Betlar: / Sana


Download 174.78 Kb.
bet3/11
Sana22.04.2023
Hajmi174.78 Kb.
#1379003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
003 shartnoma

3-BO‘LIM. SUG‘URTA TOVONI
3.1. Sug‘urtalovchi ushbu Shartnomaning 1-Ilovasida keltirilgan sug‘urtalangan TVga bevosita quyidagi tavakkalchiliklar oqibatida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qoplamasini taqdim etadi suv toshqini, bo‘ron, dovul, jala, do‘l, kuchli qor yog‘ishi, ko‘chki, yemirilish, sel, yashin urishi, zilzila, yong‘in, portlash, buzish bilan o‘g‘irlik, predmetlarning urilishi, yo‘l-transport hodisasi, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari.
3.2. TVni mast holda boshqarish bo‘yicha maxsus shartlar
Alkogolli, toksik, giyohvandlik yoki boshqa turdagi mastlik holatida transport vositasini boshqarishda sodir bo‘lgan hodisa sug‘urta hodisasi emas va bunday holatda sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydi, sug‘urta qilingan TV ijaraga berilgan holat bundan mustasno.
Sug‘urtalangan TV ijaraga berilganda sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urta tovonini to‘laganidan so‘ng, Sug‘urtalovchiga zarar yetkazishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan to‘langan pul doirasida da’vo qilish huquqi o‘tadi.


4-BO‘LIM. UMUMIY ISTISNOLAR
4.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan TVga quyidagi holatlarlarda zarar yetkazilganda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi
a) sug‘urtalangan transport vositasi uning tasarrufida bo‘lgan Sug‘urta qildiruvchi Haydovchi yoki Naf oluvchining sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishiga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari vayoki harakatsizligi, ularning o‘z fuqarolik burchlarini bajarish, Sug‘urtalanuvchi/Xaydovchining yoki uchinchi shaxsning sog‘ligi, sha’ni, qadr-qimmati va hayotini muxofaza qilish bilan bog‘liq xarakatlar bundan mustasno;
b) Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchi tomonidan sug‘urtalangan TV haqida bila turib, yolg‘on ma’lumotlarni xabar qilish;
v) yong‘in xavfsizligi qoidalari, yonuvchan va portlovchi moddalar va narsalarni saqlash va tashish qoidalarini buzish;
g) Sug‘urta qildiruvchiHaydovchi tomonidan sug‘urtalangan TVdan haydovchilikka o‘rgatish yoki musobaqa va sinovlarda ishtirok etish maqsadida foydalanish;
d) Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchi yoki ular tomonidan sug‘urtalangan TV topshirilgan xar qanday xodimlarining firibgarlik harakatlari yoki har qanday vijdonsizligi;
ye) sug‘urtalangan TVni ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzish, sug‘urtalangan nosoz TVni ekspluatatsiya qilish;
j) ushbu Shartnoma kuchga kirishining boshlanishi vaqtida Sug‘urta qildiruvchiHaydovchi bu haqida xabardor yoki xabardor emasligidan qat’i nazar, sug‘urtalangan TVda nosozlik va nuqsonlarning mavjudligi.
z) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, haydovchilik guvohnomasi vayoki TV egasining transport vositasini boshqarish uchun yozma ruhsatnomasi (ishonchnomasi) bo‘lmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqarish;
i) TVning tegishli kategoriyadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan boshqarilishi;
k) ekspluatatsiya omillarining doimiy ta’siri (tabiiy eskirish, korroziya, chiqindining shakllanishi va h.), shuningdek ob-havo ta’siri;
l) tovar qiymatining yo‘qolishi;
m) Sug‘urtalovchiga zarar yetgan predmetlar yoki ulardan qolgan qoldiqlarni taqdim etishdan bosh tortish, o‘g‘irlanishi yoki qoldiqsiz nobud bo‘lishi mumkin holatlar bundan mustasno;
n) TVning tashqi omillar ta’sirisiz, ichki buzilishlar natijasida shikastlanishi;
o) uchinchi shaxs zararni qoplagan taqdirda.
4.2. ushbu Shartnoma bo‘yicha shinalarga yo‘l yuzining notekisligi yoki holatining yomonligi, ularning ishlab chiqarishdagi nuqsonlari, o‘tkir predmetlar ta’sirida yuzaga kelgan shikastlanishi, hamda TV asta-sekin eskirishi orqali yetkan zararlar qoplab berilmaydi.
4.3. sug‘urtalangan TVga quyidagi siyosiy hodisalar oqibatida yetkazilgan to‘liq yoki qisman zarar (yo‘qotish)ni ushbu Shartnoma qoplamaydi
a) harbiy bosqinchilik harakatlari, harbiy harakatlar yoki shunga o‘xshash harakatlar (urush e’lon qilingan yoki qilinmaganligidan qat’i nazar), fuqarolar urushi;
b) isyon, ommaviy fuqarolik tartibsizliklari, ish tashlashlar;
v) bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan sodir etilgan terroristik harakatlar;
g) amaldagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi adliya organlarining qarori bilan amalga oshirilgan sug‘urtalangan transport vositasini majburan begonalashtirish sababli mol-mulkdan doimiy yoki vaqtincha mahrum etish.
4.4. Sug‘urtalovchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda ham sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilinadi.



Download 174.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling