Bajardi: J. Abduqayumov qabul qildi: M. Akbarova mavzu: nafas olishni ekologik va ontogenetik aspektlari


Nafas olish jarayonlarini boshqarish


Download 84.44 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi84.44 Kb.
#1496929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABDUQAYUMOV JAHONGIR(KURS ISHI FIZIOLOGIYA)

Nafas olish jarayonlarini boshqarish. Paster samarasi. Nafas olish jarayonida, kislorod miqdori faqatgina NOK ko‘rsatkichiga ta’sir qilib qolmasdan, balki nafas olish substratlarining sarflanishiga ham ta’sir qiladi. Ushbu hodisaga birinchi boiib etibor bergan olim L.Pasterdir. U achitqi zamburugMari bilan kislorodli sharoitda tajribalar o‘tkazib glukoza parchalanishining pasayishini va bijg4ish jarayoni jadalligining kamayganligini kuzatgan, ya’ni ajralayotgan C02 va hosil bo‘layotgan spirt miqdorining ozayganligini kuzatgan. Ammo shuning bilan birga qandlami biosintetik jarayonlarga sarflanishi natijasida zamburugiar biomassasining jadal o‘sishini kuzatgan. Qandlaming parchalanishini to‘xtashi bilan birga kislorodning jadal foydalanilishi Paster samarasi nomini olgan. Paster samarasining mexanizmi shundaki, kislorod mavjudligida jadal boruvchi oksidlanishli-fosforirlanish raqobat natijasida glikoliz jarayoniga kiruvchi (yoki fosforirlanish uchun zarur) ADF molekulalari sonini kamaytiradi. Mana shu sababli va ATFning (aerob sharoitda sintezi keskin ortib ketuvchi) fosfofruktokinaza fermentiga to‘xtatuvchi ta’siri tufayli 0 2 yetarli boigan sharoitda glikoliz jarayonlarining pasayib ketishi ro‘y beradi. Muhitdagi ATF miqdorining ortiqchaligi glikoliz jarayoni mobaynida pirouzum kislotasi qismlaridan glukozaning resintezlanishiga olib keladi. Kislorodsiz sharoitda Krebs sikli va NOPY ro‘y bermaydi va buning natijasida esa hujayra o‘z tuzilmalarini qurilishi uchun ishlatadigan bir qancha oraliq moddalami ola olmaydi. Kislorod mavjud sharoitda esa ushbu sikllarning barchasi ishlaydi.


UGLYEVODLAR NAFAS OLISHNING ASOSIY MATERIALI BAZASI
Uglevodlarning anaerob sharoitda parchalanishi glikoliz ham deb ataladi. Bu jarayonda juda kam miқdorda energiya ajralib chikadi va oxirgi bosқich maxsuloti pirouzum kislo-tasi hosil bo’ladi. Glikoliz anaerob nafas olish va bijgish jarayonlarining boshlanrich bosqichidir. O’simliklar tarkibidagi nafas olish jaraenining asosiy maxsuloti bo’lgan monosaxaridlarning reaktsiya krbiliyati ancha past bo’lib, keyingi almashinuv jaraenida ishtirok etish uchun ularni biroz energiya bilan ta‘minlash zarur. Bunga monosaxaridlarni energiyaga boy bo’lgan birik-malar bilan reaktsiyaga kiritish va fosforli efirlar hosil қilish yuli bilan erishiladi. Monosaxaridlarning fosforli efirlari (masalan, glyu-koza-6-fosfat) ancha faol reaktsiya qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham glikolizning birinchi bosқichida glyukoza geksokinaza fermenti ishtirokida fosforlanadi va glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Buning uchun bir molekula ATF sarflanadi. Glyukoza 6-fosfat fosfoglyukomutaza fermenti ishtirokida izomerlanib, fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Fruktoza -6-fosfat ikkinchi marta fosforlanib, fruktoza-1,6-difosfosfatga aylanadi. Bu jaraenda fosfofrukgo-kinaza fermenti ishtirok etadi va yana bir molekula ATF sarflanadi. Navbatdagi reaktsiyada fruktoza-1, 6-fosfat aldolaza fermenti ishtirokida 3fosfogli-tserin aldegidi va fosfodiok-siatsetonga parchalanadi. Fosfo-dioksiatseton osonlik bilan tri-ozofosfatizomeraza fermenti ishtirokida 3-fosfoglitserin aldegidiga aylanadi. Bu yerda re-aktsiyalar ikkita uch uglerodli birikma hosil bo’lishi bilan borganligi uchun bu yul dixoto-mik oksidlanish ham deyiladi. Glikolizning ikkinchi bosқichi 3-fosfoglitserin alde-gidining oksidlanib 3-fosfoglitserat kislotaga aylanishidan boshlanadi. Bu glikolizning asosiy reaktsiyalaridan biri bo’lib, unda trizafosfatdegidrogenaza ishtirok etadi. Bufermentning faol қismini NAD tashqil қiladi. Reaktsiyalardz ADF va fosfat kislota ishtirok etib, ATF hosil bo’ladi. Reaktsiya davomida hosil bo’lgan atsilferment fosforolizga uchraydi va natijada makroergik karboksifosfatga ega bo’lgan 1,3- difosfoglitserat kislota hosil bo’ladi. 1,3- difosfoglitserat kislota ADF bilan қayta fosforlanib, ATF va 3- fosfoglitserat kislota hosil bo’ladi. Glikolizning oxirgi bosk,ichida 3-fosfoglitserat kislota fosfo-glitseramutaza fermenti ishtirokida izomerlanib, 2-fosfoglitserat kislotaga aylanadi va u bir molekula suvni ajratib, fosfopiruvat kislotaning yenol shakliga aylanadi. Bu reaktsiyada yenolaza fermenti ishtirok etadi. Fosfoenolpiruvat uz navbatida, piruvatkinaza fermenti ishtirokida ADF bilan reaktsiyaga kirishib, ATF hosil bo’ladi. Yenolpiruvat kislota pirouzum kislotaga aylanadi:Natijada nafas olishning boshlangich anaerob bosqichi pirouzum kislotaning hosil bo’lishi bilan tugaydi. Bir molekula glkjozaning oksidla-nishi natijasida ikki molekula pirouzum kislota hosil bo’ladi. Bu reaktsiyalar natijasida energiyaga boy bo’lgan birikmalar: 4 molekula ATF va 2 molekula kaytarilgan NAD.N, hosil bo’ladi. NAD va NAD.N2 molekulalari tarkibida ham makroergik boglar mavjud. Lekin glikolizning birinchi bosқichida ikki molekula ATF sarflanadi. Shuning uchun ham bu bosk,ichda ikki molekula samarali ATF ajraladi deb hisoblash mumkin. har bir molekula NADN ning mitoxondriyalarda oksidlanishi natijasida ajralgan kimeviy energiya ham uchta ATF ga teng. Demak, ikki molekula NADNning energiyasi x.am 6 molekula ATF ga teng. Shunday қilib, glikoliz jaraenida ajralib chitskan umumiy foydali energiya sakkiz molekula ATF ga teng bo’ladi. Xar bir ATF ning energiyasi 10 kkal deb hisoblasak, u xrlda glikoliz jaraenida ajralib chiқkan energiyaning umumiy mikdrri 80 kkal.ga teng bo’ladi.


Download 84.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling