BEST SCIENTIFIC
RESEARCH - 2022
279
ELEMENTS OF THE OGUZ DIALECT IN THE LANGUAGE OF "DEVAN" BY HAFIZ
KHORAZMI
Otajonova Farogat Gafurjonovna
Teacher of the Department of Uzbek Linguistics,
Faculty of Philology, USU
Orazbayev Abdulla Durdibayevich
Associate Professor of the Faculty of Philology of USU, Ph.D.
Abstract: The article is devoted to the study of the widespread use of elements of
the Oghuz dialect in the divan of Hafiz Khorezmi, one of the most important and prolific poets
of Uzbek literature of the 15th century.
HOFIZ XORAZMIY “DEVON”I TILIDA O‘G‘UZ LAHJASI ELEMENTLARI
Annotatsiya:
Maqola XV asr O‘zbek adabiyotining muhim va sermahsul shoirlaridan
bo‘lgan Hofiz Xorazmiy devonida o‘g‘uz lahjasiga oid elementlarning keng qo‘llanilganligini
tadqiq qilishga bag‘ishlangan.
Bizningcha, o‘zbek adabiy tili shakillanishi va taraqqiyotida lahjalarning o‘rni masalasi
o‘ta nisbiy tushuncha bo‘lib , eng avvalo, qaysi lahja yetakchiligini aniqlash, uning adabiy
tilga ta’sirini o‘zaro nisbatlash maqsadida emas, aksincha, ular o‘rtasida farqlarga nisbatan
umumi
ylikni ko‘rsatish, o‘zbek tilining har bir lahjasi bir-biri bilan o‘ta mustahkam bog‘liqlikda
ekanini bot-
bot ta’kidlash nuqtai nazaridan yondashish zarur. Aslida lahjalar o‘rtasidagi
farqlar aksar
hollarda fonetik hodisala
r natijasida bo‘lib, ular o‘z navbatida ba’zi
leksik
tafovutlarni, morfologik farqlar esa o‘z navbatida sintaktik farqlarni yuzaga keltiradi.
Masalan bir qadar keng tahlil qilingan A.Ahmedov o
‘g‘uz lahjasiga xos
fonetik xolatlarni
ko‘rsatib o‘tar ekan, mavjud adabiyotlardagi
fikrlarni umumiylashtirib, o‘z
mulohazalarini bir
necha misollar bilan asoslaydi.
Qarluq va
qipchoq lahjalarida so‘z boshida jarangli sonor [m] fonemasi bo‘lgan men,
muru
n, muncha, ming, mayram, ,muz … holatlarida o‘g‘uz lahjasida jarangli [b]
fonemasining bo‘lishi: ben, burun, buncha, bing, bayram, buz… kabi.