Baxtiyor Mengliуev Bashorat Bahriddinova O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati maktab о‘
Download 427 Kb.
|
Morfem lug`at (eng yangi, mukammal-2019) 79366
-ik (-iq, -uq, -oq) I fe’ldan ot yasaydi: bit-ik, ko‘p-ik, ko‘r-ik, qil-iq, yut-uq, buyur-uq (buyruq), o‘r-oq, pich-oq, bosh-oq. -ik (-iq, -uq, -oq) II ot va sifatdan fe’l yasaydi: ko‘z-ik, chin-iq, zo‘r-iq, zor-iq, yo‘l-iq, nam-iq, dim-iq, qon-iq, tin-iq (tin olmoq) -ik (-iq, -uq, -oq) III fe’l va taqlidlardan sifat yasaydi: qiltir-iq, qirq-iq, tin-iq (suv), eg-ik, qo‘rq-oq, yum-uq, sin-iq. -it unumsiz ot yasovchi: chiq-it. -ildoq I taqlidlardan ot yasaydi: shaq-ildoq, hiq-ildoq, shilp-ildoq. -ildoq II taqlidlardan sifat yasaydi: bij-ildoq, so‘lq-ildoq, chiy-ildoq. -illa//ulla//ira taqlid so‘zlardan fe’l yasaydi: taq-illa, shuv-ulla, zir-illa, tars-illa, lov-ulla, zirq-ira, sirq-ira, yalt-ira, milt-ira. -(i)m I I shaxs egalik shakli: kitob-im, bola-m, eshik-im (eshigim), burun-im (burnim), shahar-i (shahrim). -(i)m II fe’ldan ot yasaydi: to‘pla-m, ho‘pla-m, bil-im, kiy-im, til-im, un-um, uy-um, ajr-im, osha-m, siq-im. -(i)m III unumsiz fe’ldan sifat yasovchi: ayir-im (ayrim) -(i)miz I shaxs ko‘plikdagi egalik shakli: hayot-imiz, baho-miz. -imli murakab, unumsiz sifat yasovchi: to‘y-imli, suy-imli, yoq-imli, yиq-иmli.. -imlik murakab, unumsiz ot yasovchi: o‘s-imlik, ich-imlik. -(i)mtir sifatning ozaytirma daraja shakli: ko‘k-imtir, sariq-imtir (sarg‘imtir), qora-mtir. -(i)n//(i)l I o‘zlik va majhul nisbat shakllarini hosil qiladi: kiy-in-moq, izla-n-moq, maydala-n-moq, os-il-moq, to‘sha-l-moq. -in//un II fe’ldan ot yasaydi: yog‘-in, yig‘-in, tug-un, quy-un, ek-in, bo‘g‘-in. -in 3. fe’l, otdan sifat yasaydi: to‘l-in, to‘k-in, sog‘-in, erk-in, g‘isht-in, otash-in. -in 4. unumsiz fe’l yasovchi: berk-in. -(i)ng I II shaxs egalik shakli: kitob-ing, eshik-ing (eshiging), buyruq-ing (buyrug‘ing), o‘g‘il-ing (o‘g‘ling), burun-ing (burning), shahar-ing (shahring). -(i)ng II II shaxs ko‘plikdagi shaxs-son shakli: kel-ing, o‘qi-ng, ishla-ng, ol-ing. -ingiz I II shaxs ko‘plikdagi egalik shakli: kitob-ingiz, bola-ngiz, eshik-ingiz (eshigingiz), buyruq-ingiz (buyrug‘ingiz), o‘g‘il-ingiz (o‘g‘lingiz), burun-ingiz (burningiz), shahar-ingiz (shahringiz). -indi//undi fe’ldan ot yasaydi: qir-indi, cho‘k-indi, chiq-indi, yuv-undi, kuy-undi. -(i)nchi tartib son shakli: besh-inchi, olti-nchi. -ir I unumsiz fe’l yasovchi: gap-ir, tup-ir, shop-ir, ko‘p-ir. -ir II orttirma nisbat shakli: qoch-ir, ich-ir, pish-ir. -iston otdan joy oti yasaydi: O‘zbek-iston, Qirg‘iz-iston, qabr-iston. -(i)sh I fe’lning harakat nomi shakli: kel-ish, qazi-sh, kul-ish. -(i)sh II harakat nomi shaklida ma’no taraqqiyoti yuz berib ot yasovchiga ko‘chgan: o‘qi-sh, yasha-sh, bil-ish. -(i)sh III sifatning daraja shaklini yasaydi: ko‘k-ish, oq-ish, sariq-ish (sarg‘ish). -(i)sh IV fe’lning birgalik nisbat shakli: kel-ish-di, o‘qi-sh-di. -iyat murakkab morfema. Arab tilidan kirgan so‘zlar tarkibida ot yasaydi: mag‘lub-iyat, imkon-iyat, zidd-iyat. -k//q I fe’ldan ot yasaydi: ela-k, tila-k, beza-k, so‘ra-q (so‘roq), tara-q (taroq). -k//q II fe’ldan sifat yasaydi: chiri-k, o‘ksi-k, quri-q (quruq) -ka I unumsiz fe’l yasovchi: is-ka. -ka II unumsiz ot yasovchi: yo‘l-ka, til-ka -ka III unumsiz harakat tarzi shakli: sur-ka. -kash I tojikcha. Otdan ot yasaydi: chizma-kash, araka-kash, mehnat-kash. -kash II otdan sifat yasaydi: dard-kash, xayol-kash, dil-kash, past-kash, nam-kash. -ki aniqlov bog‘lovchisi: unutmang-ki, sezyapman-ki. -kila (-qila, g‘ila) fe’lning harakat tarzi shakli: turt-kila, tep-kila, timirs-kila, cho‘z-g‘ila, tort-qila, yul-qila. -kor I tojikcha. Otdan ot yasaydi: paxta-kor, sholi-kor. -kor II otdan sifat yasaydi: shiddat-kor, zulm-kor, isyon-kor, ehtiyot-kor. -ku ta’kid yuklamasi: aytdim-ku, keldi-ku, qizil-ku. -l I unumsiz sifat yasovchi: tuga-l. -l II unumsiz ot yasovchi: qama-l. -l III unumsiz fe’l yasovchi: ayir-i-l. -la I. fe’l va sondan, boshqa so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi: ish-la, oq-la, oh-la, sen-la, tez-la, gumbur-la, sekin-la, qayta-la, onam-la. -la II fe’lning harakat tarzi shaklini yasaydi: quv-la, sava-la, qashi-la, timda-la, bulg‘a-la, qo‘zg‘a-la, g‘aji-la, tirna-la, silki-la, ketaman-la, boraman-la. -la III bilan ko‘makchisining qisqargan shakli: sen-la (sen bilan), onam-la (onаm bilan). -lab I Murakkab morfema. Turli so‘zlardan ravish yasaydi: sahar-lab, oy-lab, ko‘p-lab, bitta-lab. -lab II Chama son shakli: o‘n-lab, yuz-lab, ming-lab. -lay(in) ayrim sifatlardan ravish yasaydi: tirik-layin, butun-lay, xom-lay. -lan murakkab morfema. Ot, sifat, sonlardan ravish yasaydi: faxr-lan, afsus-lan, tinch-lan, ikki-lan. -lar ko‘plik son shakli: bola-lar, keldi-lar. -larcha murakkab morfema. Sifat va otlardan ravish yasaydi: aybdor-larcha, ota-larcha, mard-larcha. -lash murakkab morfema. Sifat, ot va sonlardan fe’l yasaydi: asabiy-lash, janjal-lash, bir-lash, do‘st-lash. -lash/tir/ish rus tilidan kalkalab olingan (ifikatsiya) murakkab morfema. Otlardan ot yasaydi: kompyuter-lash/tir/ish, lotin-lash/tir/ish, gaz-lash/tir/ish. -li unumli sifat yasovchi: aql-li, maza-li, rang-li, yeyish-li, to‘yim-li, minish-li. -lik (-liq, -luq, -lug‘) unumli ot yasovchi: bola-lik, zargar-lik, tez-lik, kasal-lik, dars-lik, sog‘-lik, toshkent-lik, jar-lik, shirin-lik, ayri-liq, bor-liq, ot-liq, bo‘sh-liq, suv-luq, qul-luq, qut-lug‘, tuz-luq, bilmas-lik. -lom unumsiz sifat yasovchi: sog‘-lom. -loq I otdan ot yasaydi: o‘t-loq, qum-loq, tosh-loq. -loq II kichraytirish shakli: bo‘ta-loq, chaqa-loq, toy-loq, qiz-aloq. -m unumsiz sifat yasovchi: qara-m. -ma I fe’lning bo‘lishsiz shakli: kel-ma, o‘qi-ma, ayt-ma. -ma II fe’ldan ot yasovchi unumli morfema: uyush-ma, topil-ma, qo‘llan-ma, isit-ma, terla-ma, jamg‘ar-ma, tug-ma. -ma III fe’ldan sifat yasovchi unumli morfema: qavi-ma, yoz-ma, yig‘-ma, qazil-ma, yasa-ma. -man I shaxs birlikdagi kesimlik shakli: bora-man, ishchi-man, katta-man. -mand otdan sifat yasaydi: hunar-mand, davlat-mand, ishtiyoq-mand, orzu-mand, kasal-mand. -mas fe’ldan sifat yasaydi: o‘t-mas, qo‘rq-mas, bil-mas. -machoq murakab, unumsiz ot yasovchi: berkin-machoq, quvlash-machoq. -miz I shaxs ko‘plikdagi kesimlik shakli: kela-miz. -mish sifatdoshning tarixiy shakli. Bugungi kunda ot yasovchiga o‘tgan: kech-mish, o‘t-mish, qil-mish, ye-mish. -mon sifatdosh shaklidan sifat yasaydi: bilar-mon, o‘lar-mon, topar-mon. -moq I fe’lning harakat nomi shakli: kel-moq, ayt-moq. -moq II fe’ldan ot yasaydi: quy-moq, topish-moq, chaq-moq, sirt-moq. -namo unumsiz sifat yasovchi: kam-namo, kasal-namo, hazil-namo. -ni tushum kelishigi shakli: bola-ni, men-ni (meni). -niki murakkab morfema. Qarashlilik shakli: akam-niki, maktab-niki. -ning qaratqich kelishigi shakli: bola-ning, men-ning (mening). -no tojikcha old qo‘shimcha. Ot va sifatlardan sifat yasaydi: no-insof, no-umid, no-qulay, no-munosib. -ov, -ovlon jamlovchi son shakli: besh-ov, olti-ovlon, ikki-ovlon. -omuz otdan sifat yasaydi: istehzo-omuz, hayrat-omuz, qinoya-omuz. -on fe’ldan ot yasaydi: qo‘zg‘ol-on, to‘z-on. -ona sifat, otdan ravish yasaydi: mard-ona, g‘arib-ona, shoir-ona. -ong‘ich unumsiz sifat yasovchi: qop-ong‘ich, tep-ong‘ich. -os unumsiz sifat yasovchi: sharr-os, chuvv-os, gurr-os, uvv-os. -paz. tojikcha. Otdan ot yasaydi: somsa-paz, osh-paz. -parast tojikchadan kirgan otlardan sifat yasaydi: shuxrat-parast, mansab-parast. -parvar tojikcha. Otdan sifat yasaydi: xalq-parvar, vatan-parvar. -ra unumsiz fe’l yasovchi: ma’-ra, ho‘ng-ra. -roq ozaytirma daraja shakli: qizil-roq, katta-roq, sekin-roq, kulib-roq. -s unumsiz sifat yasovchi: guldura-s (gulduros). -sa I fe’lning shart mayli shakli: kel-sa, o‘qi-sa, bor-sa. -sa II unumsiz fe’l yasovchi: suv-sa, qurum-sa. -san II shaxs birlikdagi kesimlik shakli: bora-san, yosh-san, odam-san. -ser tojikcha old qo‘shimcha. Otlardan sifat yasaydi: ser-unum, ser-farzand. -si unumsiz fe’l yasovchi: garang-si, men-si. -siz 1. II shaxs ko‘plikdagi kesimlik shakli: bora-siz, yosh-siz, odam-siz. -siz 2. otdan sifat yasaydi: aql-siz, ma’no-siz, sabr-siz. -simon otdan sifat yasaydi: shar-simon, odam-simon. -sin I unumsiz fe’l yasovchi: yot-sin, qiziq-sin. -sin II III shaxs birlikdagi mayl shakli: bor-sin, kel-sin. -sira ot, olmoshlardan fe’l yasaydi: suv-sira, gumon-sira, qon-sira, sen-sira. -sit unumsiz fe’l yasovchi: ayb-sit, kam-sit. -soz tojikcha. Otdan ot yasaydi: soat-soz, telefon-soz. -t (-it, -ot) I unumsiz fe’l yasovchi: to‘la-t, berk-it, yo‘q-ot. -t II orttirma nisbat shakli: o‘qi-t, cho‘qi-t, ishla-t. -ta dona son shakli: o‘n-ta. -tadan taqsim son shakli: o‘n-tadan, ming-tadan -tacha chama son shakli: o‘n-tacha. -u/yu ta’kid yuklamasi: keldi-yu, bilaman-u, ona-yu, gul-u. -furush tojikcha. Otdan ot yasaydi: somsa-furush, nos-furush. -xon I otning shaxsiy munosabat shakli: ona-xon, aka-xon, Lola-xon. -xon II tojikcha. Otdan ot yasaydi: kitob-xon, g‘azal-xon. -xo‘r tojikcha. Otdan ot yasaydi: palov-xo‘r, pora-xo‘r, choy-xo‘r. -(in)ch I fe’ldan ot yasaydi: o‘kin-ch, quvon-ch, tayan-ch, sev-inch, shoshil-inch, tiqil-inch. -ch II fe’ldan sifat yasaydi: jirkan-ch, tin-ch, aya-nch. -cha I otning kichraytirish shakli: kitob-cha, qiz-cha. -cha II turli so‘zlardan ravish yasaydi: o‘zi-cha, erkak-cha, yashirincha, yaxshilikcha, kulgan-cha, hozir-cha. -cha III otning shaxsiy munosabat shaklini yasaydi: domla-cha, odam-cha, kalta-cha. -chak (-choq, -chiq) 1. otning kichraytirish shakli: kelin-chak, tugun-chak, qo‘zi-choq, toy-choq, qop-chiq. -chak (-choq, -chiq) 2. fe’ldan sifat yasaydi: kuyin-chak, maqtan-choq, erin-choq, sirpan-chiq, qizg‘an-chiq. -chak (-choq, -chiq) 3. fe’ldan ot yasaydi: belan-chak, o‘yin-choq, taqin-choq, ovun-choq, suyan-chiq, yupan-chiq, qora-chiq. -chan ot, harakat nomi shakllaridan sifat yasaydi: o‘y-chan, uyat-chan, sezuv-chan, yashov-chan. -chang otdan ravish yasaydi: mahsi-chang, yaktak-chang, ko‘ylak-chang. -chasiga murakkab morfema. Ot, sifatlardan ravish yasaydi: ochiq-chasiga, dehqon-chasiga. -chi I ot, harakat nomi, sifat, sondan ot yasovchi unumli morfema: ish-chi, o‘quv-chi, a’lochi, ikki-chi, suyun-chi, tom-chi. -chi II so‘roq yuklamasi: sen-chi, kelsang-chi. -chi III unumsiz fe’l yasovchi: ko‘p-chi-moq. -chil I ayrim otlardan sifat yasaydi: ep-chil, dard-chil, iz-chil, xalq-chil. -chil II ozaytirma darajaning tarixiy shakli: oq-chil, kam-chil, ko‘k-chil. -chilik murakkab morfema. Ot, sifatlardan ot yasaydi: qari-chilik, ulfat-chilik, ko‘p-chilik, yigit-chilik, o‘zbek-chilik, qahat-chilik. -sha unumsiz fe’l yasovchi: quruq-sha, qur-sha. -shunos tojikcha. Otdan ot yasaydi: til-shunos, adabiyot-shunos, huquqshunos. -qa sifat yasovchi unumsiz morfema: qis-qa, loy-qa. -qar (-g‘ar, -qir) unumsiz fe’l yasovchi: bosh-qar, jam-g‘ar, hay-qir. -qoq I fe’ldan sifat yasaydi: uyush-qoq, qoch-qoq, yopish-qoq, urish-qoq. -qoq II unumsiz ot yasovchi: bot-qoq, tut-qoq, qop-qoq. MUNDARIJA Alifbo……………………………………………………… So‘zboshi………………………………………………… Tuzuvchilardan………………………………………… A…………………………………………………………… B……………………………………………………………… D……………………………………………………………… E……………………………………………………………… F……………………………………………………………… G……………………………………………………………… H……………………………………………………………… I……………………………………………………………… J……………………………………………………………… K……………………………………………………………… L……………………………………………………………… M……………………………………………………………… N……………………………………………………………… O……………………………………………………………… P……………………………………………………………… Q……………………………………………………………… R……………………………………………………………… S……………………………………………………………… T……………………………………………………………… U……………………………………………………………… V……………………………………………………………… X……………………………………………………………… Y……………………………………………………………… Z……………………………………………………………… O‘……………………………………………………………… G‘……………………………………………………………… SH……………………………………………………………… CH……………………………………………………………… NG……………………………………………………………… 1 Ma‘lumotni tuzishda A.G’ulomov, A.N.Tixonov, R.Qo’ng’urovlarning 1977 yilda oliy maktab va o’rta maktab o’qituvchilari uchun yaratilgan «O’zbek tili morfem lug’ati» dan foydalanildi. Download 427 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling