli 

kitoblammg yozganligi haqida ham ma’lumot beriladi.

1500-yilning dekabr oyida Husayn Boyqaro yana bir o'g'li shahzoda 

Muhammad  Husayn bilan bo'lib o'tgan jangdan so'ng,  Astrobodda sulh 

tuzib poytaxtga qaytadi. Bu voqea Alisher Navoiy umrining so'nggi kunlariga 

to'g'ri  keladi.  G'iyosiddin  Xondamiming  «Makorim  ul-axloq»  asarida

www.ziyouz.com kutubxonasi



ma’lumot  berilishicha,  Alisher  Navoiy  1501-yilning  birinchi  yanvarida 

bomdod  namozini erta o‘qib,  poytaxtga yo‘1 olgan Xuroson hukmdorini 

kutib  olish  uchun  otga  minib  Shoh  Malik  raboti  tomon  yo‘1  oladi. 

Podshohning Alisher Navoiyga yaqin kelgan mulozimlari ulug‘ shoir bilan 

ko‘rishib, uni xursand qiladilar. Husayn Boyqaroning dabdabali va ko‘rkam 

mahofasi ko‘ringanda, ulug' shoiming boshi aylanib qoladi hamda ahvolidan 

Shahobiddin  Abdullani  voqif  qiladi.  Podshoh  bilan  ko‘rishish  payti 

yaqinlashgach,  Navoiy  otdan  tushganida,  to'satdan  xastalik  og'irlashib 

boradi va shoir vujudida majolsizlanish holati kuzatiladi. Shunda Mavlono 

Jaloliddin Qosim qo'ltiqlariga kiigancha, ulug‘ amir boshini baland darajali 

podshohning quchog‘iga qo‘yadi. Husayn Boyqaro do‘stining holidagi bu 

o‘zgarishlami ko'rib iztirobga tushadi.

Alisher Navoiy mana shu ahvolda tunda o‘z uyiga olib kelinadi. Ertasi 

kuni Xurosonning mashhur tabiblari to‘planib, ulug‘ shoir tomirlaridan 

qon olishga qaror qiladilar.  Biroq fursat boy berilgan, «sakta» o‘z ishini 

qilgan  (miyaga  qon  quyilgan)  ediki,  bemorni  tuzatishga  bo‘lgan 

urinishlar  samara  bermaydi.  Uch  kun  xushsiz  yotgan  Alisher Navoiy

1501-yilning  3-yanvarida, yakshanba kuni tongda vafot etadi.  Bundan 

xabardor bo'lgan  ahli  Hirot,  butun Xuroson-u  Movarounnahr buyuk 

shoir va davlat aibobining bu foniy dunyodan o'tishini g‘oyatda qayg‘u 

va iztirob bilan qarshi oladi va motam tutadi.

XX  asming  90-yillarida  Alisher  Navoiy  hayotining  oxirgi  kunlari 

haqida  maqola  e’lon  qilgan  O'zRFA  muhbir a’zosi  U.Karimov ulug* 

shoir o‘limini  Husayn  Boyqaro  Mirzo  saroyida unga qarshi harakatda 

bo'lgan  muxolifat  bilan  bog'laydi.  Ulug'  shoimi  o'limga  olib  kelgan 

kasallik  tafsilotlarini  bafuija  bayon  qilgan  G'iyosiddin  Xondamiming 

ta’biriga  ko'ra,  saktaning  (his  va  harakatning  to'xtab  qolishi) 

boshlanishidan  muayyan  muddat  o'tqazilib,  uning  tomiridan: qon 

olinadi  (O'sha  asar,  124-125-betlar).  Ammo  tabiblaming  bu  tadbiri 

befoyda ketadi. Prof.  U.Karimov ulug' shoir hayotiga qasdni ana o'sha 

nuqtada  ko'radi.  Ya’ni  sakta  boshlangan  vaqtda  tomirdan  qon  olish 

haqidagi  taklif o'rtaga  tashlanadi.  Biroq  saroy  tabibi  Sulton  Husayn 

Boyqarodan ruxsat olishni bahona qilib, bu ishni paysalga soladi. Ruhi 

munawarlari  shod bo'lgur U.Karimovning armonlari  shundaki,  taklif 

tushgan  paytda  muolaja  to'g'ri  amalga  oshirilsa,  ulug'  shoir  yana 

birmuncha muddat yashagan bo'lur edi.  Ehtimol, shundaydir, qolgani 

yolg'iz  qodir  Egamga  ayondir,  xolos.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Mavzuni  mustahkamlash  uchun  savollar

1.  Alisher  Navoiyning  hayoti  va  faolitini  o‘rganishda  qanday 

manbalaiga tayaniladi?  Ular haqida so‘zlang.

2.  Shoiming hayoti va faoliyatini o'rganish XX asrga qadar qanday 

ko'rinishlarda amalga oshirildi?  Ular xususida nimalami bilasiz?

3.  Ulug‘  shoir asarlarining  Ovrupoda o‘rganilishi va yo‘1 qo‘yilgan 

kamchiliklar haqida gapirib bering.

4.  Alisher Navoiy tavalludining  500  yilligi  munosabati  bilan  sobiq 

ittifoqda qanday ishlar amalga oshirildi?

5.  XX asming 50-60 yillarida ulug‘  shoir asarlarini ommalashtirish 

borasida kimlar faoliyat ko‘rsatdi va nimalarga erishildi?

6.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgunga  qadar 

navoiyshunoslik  taraqqiyotida  muhim  hissa  bo'lib  qo'shilgan  ilmiy 

asarlami  sanang.

7.  Istiqlol va navoiyshunoslik.  Bu borada qo‘lga  kiritilgan yutuqlar 

nimalardan  iborat?

8. Yosh Alisheming ma’naviy kamolotida kimlaming ta’siri sezilib turandi?

9.  Alisherlar  xonadonining  Iroqqa  ko‘chishining  sabablarini 

tushuntiring

10.  Abulqosim  Bobur  Mirzo  va  yosh  Alisheming  o ‘zaro 

munosabatlari haqida nimalami bilasiz?

11. Mavlono Lutfiyning yosh shoirga beigan yuksak bahosini so‘zlab 

bering.

12.Alisher  Navoiy  hayotining  Mashhad  davri  haqida  nimalami 

bilasiz?  Shoir  Mashhadda  kimlar bilan  tanishdi?

13.  Alisher  Navoiyning  Hirotdan  ketishini  Zahiiiddin  Bobuming 

«ixroj» deya atashiga nimalar sabab bo‘lgan deb o‘ylaysiz?

14.  «Masnaviy»  -  Alisher  Navoiyning  Sayyid  Hasan  Ardasherga 

yozgan she’riy maktubida shoir o‘zining yuksak badiiy salohiyati haqida 

iftixor bilan nimalami e’tirof etadi va Hirotni tark etishiga sabab bo'lgan 

omillar  sifatida  nimalar  qayd  etiladi?

15. Samarqandda shoirga kimlar homiylik qildi? Alisher Navoiy bu 

shaharda tahsil olish jarayonida kimlar bilan tanishdi?

16.  Alisher Navoiyning  Samarqanddan  Hirotga qaytishida qanday 

tarixiy voqea sabab bo‘ldi?

17.Xurosonda  barqaror  vaziyatni  vujudga  keltirish  uchun  Yodgor 

Muhammad Mirzoga qarshi kurashda Husayn Boyqaroga Alisher Navoiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



qanday  tadbirlari  bilan  ko'maklashadi?

18.  Nima sababdan Alisher Navoiy muhrdorlik lavozimida faoliyat 

ko‘rsatishni  istamaydi?  Shoirni  Husayn  Boyqaro  vazir  etib 

tayinlashining  sabablari  nimalardan  iborat?

19.  Alisher Navoiy vazir va jamoat  arbobi  sifatida  qanday  ishlami 

amalga oshirdi?

20. Alisher Navoiyning vazirlik lavozimidan iste’fo berishining sababi 

nimada?

21. Alisher Navoiy «Xamsa»sining yaratilishi tarixi haqida so'zlang. 

Abdurahmon  Jomiyning  bu  asaiga  bergan  yuksak  bahosi  va  Husayn 

Boyqaroning yurt shoiriga ko‘rsatgan ehtiromi haqida nimalami bilasiz?

22.  Husayn  Boyqaro  Alisher  Navoiyni  Astrobodga  hokim  qilib 

tayinlashda nimalami nazarda tutadi? Shoiming Hirotga qaytishida qanday 

voqea sabab bo‘ldi?

23. Husayn Boyqaro va shahzoda Badiuzzamon Mirzo orasida nifoq 

solishda  kimlaming qo‘li bor?  Mo‘min  Mirzoning  o‘limiga-chi?

24. Alisher Navoiy nima sababdan hajga borish haqidagi qaroridan 

voz  kechadi?

25.  Shoir umrining so'nggi yillarida  qaysi asarlarini yozdi?

26.  G‘iyosuddin  Xondamiming  «Makorim  ul-axloq» asarida ulug‘ 

shoiming  vafoti  bilan  bog‘liq  qanday  tafsilotlar  keltiriladi?

Mavzuga oid  tayanch  tushunchalar

Ulug‘  shoiming  o'z  asarlari.  Katta,  muosir,  tengdosh  va  kichik 

zamondoshlari asarlari. XVI—XIX asrlarda yaratilgan tazkira, tarixiy va 

badiiy-ilmiy asarlar. Xalq og'zaki badiiy ijodi. Navoiy ijodiga oid lug‘atlar 

tuzish. Tazidra, tarixiy hamda ilmiy-badiiy asarlarda adib shaxsi, faoliyati 

va ijodiga munosabat bildirish. She’rlariga javobiya va muxammaslar bitish. 

Dostonlarining  nasriy bayonini  yaratish  va  taijima  qilish.  «Badoe’ul- 

lug‘at».  «Lug'ati Navoiy». Aloyi binni Muhibiy «Al-lug'otun Navoiyat 

val istashhodatul-chig'atoiyat».  Miizo Madhiyxon «Mabon ul-lug'at». 

Fath  Alibek  Kojariy  «Lug'ati  atrokiya».  Muhammad  Xoksor 

«Muntahabul  lug‘at».  Shayx  Sulaymon  Afandiy  Buxoriy  «Lug'oti 

chig'atoiya  va  turki  usmoniy».  «Tarixi  Fanoiy».  Sitsivishivili 

«Baromguriani».  Xristafor  «Sarandib  shohi  uch  yosh  o'g'lonining 

ziyorati». Fransuz sharqshunosi Katrmer. M.Nikitskiy. Fitrat. «Farhodu 

Shirin»  dostoni  to'g'risida».  G'iyosiddin  Muhammad.  Mir  Sayyid

www.ziyouz.com kutubxonasi



Kobuliy.  Muhammad Ali  G‘aribiy.  Husayn  Boyqaro.  Sharafiddin Ali 

Yazdiy. Abuqosim Bobur Mirzo. Mavlono Lutfiy. Sayyid Hasan Ardasher. 

Abdurahmon Jomiy.  Pahlavon  Muhammad.  Kamol Turbatiy.  Ahmad 

Hojibek.  Xoja  Fazlulloh  Abullaysiy.  Yodgor  Muhammad  Mirzo. 

Badiuzzuamon Mirzo. Kepak Mirzo. Abulmuhsin Mirzo. Amir Shayxim 

Suhayliy. Mirxond. «Ravzat ul-safo.» Atoulloh Husayniy. Husayn Voiz 

Koshifiy.  Nizomumulk.  Majididdin Muhammad.  Ilk dewon.  «Badoe’ 

ul-bidoya». «Navodir un-nihoya». «Vaqfiya». «Xamsa». Nizomiy Ganjaviy. 

Xusrav  Dehlaviy  «Muqarrabi  hazrati  sultoniy».  Mo'min  Mirzo. 

Xadichabegim. «Tarixi muluki Ajam». «Tarixi anbiyo va hukamo». «Holoti 

Sayyid Hasan Ardasher». «Holoti Pahlavon Muhammad». «Xamsat ul- 

mutahayyirin». «Risolai muammo». «Majolis un-nafois». «Munshaot». 

«Mezon ul-avzon».  «Nasoyim ul-muhabbat».  «  Xazoyin  ul-maoniy». 

«Lison  ut-tayr».  «Muhokamat  ul-lug‘atayn».  «Mahbub  ul-qulub». 

«Nazmul  javohir».  «Arbain».  «Panoh».  Muzaffar  Mirzo.  «Mubtalo 

bo'ldum sango». Qo'ldosh Mirzo. «Masnaviy»

Adabiyotlar

1. Abdullaeev.V. Navoiy Samarqadda. Toshkengt-1968.

2. Boyqaro Husayn. Risola. Toshkent: «Sharq»-1991.

3. Vahxo'jayev B.  Mumtoz siymolar. 2-jild, Toshkent-2002.180-bet.

4. Vohidov R. Alisher Navoiyning ijod maktabi.  Buxoro-1994.

5.  Davlatshoh  Samarqandiy.  Shoirlar bo'stoni.  Toshkent,  1981.

6.  Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. Toshkent,  1969.

7.  Mallayev  N.  O'zbek  adabiyoti  tarixi.  Toshkent,  1976,  349-380 

betlar.

8.  Navoiy zamondoshlari xotirasida.  Toshkent,  1985.

9. O'zbek adabiyoti tarixi.  5 jildlik, 2-jild. Toshkent,  1978.

10. Xondamir G'iyosiddin.  Makarim ul-axloq. Toshkent,  1967.

11.  Qayumov A.  Alisher Navoiy.  Toshkent:  «Kamalak»,  1991.

12.  Hayitmetov  A.  Temuriylar  davri  o'zbek  adabiyoti.  Toshket: 

«Fan»,  1996; Yana: Alisher Navoiy ijodini o'iganishning  metadologik 

asoslari haqida. «O'zbek tili va adabiyoti», 2001,2-son. 3-9-betlar. Yana: 

Mumtoz adabiyot tarixi bo'limi. «O'zbek tili va adabiyoti». 2004, 2-son, 

3-9-betlar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



VIII-BOB 

ALISHER  NAVOIY  SHE’RIYATI

Alisher  Navoiy  she’riyati  — o‘zbek  mumtoz  adabiyoti  xazinasiga 

qo‘shilgan  qiyossiz  noyob  durdonadir.  Bu  buyuk  tafakkur  sohibining 

badiiy  yaratmalarisiz,  nafaqat,  turkiy,  balki  boshqa  qardosh  xalqlar 

adabiyoti ravnaqini tasawur etish qiyin. Zero, ulug‘ shoir she’riy merosida 

o'ziga  qadar  yaratilgan  Sharq  mumtoz  adabiyoti  an’analarini  davom 

ettiribgina  qolmay,  yangi  badiiy  timsollarga  murojaat  etish  orqali 

mutafakkirona qarashlarini  ifodalash bilan ulaming mavzular ko‘lamini 

boyitdi, inson ruhiyatining murakkab qirralarini san’atkorona tasvirlashga 

erishdi.  Bu,  albatta,  o‘z  navbatida  shoiming  she’riy  merosi  o‘zbek  va 

boshqa xalqlar qalamkashlari uchun ijod maktabi, ilhom manbai vazifasini 

o‘tadi, deyishimizga asos bo‘ladi. Alisher Navoiy ayni choqda zullisonayn 

shoir sifatida  fors-tojik adabiyoti  ravnaqiga ham  sezilarli  hissa  qo‘shdi. 

Shoir  zamondoshlari  uning  har  ikkala  tilda  ham  birday  ijod  qilish 

imkoniyatiga ega ekanligini e’tirof qilib, ta’bi ko‘proq turkiyga moyilligini 

ta’kidlashgan. Jumladan, Abdurahmon Jomiy «Bahoriston» asarida yozadi: 

«Ba on zabon besh az vay va beh az vay kase she’r naguftaast va gavhari 

nazm nasufta» («U tilda, ya’ni turkiyda hech kim undan ko‘p va undan 

yaxshi  she’r  ayta  olmagan  va  nazm  durdonalarini  socha  olmagan» 

(Abdurahmon Jomiy.  Bahoriston.  «Irfon»,  Dushanbe-1966,110-bet).

Alisher Navoiyning hikmatga boy she’riy merosi ko‘lamining kengligi 

bilan ham ahamiyatlidir.  Uning asosini 45000 misraga yaqin o'zbekcha 

she’rlarini o‘z ichiga olgan «Xazoyin ul-maoniy» yig‘ma devonlar va 12000 

misradan  ziyod  fors-tojik  tilidagi  she’rlaridan  tarkib  topgan  «Devoni 

Foniy»,  shuningdek,  forsiyda bitilgan 6 falsafiy qasidadan iborat «Sittai 

zaruriya» («Olti zarurat») hamda yil fasllari tasviriga bag'ishlangan «Fusuli 

arbaa»  («To'rt  fasl»)  qasidalari  tashkil  etadi.  Bulardan  tashqari,  shoir 

she’riy merosiga Muhammad alayhis-salom bilan bog'liq qirq hadisning 

tarjima-sharhi asosida vujudga  kelgan  «Aibain»,  hazrati Alining  «Nasr 

ul-laoniy»asarining  she’riy  taijima-sharhi  hisoblangan  266  ruboiydan 

tarkib  topuvchi  «Nazm  ul-javohii>,  islom  dini  qonun-qoidalari  sharhi 

talqiniga  doir  «Siroj  ul-muslimin»  singari  asarlari  hamda  «Xamsatul- 

mutahayyirin»,  «Holoti Pahlavon Muhammad»,  «Holoti Sayyid Hasan 

Ardasher»,  «Muhokamat  ul-lug‘atayn»,  «Mezon  ul-avzon»,  «Mahbub 

ul-qulub», «Munshaot»,  «Vaqfiya», «Tarixi aribiyo va hukamo»,  «Tarixi 

muluki  Ajam»  kabi  nasriy  asarlari  tarkibidagi  masnaviy,  ruboiy,  qit’a, 

fard janrlarida bitilgan badiiyat namunalari ham mansubdir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



8.1.  Alisher Navoiy  devonian,  ularning  tartib  berilishi  tarixi, janriy

tarkibi va mavzulari

Alisher  Navoiy  badiiy  ijod  bilan  bolalik  yillaridanoq  shug‘allana 

boshladi. Oila muhiti, Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur Mirzoning 

yosh  shoiiga  bo'lgan  munosabati  uning  ijodiy  salohiyatini  tez  orada 

ravnaq topishiga va ilmda e’tirof etilganidek,  10-11 yoshlarida Mavlono 

Lutfiydek yirik  so'z  san’atkorining  nazariga  tushib,  keksa  ijodkoming 

yuksak bahosi bilan ulug'lanishiga imkon yaratdi. Alisher Navoiy 23-24 

yoshlarida  shoir  sifatida  el  orasida  tanilgani,  uning  she’rlari 

Movarounnahr-u  Xuroson  sarhadlaridan  o'tib  shuhrat  qozonganiga 

qaramay, asarlarini jamlab devon tartib berishga shoshilmadi. Ehtimol, 

shoir bu davrda Mashhaddan Hirotga qaytganida, hayotidagi eng og'ir 

yo'qotishlar tufayli bu  ishga jiddiy e’tibor qilmagan bo'lishi  mumkin. 

Zero, uning sal keyinroq Samarqanddan ustozi Sayyid Hasan Ardasheiga 

maktub  tarzida  yozgan  «Masnaviy»sidagi  o'z  ijodidan  ko'ngli  to'lib 

yozgan  faxriya  — baytlari  shoiming  xalq  orasida  sohib  devon  tarzida 

tanilishi uchun  imkoniyat allaqachon vujudga kelganligini tasdiqlaydi.

Alisher Navoiy ijodi muxlislari bu noyob iste’dod sohibining badiiy 

yaratmalarini o'z vaqtida qadrladilar. Ulug' shoiming sohib devon ijodkor 

sifatida  tanilishida  she’riyati  muhiblarining  hissasi  beqiyos  kattadir. 

Ulaming  sa’y-harakati  bilan  hijriy  870,  milodiy  1465-1466-yillarda 

shoiming  ilk  norasmiy  devoni  vujudga  keldi.  Bu  devon  taniqli  xattot 

Sulton Ali Mashhadiy tomonidan nasta’liq xati bilan ko'chirilgan bo'lib, 

noma’lum musawir tomonidan naqshlar bilan bezatilgan edi. Devonga 

maxsus  nom  berilmaganligi  boisidan  faksimil  (foto)  nusxasini  1968- 

yilda  birinchi  marta  nashrga  tayyorlagan  va  chop  ettirgan  taniqli 

adabiyotshunos  Hamid  Sulaymon  uni  «Ilk  devon»  deb  atadi.  «Ilk 

devon»dan  391  g'azal,  1  mustazod,  1 muxammas  va  41  ruboiy  o'rin 

olgan  bo'lib,  ulaming  barchasi  434  ta  she’mi  tashkil  etadi.  Mazkur 

asar Alisher Navoiy  ijodining  dastlabki  bosqichlarini  o'iganish  uchun 

ishonchli manba sifatida ahamiyatlidir.

Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallagandan 

so'ng,  uning  taklifi  bilan  o'zining  birinchi  rasmiy  devoni  «Badoe’  ul- 

bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tartib berdi. Mazkur devon XV asr adabiy 

hayotida juda katta voqea bo'ldi. Shoiming bu devoni o'zigacha yashagan 

ijodkorlar va zamondoshlari devonlaridan ancha farq qilar edi. Awalo, 

devon tartib berish uchun debochaga o'rin berish zarurligi ijodiy tajriba

www.ziyouz.com kutubxonasi



tarzida  «Badoe’  ul-bidoya»dan  (Bizning bu  ta’kidimiz  o'zbek  mumtoz 

devonchiligiga daxldor) boshlandi. Shuningdek, shoir Sharq devonchiligi 

qator  tamoyillarini  isloh  qilib,  uning  mukammallik  kasb  etishi  uchun 

e’tibor  qilinishi  zarur  bo'lgan jihatlarini  amaliyotda  ko'rsatdi.  Alisher 

Navoiy ushbu devonda debochadan so'ng dastlab g‘azallarini, keyin esa 

boshqa janrdagi asarlarining radifi yoxud qofiyasidagi oxiigi harfiga tayanib, 

qat’iy  tartibda,  arab  alifbosi  sirasida  o'rin  berishga  e’tibomi  qaratdi. 

Shuningdek,  she’rlarining  mavzulari,  g'oyaviy  yo'nalishi  ham  diqqat 

markazida turdi. Alisher Navoiy har bir harf sirasida kelgan g'azallaming 

dastlabkilari  Alloh  hamdi  va  Muhammad  alayhis-salom  na’tiga 

bag'ishlanishi, shundan so'nggina boshqa mavzudagi g'azallar tartib bilan 

joylashtirilishi lozimligini mazkur devon debochasida alohida ta’kidladi. 

Eslatilgan  muqaddimada ulug'  shoir  matlada aytilgan fikmi g'azalning 

maqtaiga  qadar  tadrijiy  rivojlantirib  borish  hamda  oshiqona  she’rlar 

tarkibida  mav’iza,  pand,  hikmatlarga  doir  baytlar  kiritilishi  shartligini 

ta’kidladi.  O'zi  zikri  o'tgan  tartiblami  barcha  devonlarida  amaliyotda 

ko'rsatishga  muyassar bo'ldi.

«Badoyi’  ul-bidoya»dan  she’riyatning  o'n  bir janriga  doir  asarlar 

o'rin olgan bo'lib,  ulaming  miqdori  va tartibi quyidagichadir:

1. G'azal -  777 

7. Ruboiy - 85

2. Mustazod — 3 

8. Lug'z -  10

3. Muxammas — 5 

9. Muammo - 52

4. Musaddas — 2 

10. Tuyuq -10

5. Taije’band -  3 

11. Fard - 53

6. Qit’a -4 6

Mazkur devondagi she’rlaming umumiy miqdori  1046 tani tashkil 

etadi.  «Badoyi’  ul-bidoya»da  «Ilk  devon»dagi  bir  qism  she’rlar  ham 

kiritilgandir.  Keyinchalik  bu  asarlar  «Xazoyin  ul-maoniy»  yig'ma 

devonlari  tarkibidan  o'rin  olgan.

Alisher  Navoiy  1483-yilda  ikkinchi  rasmiy  devoni  «Navodir  un- 

nihoya»  («Behad  nodirliklar»)ni tuzdi.  Devonning Abdujamil kotib va 

Sulton Ali  Mashhadiy tomonidan ko'chirilgan  nisbatan to'liq nusxasi 

bizgacha yetib kelgan. XX asrning 70-yillari oxirida Alisher Navoiyning 

dastxati topilganligi haqidagi xabar ilm ahlini qiziqtirib qoldi. Bu haqda 

akademik  B.Valixo'jayev  Eron  saltanati  kutubxonasida  saqlanayotgan 

qo'lyozmalar  ko'rsatkichidagi  qaydlarga  tayanib  birinchilardan  bo'lib 

ilm  ahliga  ma’lumot  berdi.  Keyinchalik  akademiklar  V.Abdullayev, 

B.Valixo'jayev,  prof.  A.Hayitmetov va  S.G'aniyevalaming  maqolalari

www.ziyouz.com kutubxonasi



e’lon  qilindi.  Masala  bilan  izchil  shug'ullangan  adabiyotshunos

S.G'aniyeva shov-shuvlvrga sabab bo'lgan qo'lyozma  izidan tushdi va 

Eron  Islom  Respublikasidan  uning  surat-nusxasini  olishga  muyassar 

bo'ldi.  Izlanishlardan  ma’lum  bo'ldiki,  mazkur  kitob  ulug'  shoir 

«Navodir  un-nihoya»  devonining  notugal  nusxasi  bo'lib,  uning 

muqovasida  Alisher  Navoiyning  bir  qatorlik  qo'lyozmasi  hamda 

muhrining  aksi  bor  ekan.  Bundan  qat’iy  nazar,  surat-nusxa  «Navoiy 

dastxati»  (Toshkent:  «Fan»,  1991)  nomi  bilan  o'quvchilarga  taqdim 

etildi.  Olima  mazkur  kitobga  yozgan  so'z  boshida,  jumladan, 

quyidagilami  qayd  etadi:

Ziyo  ul-haq va-d-dunyo  va-d-din 

Berib  ikkinchi  devonimga  tazyin.

Savod  uzra savod  ar qildim  mas tur,

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling