Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Quyoshning markazida bosim hamda harorat qay holatda bo‘ladi? So‘zlab bering
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sayyoralaring issiqlik rejimi barqarorligi sababini tushuntirib bering.
Quyoshning markazida bosim hamda harorat qay holatda bo‘ladi? So‘zlab bering.
Quyoshning markazida yadro reaksiyasi sodir boMadi. Bunda ulkan miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Yerga Quyosh taratadigan issiqlikning milliarddan ikki qismi yetib keladi. Quyosh taratayotgan issiqlik bilan birga yiliga 1,4x 10 121. modda Quyoshdan olib ketiladi. Olimlarning hisoblashlaricha 10 mlrd. yildan so‘ng Quyosh so'nadi. Quyoshning kimyoviy tarkibi quyidagicha: massasining 71 % i vodorod, 25,5 % i geliy, qolgan 3,5%i boshqa elementlardan (kislorod, karbonat angidrid, azot, magniy, natriy, kaliy va b.) tashkil topgan. Sayyoralaring issiqlik rejimi barqarorligi sababini tushuntirib bering. Radiaktiv moddalar esa o'z-o'zidan parchalanib issiqlik chiqarish xususiyatiga ega Moddalarning radioaktiv parchalanishi natijasida sayyoraning ichki qismlari qiziy boshlagan va sayyora yumshab, plastik bo'lib qolgan Bunday yumshoq moddalar juda sekin harakat qilgan. Yengil66 roq moddalar asta-sekin yuqoriga surilib chiqqan, og'irroq moddalar esa asta-sekin markazga tusha boshlagan. Og'irlik kuchi ta’sirida ro'y beradigan bunday ichki tabaqalanish (saralanish) jarayoniga gravit a t s i o n tabaqalanish deb ataladi. Tabaqalanishning borishi moddaning yopjshqoqlik darajasiga bogMiq boMadi. Bosim ortgan sari moddaning yopishqoqligi orta boradi. Shuning uchun, sayyoralarning tashqi qismlarida ichki chuqur qismlariga nisbatan tabaqalanish jarayoni osonroq va tezroq ro'y beradi. Yerning ichki qismidagi gravitatsion tabaqalanish ta ’sirida zichroq markaziy yadro va yengilroq yuzadagi qatlam hosil bo'lgan. Bular orasida esa zichligi o'rtacha bo'lgan qatlamlar joylashgan. M a’lum sharoitda daryo tagida hosil bo'lgan muz parchasi («o'zan tagi muzi») muayyan vaqtda daryo yuzasiga qalqib chiqqanda o'ziga yopishgan ogMr toshlarni ham o'zi bilan birga olib chiqqani kabi, yengil toshlar bilan birga geokimyoviy jihatdan ular bilan bogMiq bo'lgan og'ir radioaktiv moddalar ham yuqoriga chiqib, yer po'stidan joy olgan. Rossiyalik olim E.V.Sobotovichning fikriga ko'ra bundan 4,7-5 milliard yil avval yangi portlash sodir bo'lishi oqibatida gazlarning quyuqlashuvi natijasida radioaktivligi kuchli bo'lgan moddalar - tumanliklar hosil bo'lgan, so'ngra Quyosh va sayyoralar sodir bo'lganligini ta'kidlaydi. Ba'zi olimlaming fikriga ko‘ra, Quyosh va sayyoralarni tashkil etgan moddalar bundan 7-7,5 milliard yil muqaddam bulutlarni hosil qilgan. Tarkibi va solishtirma og'irligi turlicha bo'lgan elementlar to'plamining gravitatsiya kuchlar ta ’sirida siqilishi oqibatida Quyosh tizimi tarkib topgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling