63
Ushbu investitsiya loyihasini bozor qiymatida baholashda faqatgina daromad
yondashuvining pul oqimlarini diskontlashtirish usulidan foydanildi. Bunda sof pul
oqimini aniqlashda investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbasida qarz
mablag‘larining ulushi 20 foizdan ko‘p bo‘lganligi ya‘ni, 35 foizni tashkil etganligi
uchun investitsiyalangan kapitalga olingan investitsiya sof pul oqimi hisob – kitob
qilindi. Diskont stavkasini shakllantirishda kapitalning o‘rtacha
tortilgan
qiymatidan foydanildi. Bunda, har bir moliyalashtirish manbasining ulushi va shu
manbalarning qiymati kerak bo‘ldi. Daromad yondashuvining pul oqimlarini
diskontlashtirish usuli asosida hisob –
kitob qilinganda, investitsiya loyihasining
bozor qiymati 11 172 423 AQSH dollarini tashkil etdi.
Ushbu loyihani xarajat
yondashuvida baholanmaganligiga sabab, ushbu yondashuvning
sof aktivlar usuli
va tugatilish qiymati usuli ishlab turgan korxonalar uchun va tugatilish qiymati
aniq bo‘lgan obyektlar uchun qo‘llanilishi sabab bo‘ldi.
Qiyosiy yondashuvdan
foydalanilmaganlik sababi shundaki, xuddi shunday
analog loyihalarning mavjud
emasligidadir
Do'stlaringiz bilan baham: