Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


-rasm. Mineral to‘ldiruvchi va poliamid PA-6 asosida olingan namunalarning relaksatsiya egrilari


Download 0.78 Mb.
bet30/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

3.9-rasm. Mineral to‘ldiruvchi va poliamid PA-6 asosida olingan namunalarning relaksatsiya egrilari.

  1. PA-6 ,2) PA-6/PEMA/TEAS/BT

Shunday qilib, to‘ldirilgan namunalarda kuchlanishli relaksatsiya sharoitida bir xil deformatsiyani saqlab qolish uchun ancha yuqori kuchlanish talab etiladi. Bu esa bazalt bilan to‘ldirilgan kompozitlarning dastlabki poliamidga nisbatan deformatsiyalanish qarshiligi va nanokompozitlar qattiqligining oshganligini ko‘rsatadi. Bundan kelib chiqib, nanoto‘ldirilgan poliamid kompozitsiyalari konstruksion materiallar sifatida qo‘llanilganda polimer mahsulotlari va konstruksiyalarining ishlash muddatining uzayishini va ishonchliligini oshiradi deb xulosa qilish mumkin.
3.10-rasmda dastlabki polietilenning relaksatsion xossalari bazalt bilan to‘ldirilgan polietilen xossalari bilan solishtirilgan, bunda to‘ldirilgan polietilenning relaksatsiya egrilari to‘ldirilmagan polietilenga nisbatan ancha yuqoriligi ko‘rsatilgan. Bundan ko‘rinadiki, dastlabki polietilenda eng past yuklanish kuzatilsa, eng yuqori yuklanish esa quyidagi kompozitsiyalarda PY-342/PEMA /TEAS/BT kuzatiladi.

3.10-rasm. Mineral to‘ldiruvchi va polietilen PY-342 asosida olingan namunalarning relaksatsiya egrilari.
1) PY-342 /PEMA/TEAS/BT
Shunday qilib, to‘ldirilgan namunalarda kuchlanishli relaksatsiya sharoitida bir xil deformatsiyani saqlab qolish uchun ancha yuqori kuchlanish talab etiladi. Bu esa bazalt bilan to‘ldirilgan kompozitlarning dastlabki poliamidga nisbatan deformatsiyalanish qarshiligi va nanokompozitlar qattiqligining oshganligini ko‘rsatadi. Bundan kelib chiqib, nanoto‘ldirilgan poliamid kompozitsiyalari konstruksion materiallar sifatida qo‘llanilganda polimer mahsulotlari va konstruksiyalarining ishlash muddatining uzayishini va ishonchliligini oshiradi deb xulosa qilish mumkin.
3.11-rasmda dastlabki polietilen va kompozitlarning nisbiy relaksatsiya bog‘liqliklari keltirilgan (boshlang‘ich kuchlanish ulushiga nisbatan). Shunisi qiziqarliki, dastlabki poliamidning nisbiy kuchlanishining pasayishi kompozitlarning nisbiy kuchlanishining pasayishi bilan solishtirilganda ancha past, nisbatan yuqori nisbiy pasayish esa PY-342 /PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitsiyada kuzatiladi.
PY-342 asosida olingan kompozitsiyalarning relaksatsiya jarayonidagi eng past ko‘rsatkichi, PY-342 /PEMA/TEAS/BT tarkibli kompozitsiyada kuzatiladi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling