Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


-rasm. Mineral to‘ldiruvchi va polietilen PY-342 asosidagi nanokompozitlarning nisbiy relaksatsiyasiga to‘ldiruvchilarning ta’siri


Download 0.78 Mb.
bet31/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

3.11-rasm. Mineral to‘ldiruvchi va polietilen PY-342 asosidagi nanokompozitlarning nisbiy relaksatsiyasiga to‘ldiruvchilarning ta’siri.
1) PY-342; 2) PY-342 /PEMA/TEAS/BT;
Shunday ekan, PY-342 ga to‘ldiruvchilarning kiritilishi natijasida nisbiy relaksatsiyaning kattaliklarining bir necha marta oshishiga olib keladi, lekin kuchlanish relaksatsiyasi ham 2 marta oshadi.
III bobning xulosasi

Ushbu bobda keltirilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bobda polimerlar va mineral to‘ldiruvchilar asosidagi organo-noorganik polimer materiallarning xossalarini tahlil qilish,shuni ko‘rsatdiki,ularning fizik-mexanik xususiyatlari eng katta ahamiyatga ega. Mineral to‘ldiruvchilar orasida bazalt asosidagi organo-noorganik polimer materiallar eng yaxshi natijalarni namoyon qildi. Shuningdek, kompozitlar tarkibiga TEAS ning kiritilishi ularning xossalarini ijobiy tomonga o‘zgartirishi kuzatildi. Bu esa polimer asoslar bilan to‘ldiruvchilar o‘rtasidagi kimyoviy ta’sir natijasida yuzaga keladi deb xulosa qilishga olib keladi.




XULOSALAR



  1. Noorganik polimer materiallar fizik-mexanik xossalarining modifikator va to‘ldiruvchilar konsentratsiyalariga ekstremal bog‘liqligi aniqlandi. Buning natijasida, noorganik materiallar tarkibiga modifikator PEMA kiritilishi bilan ularning zarbga chidamlilik xossalari PA-6da 100 kJ/m2dan 118 kJ/m2 gacha va egilishga mustahkamlik xossalari esa 90MPA dan 102 MPAga ortishi ko‘rsatildi.

  2. P-Y 342 va PA-6 larga qatlamli silikatli to‘ldiruvchilarni va PEMAni qo‘shish orqali noorganik polimer materiallarning past harorat ta’siriga chidamliligi PA-6 asosidagi materiallarda 118 dan 108 kJ/m2ga, P-Y 342 asosidagi materiallarda esa 71dan 65 kJ/m2ga o‘zgarishi isbotlandi. Shunga asosan, past haroratga chidamli organo-noorganik polimer materiallarini olishda qatlamli silikatlarni to‘ldiruvchilar sifatida qo‘llash tavsiya etildi.

  3. Bazalt tolalari bilan to‘ldirilgan noorganik polimer materiallarning zarbga chidamliligi dastlabki polimerga nisbatan 100dan 118 kJ/m2ga, egilishga chidamlilik 90-112 MPa ga, uzilishga chidamlilik esa 66 MPa dan 72 MPa ga ortganligi aniqlandi.

  4. Polietilen va polipropilenni 30% miqdorda bazalt bilan to‘ldirilishi natijasida olingan noorganik materiallarning issiqlikka chidamliligi PA-6 asosidagi materiallarda 95oS dan 105oSgacha, P-Y 342 asosidagi materiallarda esa 90oS dan 100oS ga oshishi isbotlandi. Mahalliy ishlab chiqarishda issiqlikka chidamli polimer kompaundlarini olishda bazalt tolalarini samarali to‘ldiruvchilar sifatida qo‘llash tavsiya etildi.

  5. To‘ldiruvchilar tutmagan dastlabki polimerlar namunalari elastiklik moduli 310 MPa dan 684 MPa ga ortishi ko‘rsatib berildi, natijada, to‘ldirilgan polimerlar yuqori qiymatli kuchlanish ta’sirida o‘zining qattiqligini va barqaror shaklini saqlab qolishi isbotlandi.




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling