Best scientific research 2022


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/260
Sana28.12.2022
Hajmi1.94 Mb.
#1024418
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   260
Bog'liq
1-1-PB

BEST SCIENTIFIC
RESEARCH - 2022 
281 
Bu kabi so
‘zlarga kemoq, sayr qilmoq, axtarmoq ma’nosida gazmak ( “Devon 
nashrida qaz- 
tarzida berilgan”); cho‘kmoq ma’nosidagi chummoq; chekmoq ma’nosidagi 
chakmak 
fe’llarini ham misol keltirishimiz mumkin: 
Benishon bo
‘lub jahonni sarbasar kazdim vale, 
Ganji husnin topmayin vayrona bo
‘ldum oqibat.(10-бет) 
Ko
‘z yoshim daryo qilib, g‘avvostak ko‘nglum mani, 
Ishq bahringga chumib durdona bo
‘ldim oqibat. (10-бет)
Sovz kelganda ushul kon-i sharaktek og
‘zing, 
Chakdi bosh noz birla mandin ushul sarki baland. (14-
бет) 
Shirin, chuchuk ma’nosidagi sudji Hofiz “Devon”ida suchi tarzida uchraydi. O‘g‘uz 
lahjasida shu so
‘z asosidagi sujilik (bolalarning boshiga chiqadigan mayda yara), ujimsik 
(chuchukroq) so
‘zlari ham bor.Adabiy tildagi chuchimoq fe’li o‘g‘uz lahjasida sudjәrmәk 
shakilida ishlatiladi. 
Masalan “halva degan bilan og‘iz chuchimaydi”. (Maqol)
Bosh quyar suchi  labingga oshaning ko
‘ra. (11-bet) 
Hofiz Xorazmiy “Devon”idagi so‘zlarning bir qismi Xorazm vohasidagi har ikkala lahja- 
o
‘g‘uz va qipchoqda ham bir xil shakiliga ega bo‘lgan so‘zlar tashkil etgan. Masalan, odosh 
(adash): 
Zulfi savdosida boshim elga borg
‘ali tillar, 
Bo
‘la bilgaymen teyu Majnun birla odoshlar (28-бет) 
Alohida bir guruh esa faqat o
‘g‘uz lahjasida qo‘llanuvchi so‘zlar tashkil etadi. 
Masalan, og
‘ so‘zi qipchoq va qarluq lahjasida ov tarzida istemolda: 
Zulfi birla soidi shakli ko
‘zum ichra erur, 
Andayin baliq ilingan bahirdakim og
‘ bor. (24-бет) 
Shuni alohida qayd etish kerakki, so
‘zlar o‘rtasida farq faqat fonetik, morfologik shakllar 
bilan cheklanmay, ayrim hollarda ularning semantik xususiyatlariga ham bog
‘liq bo‘ladi. 
Masalan, qara
fe’lining o‘g‘uz lahjasida axtarmoq, izlamoq ma’nosi keng ishlatiladi. 
Quyidagi misolda ham shu holatni ko
‘rishimiz mumkin:
Olam ichra nozaninlarni qaradim ko
‘p, vale, 
San bikin bir nozaninni ko
‘rmadim hargiz qarab. (8-bet) 
Bunda uning tushum kelishigida so
‘z bilan bog‘langanni ham fikrimizni isboti. 



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling