Betlar: / Sana
-BO‘LIM. SUG‘URTA DA’VOSINI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
Download 174.78 Kb.
|
003 shartnoma
8-BO‘LIM. SUG‘URTA DA’VOSINI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
8.1. Sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida da’vo qilishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday zarar yoki shikastlanish sodir bo‘lganda, Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart 8.1.1. Imkoni boricha zudlik bilan, lekin 72 soatdan kechiktirmasdan Sug‘urtalovchini yoki uning vakolatli organini bu haqida xabardor qilishi va voqea sodir bo‘lgandan keyin 5 (besh) bank kuni ichida Sug‘urtalovchiga voqea sodir bo‘lgan joy, uning sabablari va unga ta’sir qilgan holatlar ko‘rsatilgan yozma arizani yuborishi; 8.1.2. Sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida zudlik bilan vakolatli organlar (yo‘l harakati xavfsizligi organlari, yong‘indan saqlash xizmati organlari, ichki ishlar organlari va h.)ga xabar berish; 8.1.3. Zarar yetkazish faktini tasdiqlash va yetkazilgan zararning miqdorini aniqlashtirish uchun Sug‘urtalovchiga yoki uning vakolatli organiga barcha kerakli hujjatlarni yig‘ish bo‘yicha har tomonlama ko‘maklashish; 8.1.4. Sug‘urtalovchiga, yoki uning vakolatli organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish a) haydovchilik guvohnomasi; b) yo‘l varaqasi, TVga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqi bo‘yicha mulkdor nomidan ishonchnoma, yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjat; v) litsenziyali baholash tashkiloti tomonidan moddiy zararni baholash uchun tuzilgan, TVni tiklash uchun zarur bo‘lgan barcha ishlar, ehtiyot qismlar va materiallar ro‘yxati ko‘rsatilgan naryad-buyurtmahisob-kitobning asl nus'hasi; g) vakolatli organlar (yo‘l harakati xavfsizligi organlari, yong‘indan saqlash xizmati organlari, ichki ishlar organlari va h.) tomonidan tuzilgan, voqea ishtirokchilari va holatlarini ko‘rsatuvchi hujjat (dalolatnoma, xulosa, qaror yoki ma’lumotnoma); d) yo‘l harakati xavfsizligi organlarining voqea joyini tekshirish protokoli va YTH chizmasi; ye) alkogolli, giyohvandlik, toksik yoki har qanday turdagi mastlikni aniqlash uchun haydovchining sud-tibbiy ekspertizasi hujjati; j) agar yetkazilgan zarar uchun uchinchi shaxsning fuqarolik javobgarligi paydo bo‘lsa, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.06.2008y.dagi 141-sonli Qaroriga muvofiq qoplama olinganligini ko‘rsatuvchi hujjat; z) ushbu voqea bo‘yicha sud qarori taqdim etilgan holda, g) va d) qo‘shimcha bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar talab qilinmaydi. 8.2. Sug‘urta qildiruvchi har qanday yo‘qotish vayoki zarar yetkazilishi to‘g‘risida xabar berganida, Sug‘urtalovchi o‘z xodimini yoki boshqa shaxsni da’voni ko‘rib chiqish, zararning turi, sababi va holatlarini batafsil o‘rganish uchun yuborishga haqlidir. Zarurat bo‘lsa, zarar yetkazish sabablari tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan hujjatlar bilan tasdiqlanadi. 8.3. Ushbu voqea bilan bog‘liq barcha holatlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, Sug‘urtalovchi sodir bo‘lgan voqeani sug‘urta hodisasi deb tan olish yoki tan olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 8.4. Ushbu hodisa bilan bog‘liq barcha holatlarni o‘rganib chiqib, Sug‘urtalovchi yuz bergan voqeani sug‘urta hodisasi deb tan olish yoki olmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Agar sug‘urtalovchi ushbu hodisani sug‘urta hodisasi deb tan olsa, sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi, unda to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovonining miqdori belgilanadi va tomonlar imzolaydi. 8.5. Sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchiga sug‘urta qoplamasini to‘lashni so‘rab murojaat etgandan keyin 15 (o‘n besh) bank kunidan kechiktirmay xabar berilishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, da’voni hal qilish uchun o‘z hisobidan mustaqil ekspert tayinlanishini talab qilishi mumkin. 8.6. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kuni ichida zarur hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, Sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasi talab qilingan arizani ko‘rib chiqishni to‘xtatib turishga haqlidir. 8.7. Agar sug‘urta hodisasi yuzasidan jinoiy ish, fuqarolik ishi yoki ma’muriy jazo qo‘llanilishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, Sug‘urtalovchi mutasaddi idoralar tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar sug‘urta tovonini to‘lash masalasini kechiktirishi mumkin. 8.8. Sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishi unga yetkazilgan yetkazilgan zararning isboti Sug‘urta qildiruvchining zimmasida hisoblanadi. Bo‘limga izohlar Sug‘urtalangan TVga, xususan kuzovning lak-bo‘yoq qoplamasi, tashqi yoritish moslamalari, oynalari, antennalari, moldinglari, emblemalari va boshqa qismlariga sezilmas zarar yetkazilgan taqdirda, agar zarar miqdori sug‘urta pulining 10 (o‘n) foizidan oshmasa, Sug‘urta qildiruvchi tegishli organlardan guvohnoma taqdim etmasligi mumkin, uchinchi shaxslar ishtirokidagi zarar yetkazish hollari bundan mustasno. Bunday holda, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganidan keyin 3 (uch) kun ichida, majburiy tartibda, sug‘urta hodisasi natijasida sug‘urtalangan transport vositasiga yetkazilgan zararni Sug‘urtalovchi tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan zarar yetkazilgan joylarni fotovideo suratga olish yo‘li bilan, joriy sanani ko‘rsatib, da’vo ishiga tegishli suratlarni ilova qilib qayd etish zarur. Download 174.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling