Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020
Download 346.82 Kb.
|
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. BOB TASHKILOTLARDAGI TURLI XIL JAMOALAR FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI Muhim tushunchalar
- 4.1 Mehnat jamoasining shakllanishi va samaradorlik
- Mehnat jamoasi
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Jamoalani tuzishning asosiy sabablar Samarali jamoalarni yaratishdagi asosiy talablar Jamoalarning asosiy tasnifi Jamoalarning ishchi guruhlardan farqini tushuntiring Mehnatni tashkil etishda jamoaning rolini ayting Mehnat jamoalari va boshqaruv jamoalari o’rtasidagi asosiy bog’liqlik Katta va kichik jamoalarning asosiy farqi Zamonaviy menejmentda jamoalarni yaratishni IT larning roli Norasmiy jamoalarning roli Mehnat tashkil etishning zamonaviy shakillarini ayting (Google) IV. BOB TASHKILOTLARDAGI TURLI XIL JAMOALAR FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI Muhim tushunchalar: Mehnat jamoasi, samaradorlik, geografik jihatdan ajratilgan jamoalar, ishchi jamoa, virtual jamoa, o‘z-o‘zini boshqarish jamoasi, parallel jamoa, Maqsadli yoki o‘z-o‘zidan ishlab chiqilgan jamoa, loyihaviy jamoalar, maqsadli yoki o‘z-o‘zidan ishlab chiqilgan jamoa, boshqaruv jamoasi, IT, elektron pochta, mamlakatlararo. 4.1 Mehnat jamoasining shakllanishi va samaradorlik Jamoada samarali ishni tashkiletish va uni to‘ri olib borish zarurdir. Jamoa doim bir vazifa yoki mehnat bilan band xolda rivojlanadi. Tashkilotlarda mehnat jamoasining roli va o‘rni benixoyat kattadir. Chunki korxonadigi asosiy vazifani mehnat jamoasi bajaradi. Mehnat jamoasida mehnatni samarli tashkil etish boshqaruvda eng kerakli ishdir. Mehnat jamoasi- oʻz mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan xodimlarning barchasi. Odatda, maʼmuriyatning mansabdor shaxslarm, shuningdek, Mehnat jamoasi tashkil etgan ayrim jamoat tashkilotlari, mas, mehnat nizolari komissiyasi ham Mehnat jamoasi tarkibiga kiradi. Mehnat jamoasi mehnat huquqining subʼyekti sifatida butun korxona hamda uning tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat koʻrsatadi. Mehnat jamoasi turli tashkiliy huquqiy shakldagi korxonalar va mul-kchilikning turli shakllariga qarab farqlanadi. Mehnat jamoasi bilan ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar, ijtimoiy taraqqiyot,mehnat muhofazasi, mehnatga haq toʻlash, korxona foydasini taqsimlashda xodimlarning ishtirok etishi amaldagi qonunchilik, shuningdek, korxona ustavi va ekamoa shartnomasi bilan tartibga solinadi. Mehnat jamoasining asosiy vakolatlari: ish beruvchi bilan jamoa shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilish; jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar olib borib, uni tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etish, jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilish; mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi hamda huquklarini himoya qiluvchi vakillik organlarini belgilash; ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash; davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda aksiyalarni sotib olish; mehnat nizolari komissiyasi orqali nizolarni hal qilishda ishtirok etish va xodimlarning vakillik organlari orqali ularning huquklarini himoya qilish; korxonada ichki hujjatlar qabul qilishda ishtirok etish va h.k. Mehnat jamoasiga beriladigan vakolatlar doirasi birinchi galda jamoa shartnomasida belgilanadi. Mehnat jamoasining qonunchilikda belgilangan vakolatlari keng demokratik asosda amalga oshiriladi. Download 346.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling