Betlar: / Sana
-BO‘LIM. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Download 174.78 Kb.
|
003 shartnoma
7-BO‘LIM. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Ushbu Shartnomaning amal qilishi davrida 7.1.1. Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchining huquqlari a) Sug‘urtalovchi bilan kelishilgan holda ushbu shartnomaga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish; b) Sug‘urtalovchidan ushbu shartnoma bo‘yicha maslahatlar olish; v) Sug‘urta polisi yo‘qolgan taqdirda uning dublikatini olish. 7.2. Sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari a) ushbu Shartnomada belgilangan tartib va muddatda sug‘urta mukofotini to‘lash; b) sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishining oldini olish uchun unga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish. Sug‘urta hodisasi belgilariga ega voqea sodir bo‘lganda Sug‘urtalovchiga ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan muddat va usulda xabar berish; v) xodimlarni tanlash va nazorat qilishda oqilona ehtiyotkor bo‘lish; g) ushbu Shartnomani tuzishda mol-mulkning haqiqiy (bozor) qiymati haqida xabar berish. Aks holda, bu sug‘urta qiymatiga nisbatan qilingan qasddan yanglishtirish deb hisoblanishi mumkin; d) qonunchilik yoki har qanday davlat idorasi bilan belgilangan talablarga rioya qilish; ye) ushbu shartnomani tuzish vaqtida xabar berilgan holatlarda unga ma’lum bo‘lgan muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida, agar bu o‘zgarishlar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi xavfining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, Sug‘urtalovchiga darhol xabar berish. Quyidagi o‘zgarishlar muhim hisoblanadi faoliyat sohasi, saqlash sharoitlari; j) Sug‘urtalovchi tomonidan monitoringni o‘tkazish uchun, sug‘urtaga olinayotgan TVni taqdim etish; 7.3. Sug‘urtalovchining huquqlari a) voqea sodir bo‘lishi holatlari va sabablarini har tomonlama o‘rganish vayoki yetkazilgan zararning haqiqiy miqdorini aniqlay olmaslik uchun voqea to‘g‘risida kech xabar berilganligi sababli to‘lovni to‘lashdan bosh tortish; b) ushbu Shartnoma bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda sug‘urta to‘lovini rad etish; v) sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish; g) agar TVning sug‘urta qiymati uning haqiqiy (bozor) qiymatidan pastroq belgilangan bo‘lsa, O‘zR FKning 936-moddasini qo‘llash; d) sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi darajasini tavsiflovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish. Ushbu Shartnoma amal qilishi davrida tavakkalchilik darajasi o‘zgargan taqdirda holatdan kelib chiqib, sug‘urta mukofoti miqdori oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin; ye) Sug‘urta qildiruvchi taqdim etgan ma’lumotlarni, shuningdek ushbu Shartnoma shartlari bajarilishini tekshirish. 7.4. Sug‘urtalovchining majburiyatlari a) Sug‘urta polisini ushbu Shartnoma bilan o‘rnatilgan muddatda taqdim etish; b) barcha zarur hujjatlar olinib, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi tan olingandan keyin ushbu Shartnoma bilan kelishilgan miqdor va muddatda sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish; v) ushbu Shartnoma yuzasidan maslahatlar berish; g) ushbu Shartnoma amal qilishi davrida Sug‘urta qildiruvchidan olingan ma’lumotlarni konfidensialligini saqlash, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Sug‘urtalovchi axborotni davlat organlariga taqdim etishi lozim bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Download 174.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling