Bank tizimi-moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida


Omonatlar haqida umumiy malumot


Download 311.65 Kb.
bet15/17
Sana17.06.2023
Hajmi311.65 Kb.
#1533712
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Omonatlar haqida umumiy malumot:
III. Omonotlar. Banklar tomonidan taqdim etilayotgan omonat turlari o’rganilganda, omonotlardan o’rtacha daromad miqdori yillik 10-17%ni tashkil etmoqda. Ravnaq bank va Invest Finance Bank (Infinbank)da esa 20%gacha taklif etishmoqda. Kelajak avlodni o’ylab qilinayotgan ishlarni ham unutishmagan, yosh avlod uchun 14-16 yoshga kirguncha maxsus omonat turlari yillik 12-14%lik daromad bilan taklif etilmoqa. Ammo ipoteka kreditlari uchun kiritilgan badal pullariga hisoblanadigan daromadlarni (ba’zi banklarni hisobga olmasa, asosiy qismi yillik 5% daromad taklif etmoqda) ko’rib, jimgina yoqangizni tishlab qo’ya qoling. Omonatlarning asosiy qismi qisqa muddatli ya’ni 1 oydan 12 oygacha bo’lgan muddatli omonatlar hisoblanadi. Banklar tomonidan ayrim omonat turlari uchun mablag’ qabul qilishda naqd va plastik shaklida cheklovlar mavjud. Uzoq muddatli omonatlar (jamg’arma) uchun esa yillik daromad stavkasi odatda 0.01%ni tashkil etmoqda. Bunday antiqa takliflar tufayli xalq o’z mablag’ini banklarga omonatga qo’yadi deb o’ylay olasizmi?
IV. Kreditlar. Banklar tomonidan asosan 4 turdagi kredit xizmatlari ko’rsatilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun 1. Iste’mol krediti 2. Ipoteka krediti 3. Avtokredit 4. Ta’lim krediti. Iste’mol kreditlari uchun yillik ustamalar 20-24%ni, beriladigan kredit summasi eng kam ish haqining (EKIH) 100 barobarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etmoqda. Ta’limni rag’batlantirish uchun ta’lim kreditlari taklif etayotgan banklar, kredit muddatini bakalavr uchun 5-10 yil, magistr uchun esa 3-5 yil chegarasida, kredit ustamasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi miqdorida (hozirgi vaqtda 16%) belgilashgan. Ipoteka kreditlari 10 yildan 15-yilgacha bo’lgan muddatda berilmoqda. Kredit sohasida o’zbek banklari uchun yangilik bo’lgan avtokreditlar ham banklar tomonidan yo’lga qo’yilgan. Ayrim banklar sotib olinayotgan avtomobilning o’zini garov sifatida olsa, ayrim banklar esa qo’shimcha garov manbalarini ham so’rashmoqda. Avtokreditlar uchun boshlang’ich badal miqdori o’rtacha 25-40%ni, yillik ustama esa 20%dan 28%gacha tashkil etmoqda. Hukumat tomonidan aholining kam ta’minlangan qatlamining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan, xalq tilida “imtiyozli kredit” deb atalayotgan, miqdori EKIHning 100 barobarigacha hamda yillik ustamasi 8%ni tashkil etadigan kredit borasida olib borilgan surishtiruvlar shuni ko’rsatdiki, Mikrokreditbank xodimining aytishicha “Bu kredit hozirgi vaqtda test rejimida amalga oshirilmoqda va har bir mahalladan 2 kishi olishi mumkin. Kafil bo’lganda kredit miqdori EKIHning 50 barobarigacha, garov ta’minoti taqdim etilsa, 9200000 so’mgacha berilmoqda. Ayni damda EKIHning 100 barobarigacha bo’lgan yillik 7% ustamali kredit taqdim etilmayabdi”. Bank xodimi nima sababdan EKIHning 100 barobarigacha bo’lgan miqdordagi kredit berilmayotganligi sababini ochiqlamadi.
V. Xizmat ko’rsatish. Banklarning xizmat ko’rsatish tartibiga alohida e’tibor berib o’tsak. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yaqinda qabul qilingan qaroriga asosan, hozirgi kunda banklarga kirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab etish hollariga chek qo’yildi. Bir necha marotaba banklarda plastik kartalar orqali to’lov qilganimda pasportim nusxasini hamda plastik egasi kimligini ham so’rashmadi. Bu o’z navbatida bank mijozlari uchun qulaylik hisoblanadi. Xorijiy valyutalarni almashtirish shahobchasi ish kunlarining va ish vaqtining ko’paytirilishi ham bank muassasalari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Banklar tomonidan o’z mobil ilovasining ishlab chiqarilishi va turli to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatining berilishi banklarning yutuqlari deb bemalol aytishimiz mumkin. To’lov borasida plastik va naqd shakl uchun ba’zi holatlarni e’tiborga olmaganda, tavofutlar, cheklovlar kuzatilmayabdi. Ammo ayrim banklarda to’lov topshiroqnomalarini bajarish hamda to’lovchiga to’lov qaydnomasi berishda hali hanuz kamchiliklar uchrab turibdi. Shaxsan guvohi bo’lganim, Mikrokreditbank, Agrobanklarning ayrim hududiy filiallari tomonidan to’lov qaydnomalari 1 ish kunidan keyin berilmoqda. Natijada mijoz yana qimmatli vaqtini yo’qotib, to’lov qaydnomasini olish uchun borishga majbur bo’lmoqda. Ushbu holat, Xalq banki, Ipak Yo’li banklarida yaxshi yo’lga qo’yilgan, to’lov amalga oshirilgan zahoti, to’lov qaydnomasi mijozga taqdim etiladi. Yana bir og’riqli tomoni, mijoz to’lov topshiroqnomasi uchun maxsus blankani ko’p hollarda qo’shimcha mablag’ evaziga sotib olmoqda, xolbuki, bank o’z mijozlarini tekinga to’lov topshiroqnomalari bilan ta’minlasa, mijoz uchun qo’shimcha qulaylik yaratgan bo’lmaydimi? Xorijiy davlatlardan xalqaro pul o’tkazish xizmatlari orqali yurtimizga jo’natilgan mablag’larni olishda bank xodimlari tomonidan “ustama haqlar” o’rnatilish holatlari ham bank xizmatlaridan foydalanishga teskari ta’sir ko’rsatmoqda.

Download 311.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling