B u X o r o o z I q o V q a t V a y e n g I l s a n o a t t e X n o L o g I y a s I i n s t I t u t I r. A. X a I t o V, V. E. R a d j a b o V a


 -§ .  SU L IN I  Q O BIG'IDAN  AJRATISH  M ASH INASI


Download 37.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana12.02.2017
Hajmi37.86 Kb.
#220
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28

5 -§ .  SU L IN I  Q O BIG'IDAN  AJRATISH  M ASH INASI
Al-DSHS-1  mashinasi (16.7-rasm) omuxta yem va yorma zavodlarida 
sulini qobig'idan ajratish uchun mo'ljallangan. Mashina quyidagi konstruksiya 
bo'yicha  tuzilgan.  Ichi  bo'sh  vertikal  vaiga  vtulkalar  yordamida  uchta 
parrakli g'ildirak (10)  mahkamlangan. Val (4)  atrofida parrakli g'ildiraklar 
orasiga ssilindrsimon teshikli gardishlar (9,  11) o'matilgan. Parrakli g'ildirak 
disk  va  unga  montaj  qilingan  parraklardan  tashkil  topgan.  Parraklaming 
uchi  vertikal  tekislikka  nisbatan  15...300  burchak  ostida  qayrilgan.
G'alvirli  ssilindr  (5,  8)  ikki  qismdan  tashkil  topgan  bo'lib,  ularning 
ichiga  teshikli  vertikal  devorli  uchta  konus  voronka  (16)  va  parrakli 
g'ildiraklar  qarshisiga joylashtirilgan  uchta  halqasimon  gardishlar  (9,  11) 
mahkamlangan.  Mashinani  harakatga  keltiruvchi  mexanizm  quyma  sinch 
(stanina)  (2)  ustiga  vertikal  ravishda  o'm atilgan  elektrodvigatel  (3), 
ponasimon  tasmali  uzatma  va  ikkita  shkivlar  (1,  22)  dan  tashkil  topgan.
Vertikal  ichi bo'sh  val  podshipnikli bo'g'inlar  (14,  21)  ga  o'matilgan. 
Yuqori podshipnikli bo'g'in  (14)  кофш  qopqog'iga o'matilgan bo'lsa,  quyi 
podshipnikli bo'g'in (21)  esa кофш  pastida joylashgan stakanga o'matilgan.
Vertikal  valning  pastki  qismiga  sapfa  zichlab  biriktirilgan.  Valning 
quvurdan iborat qismiga  150 mm interval bilan uchta parrakli g'ildirak (10) 
va  konusli  qaytargich,  ularning  orasiga  esa  g'alvirli  gardishlar  (9,  11) 
mahkamlangan.  Valning  g'alvirli  gardishlar  o'matilgan  quvurli  qismida 
o'lchami 22 mm li sakkiztadan teshiklar teshilgan bo'lib ular vertikal valning 
ichi bo'sh qismidan mashinaning ishchi zonasiga havo o'tishini ta’minlaydi.
Begona  aralashm alardan  tozalangan  don  o 'zi  oqizar  quvurdan 
ta’minlash  qisqa  quvuri  orqali  yuqorigi  konussimon  voronka va  qaytargich 
orasidan  birinchi  bosqich  parrakli  g'ildiraklarga  kelib  tushadi.  Markazdan 
qochma  va  inersiya  koriolis  kuchlarining  umumiy  ta’siri,  shuningdek

1 6 .7 -ra sm .  A l - D S H S  s u lin i  q o b ig 'id a n   a jra tish   m a sh in a si.
1,  22
 - 
shkivlar;  2  -  stanina;  3  -  elektrodvigatel;  4
 - 
val;  5,  8
 - 
g'alvirli ssilindrlar; 
7 - 
ishchi kamerasi korpusi;  9,  11  - gardishlar;  10 - parrakli g'ildirak;  12  -  bug'iz; 
13  -  qaytargich;  14  - yuqori podshipnikli  bo'g'in;  15  -  qabul qisqa  quvuri;  16 - 
konus;  17,  18  -  vertikal kuchni gorizontal yo'nalishda  tarqatuvchi  bosim  sterjeni;
19  -  korpus;  20 -  chiqarish  moslamasi;  21  — quyi podshipnikli  bo'g'in. 
aerodinamik  hamda  mahsulotning  g'ildirak  va  gardishga  urilishidan  hosil 
bo'lgan  zarb  kuchlari  ta’siri  natijasida  don  qobig'idan  ajraladi.
Qobig'i  ajralgan  mahsulot  birinchi  bosqichdan  keyin  konussimon

voronka  bo'yicha  ikkinchi  parrakli  g'ildirakka  yo'naltiriladi  va  jarayon 
takrorlanadi.  Mahsulotni  to'liq  qobig'idan  ajratish  maqsadida  u  uchinchi 
bosqich parrakli g'ildirakka yuboriladi.
Chang, kukun va qisman po'stloq ichi bo'sh val, uchta parrakli g'ildirak, 
g'alvirli ssilindr va halqasimon kamera (mashinaning aspiratsiya tizimi) orqali 
o'tadigan havo yordamida mashinadan chiqariladi.  Qobig'i ajralgan mahsulot 
chiqarish moslamasi (20) orqali chiqariladi. Albatta mahsulot tarkibida dondan 
ajralgan  po'stloqlar  ham  ma’lum  miqdomi  tashkil  qilib,  ular  mahsulot 
tarkibidan  aspiratorda  ishlov  berilgandan  keyingina  to'liq  ajratib  olinadilar.
Al-DSHS  mashinasining  texnikaviy  tavsifi 
Suli namligi  15,5  %  dan oshmagan
holat  uchun  unumdorlik,  t/s.....................................................................5
Qobiq ajratishning  texnologik  ko'isatkichlari: 
mashinani  omuxta  yem  zavodida  ishlatganda:
qobiq ajratish  koeffitsienti,  %................................................................... 80
asosiy  mahsulot  chiqimi,  %..................................................................... 55
asosiy mahsulotdagi ho'l kletchatka miqdori, %.........................................5,3
mashinani  yorma  zavodida  ishlatganda:
qobiq  ajratish  koeffitsienti,  %..................................................................85
asosiy  mahsulot  chiqimi,  %.....................................................................55
asosiy  mahsulotdagi  ho'l  kletchatka  miqdori,  %..................................... 3,5
Rotorning  aylanish  chastotasi,  ayl/min............................................... 1900
Rotorning  diametri,  mm....................................................................... 410
Rotor va  deka  orasidagi  oraliq,  mm
(ko'pi  bilan)  ........................................................................................... 20
Qobiq  ajratish  bosqichlari  soni...................................................................3
Elektrodvigatel  quwati,  kVt.....................................................................15
Gabarit  o'lchamlari,  mm:
bo'yi......................................................................................................1900
eni.........................................................................................................  935
balandligi...............................................................................................1965
Massasi,  kg........................................................................................... 1200
TAKRORLASH  UCHUN  SAVOLLAR
1.  Donni  qobig'idan  ajratish  mashinalarining  vazifalari  va  ishlatilish 
o'miga  izoh  bering.
2.  Valli-dekali  dastgohlarda  ish jarayoni qanday sozlanadi?
3.  A l-ZR D   va  2DSHS-3  mashinalari  qanday  tuzilishga  ega  va  ular 
ishlov  berilayotgan  donga  qanday  ta’sir  ko'rsatadi?
4. SVU-2 valli-dekali dastgohining ta’minlash moslamasi nima vazifani bajaradi?
5.  A l-ZSH N   mashinasida  don  va  yormaga  samarali  ishlov  berish 
holati  nima  bilan  izohlanadi?

Q OBIG 'I  AJRALGAN  D O N   MAHSULOTLARINI  SARALASH 
MASHINALARI  (YORMA AJRATGICH  VA 
YORMA  SARALAGICHLAR)
1-§.  VAZIFALARI  VA  ISHLATILISH  O'RNI
Po‘stloqli  donlam i  qayta  ishlab  yorma  olish  jarayonining  turli 
bosqichlarida  qobiq  ajratish  mashinalaridan  o‘tgan  mahsulotlar  asosan 
ikki fraksiyaga bo'linadilar: ulardan biri qobig'i ajratilgan donlar (yormalar) 
bo'lsa,  ikkinchisi qobig'i ajralmasdan qolgan (archilmagan) donlardir.  Shu 
bilan  birga  bu  jarayonda  maydalangan  donlar  va  qo'shimcha  mahsulot 
sifatida  kukun  hamda  po'stloqning  chiqishi  ham  e’tibordan  holi  emas. 
Bunday  aralashmani  yakka  tarkibli  guruhlarga  ajratish  uchun  ulami  turli 
xususiyatlari  (ishqalanish  koeffitsienti,  zichligi,  shakli,  o'lchamlari  va 
elastikligi)  bo'yicha  saralash  tavsiya  qilinadi.  Saralash  ishlari  m a’lum  bir 
ketma-ketlikda elash mashinalarida (kukun va maydalangan mag'iz qismlari 
ajratiladi),  havoli  ajratgichlarda  (po'stloq  ajratiladi)  va  yorma  saralash 
mashinalarida (qobig'i archilgan va qobig'i archilmagan donlar saralanadi) 
olib boriladi.  Bu bobda ko'zlangan asosiy maqsad qobig'i archilgan  donlar 
(yormalar)ni  qobig'i  archilmagan  donlardan  ajratish  mashinalari,  ya’ni 
yormasaralagichlarning  tuzilishi,  ishlash  prinsipi,  ishchi  organlarining 
funksiyalari,  samaradorligi va texnikaviy  tavsifini yoritib berishdan  iborat.
2 -§ .  A l-B K G -1   YORMA  SARALAGICHI
Al-BKG-1  yorma  saralagichi  donlami  yirikligi  va  qobig'i  ajralgan 
mahsulotlar  bo'yicha  saralash  hamda  tariq  va  suli  yormasini  nazorat  qilish 
uchun  ishlatiladi.  Mashinaning  asosiy  ishchi  oigani  bo'lib  karkas  (14)  ga 
osgichlar vositasida  osilgan  ikkita  g'alvirli  ko'zov  (1,  2)  xizmat  qiladi  (17.1- 
rasm).  Har  qaysi  ko'zov  bo'ylama  to'sgich  yordamida  teng  ikkita  qismga 
bo'linib, ularda bitta tekislikda uchta g'alvirli rom (6) joylashtirilgan. G'alvirli 
romlaming  ostiga  esa  metall tagliklar o'matilgan.  G'alvirli  ko'zovlar qiyalab 
o'matilgan.  Yuqorigi ko'zovning qiyalik burchagi  5°,  pastki ko'zovniki esa 4° 
ni tashkil qiladi. G'alvirli ko'zovlar ilgarilanma-qaytma harakatni elektrodvigatel 
(1 l)dan, ekssentrik mexanizm (18) va ponasimon tasmali uzatmalar vositasida 
oladi.  G'alvirlar cho'tkali tozalash  mexanizmlari bilan tozalanadi.
Qobig'i  archilgan  mahsulotlarni  saralash  jarayoni  quyidagi  tartibda 
amalga  oshiriladi.  Yorma saralagich  ishga tushirilgandan so'ng o'zi oqizar

quvurdagi to'sgich ochilib mahsulot qabul qisqa quvuri orqali ta’minlagich
(3)  ga  tushadi  va  yuk  klapani  (5)  vositasida  butun  g'alvir  eni  bo'ylab 
yupqa  qavat  hosil  qilib bir tekisda tarqaladi.  Mahsulotning g'alvir bo'ylab 
sirpanib tushishi undan ajralmagan holda yuzaga keladi. Bu narsaga osgichlar 
(8)  ning  rezbasiga  figurali  gaykani  aylantirib  ularning  qiyaligini  sozlash 
orqali  erishiladi.
1 7 .1 -r a s m .  A l - B K G - 1   y o r m a   sa ra la g ich i.
1 , 2 -   g'alvirli ko'zovlar;  3  -  ta ’minlagich;  4
 — 
aspiratsiya  qisqa  quvuri;  5  -  yuk 
klapani;  6 - g'alvir;
  7 - 
rolik;  8  -  osgich;  9
 - 
lentali mexanizm yuritm asi;  10  - 
g'alvirli ko'zovlam ingyuritm asi;  11  -  elektrodvigatel;  12,  13  -  qisqa  quvurlar;  14
-  karkas;  15  -  korpusning yuqorigi qoplamasi;  16  -  korpusning yon  devori;  17 - 
rama;  18  -  ekssentrik mexanizm;  19  -  val.  I   - yorma;  II -  un;  III - 
ifloslantiruvchi  aralashma.
Yorma  saralagichda  mahsulot  ikkita  sxema  bo'yicha  saralanadi.  Bitta 
sxema  bo'yicha  yuqorigi  ko'zovning  g'alvir  qoldig'i  -  ifloslantiruvchi 
aralashma  mashinadan  chiqarilsa,  elanma  esa  pastki  ko'zov  g'alviriga 
tushadi,  g'alviming  qoldig'i  -  yorma  qisqa  quvur  (13)  va  elanma  -  kukun 
taglik va  qisqa  quvur  (12)  orqali  mashinadan  chiqariladi.  Qobig'i archilgan

donni  qobig'i  archilmagan  dondan  ajratish  uchun  mahsulotni  saralash 
sxemasiga asosan uni yuqorigi va pastki g'alvirli ko'zovlarda ketma-ket elash 
jarayoni  ko'zda  tutiladi,  bunda  yuqorigi  ko'zov  g'alvirining  qoldig'i  pastki 
g'alviiga  tushib,  undan  qobig'i  archilmagan  donlar  chiqarilsa,  g'alviming 
elanmasi sifatida esa qobig'idan archilgan don mahsulotlari (yorma) olinadi.
Mashinaning  normal  ishlashini  ta’minlash  uchun  optimal yuklamani 
saqlab  turish,  mahsulotni  saralash,  samarasini  nazorat  qilish  va  g'alvir 
teshiklarini  tiqilib  qolgan  mahsulotlardan  tozalab  turish  zarur.
Al-BKG-1  yorma  saralagichining  texnikaviy  tavsifi.
Unumdorligi,  t/soat:
dastlabki  nazorat  qilish jarayonida:
tariq  yormasi  uchun.................................................................................. 5
suli  yormasi  uchun..................................................................................2,2
oxirgi  nazorat  qilish jarayonida:
tariq  yormasi  uchun................................................................................ 2,5
suli  yormasi  uchun................................................................................. 1,5
G'alvirlaming  elash  yuzasi,  m2............................................................... 3,2
Ko'zovning  tebranish  chastotasi,  tebr/min.............................................. 390
Ko'zovning  tebranish  amplitudasi,  mm......................................................8
Cho'tkali  mexanizm  uzatmasi......................................... krivoship  shatunli
Cho'tkali  rama  yo'li,  mm  .................................................................... 280
Aspiratsiya uchun havo sarfi, m3/soat....................................................... 734
Massasi,  kg............................................................................................ 750
3 -§ .  A l-B K O -2  R U SU M LI  YORMA  SARALASH  M A SH INASI
Al-BKO-2 yorma saralash mashinasi qobig'i archilgan sholi yormasini 
qobig'i archilmagan  donlardan ajratish uchun xizmat  qiladi.  Mashinaning 
ishchi organlari bo'lib uchta yarusga joylashtirilgan va qo'zg'aluvchan rama
(8)ga  qotirilgan  saralash  stollari  (6)  xizmat  qiladi  (17.2-rasm).  Stollar 
bo'ylama  yo'nalishda  3°30'  burchak  ostidagi  qiyalikda joylashgan  bo'lsa, 
ko'ndalang  yo'nalishda  esa  qiyalik  burchagini  8° dan  24°  gacha  bo'lgan 
oraliqda sozlash mumkin. Saralash stollarining tubi shtamplangan katakchali 
po'lat  varaklardan  yasalgan.
Rama  (8)  po'lat  tunukalardan yasalgan  ikkita  yon  devomi  namoyon 
qiladi. Ramaning yon devorlari saralash stoliga mahsulot tushish tomonidan 
quvurdan  yasalgan  tortkilaiga  mahkamlangan.  Tebranuvchan  rama  bir

1 7 .2 -r a s m .  A l - B K O - 2  y o r m a   sa ra la sh   m a sh in a si.
a  -  oldindan  ко ‘rinish; 

- yondan  ко ‘rinish;  1  -  elektrodvigatel;  2,  3 -  tarnovlar; 
4
 - 
kanal;  5 -  ta ’minlagich;  6 - saralash stoli;
  7 - 
qisqa  quvur;  8 - 
harakatlanuvchi rama;  9 - pishang;  10 -  val;  11  - shturval;  12 -  reduktor.
tom ondan  stollar  qiyaligini  sozlash  mexanizmining  pishanglar  o ‘qiga 
tayansa,  boshqa  tomondan  esa  harakat  uzatmasi  bilan  bog'liq  bo'lgan 
burchakli tayanch o'qiga bog'langan. Stollaming qiyalik burchagi chervyakli 
reduktoming shturvali (1 l)ni burab sozlanadi.  Saralash stollariga uzatilma- 
qaytma harakat ekssentrik mexanizmlar vositasida beriladi. Mexanizmlaming 
vali (10) harakatni elektrodvigatel (l)dan ponasimon tasmali uzatma orqali 
olib aylanadi. Elektrodvigatel (1,1  kVt)ning valiga uning aylanish chastotasini 
170dan  200  ayl/min  gacha  ravonlik  bilan  o'zgartirishga  imkon  beruvchi 
ikki tomonga suriladigan shkiv o'matilgan (tebranish amplitudasi 29 mm). 
Yorma  saralash  mashinalarida  texnologik  jarayon  quyidagicha  kechadi. 
Qobig'i archilgan va qobig'i archilmagan donlar aralashmasi oyoqchalaiga

qotirilgan asosga o'matilgan aspiratsiya kamerasiga kelib tushadi. Kameraning 
korpusida bir nechta qiya yuzalar mavjud. Don ana shu qiya yuzalaf bo'ylab 
harakatlanayotib  havo  oqimi  ta’sixiga  duch  keladi  va  undagi  chang,  gul 
qobiq  hamda  boshqa  qismlardan  iborat  yengil  aralashmalar  havo  bilan 
olib ketiladi. Stollaming ilgarilanma-qaytma harakati natijasida mahsulotning 
o'z-o'zidan saralanish jarayoni yuzaga keladi.  Katta zichlikka ega bo'lgan 
qobig'i  archilgan  donlar  stollaming  katakchalari  yuzasiga  bevosita  tegib 
turgan mahsulot qatlamini hosil qilsa, nisbatan kichik zichlikka ega bo'lgan 
qobig'i  archilmagan  donlar  esa  yuqori  qatlamga  chiqib  qoladi.
Katta  ishqalanish  koeffitsientiga  ega  bo'lgan  qobig'i  archilgan  donlar 
tublik  bo'ylab  kanal  (4)  tomoniga  harakatlanib  mashinadan  chiqariladi. 
Kichikroq ishqalanish  koeffitsientiga  ega bo'lgan  qobiqli donlar esa qobig'i 
archilgan don qatlami ustidan siipanib ko'ndalang yo'nalish bo'yicha stolning 
past  tomoniga  qarab  harakatlanadi  va  tub  qirrasi  hamda  bort  orasidagi 
oraliqdan  o'tib  tamov  (2)  bo'yicha  mashinadan  chiqariladi.  Saralanmagan 
mahsulotning  m a’lum  miqdordagi  qismi  tarnov  (3)  orqali  mashinadan 
chiqariladi.  Bu  mahsulot  saralash  uchun  takroran  mashinaga  yuboriladi. 
Saralash  samaradorligi  stollaming  tebranish  chastotasi  va  ko'ndalang 
qiyaligiga bog'liq.  Agar saralash natijasiga  ko'ra  qobig'idan  tozalangan  don 
fraksiyasi  tarkibida  qobig'i  archilmagan  donlar  uchrasa,  stollaming 
ko'ndalang  qiyaligi  va  ularning  tebranishlar sonini  oshirish  kerak  bo'ladi.
Stollaming  ko'ndalang  qiyaligi shturval  (11)  yordamida  sozlanadi.  U 
chervyakli  reduktor  (12)  vositasida  uchlariga  o'ng  va  chap  buramali 
kesiklar kesilgan val  (10)ni  aylantiradi.  Valga buralgan gaykalar bir-biriga 
teskari  yo'nalishda  siljib  gaykalami  rama  bilan  shamir  usulida  bog'lab 
turadigan  pishanglar  (9)  vositasida  stollaming  ko'ndalang  qiyaligini 
o'zgartiradi. Stollaming tebranishlar soni elektrodvigatel (l)dagi shkivlaming 
o'lchamini o'zgartirib sozlanadi. Tebranishlar sonining k'opayishi donning 
sakrash  amplitudasining  oshishiga  ohb  kelmasligi  kerak,  zero  bu  holat 
saralash  samaradorligini  yomonlashtiradi.
Yorma  saralash  mashinasining  texnologik  samaradorligi  quyidagi 
ko'rsatkichlar  bilan  baholanadi:  birlamchi  saralash  jarayonida  qayta 
saralangan  qobig'i archilgan va  qobig'i  archilmagan  don  fraksiyalarini 
hisobga  olgan  holda  qobig'i  archilmagan  donlar  miqdori  1  %  gacha 
tushirilgan  bo'lishi  kerak,  qobig'i  archilmagan  don  miqdori  0,47  % 
bo'lgan  holda  m ag'izning  m iqdori  67  %  ni  tashkil  qilishi  kerak; 
qobig'ini  qaytadan  ajratish  uchun  yuboriladigan  donlarning  miqdori 
27,5  %gacha  bo'lishi  mumkin.

Al-BKO-2  yorma  saralash  mashinasining  texnikaviy  tavsifi.
Unumdorligi,  t/soat...................................................................................3
Ekssentrik  valning  tebranish  amplitudasi,  mm......................................... 29
Valning  aylanish  chastotasi,  ayl/min.............................................170...210
Aspiratsiya uchun sarf bo'ladigan havo miqdori,
m3/soat....................................................................................................340
Elektrodvigatel:
quwati,  kvt............................................................................................. 1,1
aylanish  chastotasi,  ayl/min................................................................... 930
Saralash  stollarining  massasi,  kg............................................................ 160
Mashinaning  massasi,  kg........................................................................ 400
4 -§ .  PA D D I-M A SH IN A
Paddi-mashinalar sholi va sulini qayta ishlab yorma olish zavodlarida 
qobig'i  ajratilgan  donni  qobiqli  dondan  ajratish  maqsadida  ishlatiladi. 
Mashinaning  ishchi  organi  saralash  ko'zovi  (4)dan  tashkil  topgan  bo'lib 
(17.3-rasm),  unda  silliq  po'lat  tunukalardan yasalgan uch yarusli  saralash 
stollari joylashtirilgan.  Ulaiga vintlar yordamida  zigzagsimon  devorchalar 
mahkamlangan  bo'lib,  ular  ko'zovning  bo'ylama  o'qiga  рефеп(11ки1уаг 
ravishda joylashtirilgan o'nta saralash kanallarini hosil qiladi. Ko'zov to'rtta 
tebranuvchan  tayanch  (l)lar yordamida  asos  sinchi  (2)ga  shamir  usulida 
bog'langan  qo'zg'aluvchan  metall  ramaga  mahkamlangan.  U  qiya  qilib 
o'matilgan.  Qiyalik  burchagi  shturval  (3)  vositasida  sozlanadi.  Ko'zovga 
ilgrilanma-qaytma  harakat  elektrodvigatel  (6)dan  krivoship-shatunli 
mexanizm  vositasida  uzatiladi.
Elektrodvigatelning  valiga  kontr  harakat  yuritmasining  aylanish 
chastotasini  oxista  sozlashga  imkon  beradigan  ikki  tomonga  suriluvchi 
shkiv  o'm atilgan.  Kontr  harakat  yuritmasidan  yassi  tasmali  uzatma 
vositasida  krivoship-shatunli  mexanizm  harakatga  keltiriladi.  Кофив 
qopqog'i  bo'ylab  uning  o'qidan  bir  oz  yuqoriroqda  ta’minlagich  (5) 
joylashgan.  U  bo'ylama  to'siq  bilan  ikki  bo'limga  ajratilgan.  To'siqdagi 
teshik  orqali  mahsulot  bo'limlar  bo'yicha  taqsimlanadi.  Tushayotgan 
mahsulotning  miqdori dastakni aylantirib sozlanadi, bunda umumiy shiber 
(surib  berkitgich)  teshik  kesimini  yopgan  holda  ta ’minlagichning 
yo'naltirish pazalari bo'ylab siljiydi.  Har qaysi teshikning balandligi alohida 
shiber  bilan  sozlanadi.  Pastki  yaruslaming  saralash  kanallariga  mahsulot 
zigzagsimon to'siqlar vositasida hosil bo'lgan uchburchaklaming teshiklari 
orqali  o'tib  tushadi.

17.3-rasm.  Paddi  mashina.
a  -  umumiy ко ‘rinishi:  1  -  tayanch;  2  -  sinch;  3
 - 
shturval;  4  -  ко 'zov;
5  -  ta ’minlagich;  6  -  elektrodvigatel;  b,
  v  - 
texnologik sxemasi:  1  -  to ‘siq.
I
 - 
qobiqli don;  II  -  qobig'i archilgan  don.
M ahsulotni  saralash  ja ray o n i  quyidagicha  kechadi.  Q obig'i 
archilgan  va  qobiqli  donlar  aralashm asi  uchta  yarusning  barcha 
saralash  kanallari  b o 'y ich a  t a ’m inlagich  yordam ida  teng  holda 
taqsim lanadi.  K o'zovning  ilgarilanm a-qaytm a  harakati  natijasida 
m ahsulot  aralashmasi  o 'z-o 'z id a n  saralanadi.  N isbatan  kichik zichlik 
va ishqalanish  koeffitsientiga ega bo'lgan qobiqli donlar mahsulotning 
yuqori  qatlam i  bo'ylab  taqsim lanadi  va  zigzagsimon  to'siq  devoriga 
urilib  qiyalikka  teskari  ravishda  yuqoriga  qarab  harakatlanadilar. 
Q obig'i  archilgan  donga  nisbatan  kattaroq  elastiklikka  ega  bo'lgan 
bu  donlar  katta  kuch  bilan  qaytadi  va  kanal  devorlarining  yuqoriroq 
chiqib  turgan  qism lari  b ilan   kontaktga  kiradi  va  yon  tom onda 
joylashgan  tarnov  orqali  m ashinadan  chiqariladi  (yuqorigi  qoldiq). 
K atta  ishqalanish  koeffitsientiga  ega bo'lgan  qobig'i  archilgan donlar 
esa  m ahsulotning  pastki  qatlam ini  hosil  qilib  saralash  kanallari 
bo'yicha pastga harakatlanadi va pastki  yon tarnov orqali  mashinadan 
chiqariladi  (pastki  qoldiq).
K o 'zo v n in g   g o rizo n tg a  n isb atan   qiyalik  b u rc h a g in i,  uning 
amplitudasi  va  chastotasini  sozlab  yuqori  saralash  darajasiga  erishish 
mumkin.  Saralash darajasi mahsulot yuklamasi va dastlabki aralashmadagi

qobig'i  archilgan  va  qobiqli  donlaming  o'zaro  nisbatiga  bog'liq.  Paddi- 
mashinalar  bir  yoki  qo'sh  ko'zovli  bo'Hshi  mumkin,  qo'sh  ko'zovli 
mashinalar  bitta  umumiy  yuritmaga  ega  bo'ladi.
Sholi  (suli)  yormasini  saralashda  qo'sh  ko'zovli  paddi-mashinaning 
texnikaviy  tavsifi
Unumdorligi,  t/soat:
yormani  saralagashda........................................................................ 4,3  (2)
yormani nazorat qilgichda.................................................................4,75 (5)
Ko'zovlar  soni............................................................................................2
Ko'zovdagi  yaruslar  soni............................................................................3
Saralash  kanaUarining  soni...................................................................... 78
Ko'zovning tebranish chastotasi, tebr/min................................................100
Tebranish  amplitudasi,  mm............................................................. 90  (89)
Ko'zovning qiyalik burchagi.............................................. 3°40'/9°10т (0...100)
Elektrodvigatel:  quwati,  kVt................................................................... 5,5
aylanish  chastotasi,  ayl/min..................................................... 1450  (1430)
Aspiratsiya uchun ketgan havo sarQ, m3/soat.......................... 482...636 (968)
Mag'izning  ajratib  olish  koeffitsienti:
qobig'i  archilgan  mahsulotlar.................................................................. 80
yorma  nazorati...................................................................................... 99,7
Bitta kanaldagi yuklama,  t/sut.........................................................1,3  (0,8)
Massa,  kg............................................................................................. 2800
Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling