Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


-rasm. PP/ PEMA/TEAS/BT asosidagi kompozitlarning TGA va DTGA egrilari


Download 0.78 Mb.
bet26/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

3.6-rasm. PP/ PEMA/TEAS/BT asosidagi kompozitlarning TGA va DTGA egrilari.
3.14-jadvalda olingan polimer materiallarning termogravimetrik analiz natijalari keltirilgan.
3.15-jadval
Mineral to‘ldiruvchi va PP asosida olingan polimer materiallarning termogravimetrik analiz natijalari

Kompozitsiya tarkibi

Tparchalanish harorati,°S

T50%-massa yo‘qotilish,°S

Maksimal parchalanish tezligi, mg/oS

PP

435

475

0,035

PP/PEMA/TEAS/BT

440

485

0,035

3.15-jadvaldan ko‘rinadiki, PP 435°Sda parchalanib boshlaydi, termodestruksiyaning maksimal tezligi 475°S haroratda kuzatiladi. PP-ning destruksiya tezligi 0,035 mg/oS ni tashkil etadi.


PP/PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitda 485°Sda 0,035 mg/°S destruksiya tezligi bilan 50% massa yo‘qotilishi kuzatiladi.
3.2.6-rasmda PVX va uning asosida olingan polimer materiallar namunalarining TGA va DTGA egrilari ko‘rsatilgan.Rasmdan ko‘rinib turibdiki, PVX uchun 50% massa yo‘qotilishi 465°Sda kuzatiladi.Massa yo‘qotilishining maksimal tezligi esa 0,038 mg/°s ni tashkil etadi.

3.7-rasm. PVX/PEMA/TEAS/BT asosida olingan kompozitlarning TGA va DTGA egrilari.
PVX/PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitsiyaning destruksiyasi 435°Sda boshlanadi. Ko‘rinib turibdiki, bazalt asosidagi kompozit termik barqaror,
Kompozit tarkibiga bo‘r kiritilishi bilan termik barqarorligi birmuncha pasayadi. Bunda 50% massa yo‘qotilish 468°S da kuzatiladi, bu esa bazalt asosidagi kompozitlarga nisbatan 17-22°S past haroratda boshlanganligini ko‘rsatadi. DTGA egrilaridan ko‘rish mumkinki, ushbu kompozitning maksimal destruksiya tezligi 0,035 mg/°Sga teng.
Ma’lumki, chiziqli termik kengayish koeffitsiyentining pasayishi kristallanish darajasining ortishiga va kristallar o‘lchamining o‘sishiga olib keladi. Polimer tarkibiga bazalt kiritilishi bilan kristallanish jarayoni tezlashganligini ko‘rish mumkin, bu esa bazaltning nukleirlovchi agent sifatida effektiv ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Buni 3.16 jadvaldagi keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.
Ushbu CHTKK dastlabki polietilenga nisbatan 32 dan PA-6/PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitsiya uchun 21ga kamayganligini ko‘rish mumkin va bunda to‘ldiruvchining nisbiy yuzasi CHTKKga ta’sir etmaydi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling