Betlar: / Sana


-BO‘LIM. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI


Download 174.78 Kb.
bet9/11
Sana22.04.2023
Hajmi174.78 Kb.
#1379003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
003 shartnoma

12-BO‘LIM. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
12.1. O‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
12.2. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta mukofoti va boshqa to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirda, Sug‘urtalovchi foydasiga to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,2%, ammo to‘lash muddati o‘tib ketgan summaning 50%dan oshmagan miqdorida penya to‘laydi.
12.3. Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga tegishli sug‘urta to‘lovini o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirda, Sug‘urta qildiruvchiga to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,2%, ammo ushbu Shartnoma bo‘yicha to‘lash muddati o‘tib ketgan summaning 50%dan oshmagan miqdorida penya to‘laydi.
12.4. Ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan asossiz ravishda to‘liq yoki qisman bosh tortganligi uchun o‘z majburiyatlarini buzgan tomon boshqa tomonga to‘lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15% miqdorida jarima to‘laydi.
12.5. Sug‘urtalovchi va Sug‘urta qildiruvchi maxfiylikni saqlashga va ushbu Shartnomaning mazmuni, u bilan bog‘liq ilovalar va boshqa hujjatlarni tegishli tomonning yozma ruhsatisiz uchinchi tomonga oshkor qilmaslikka javobgardirlar.


13-BO‘LIM. FORS-MAJOR
13.1. Tomonlar fors-major holati davrida ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘lmaydilar.
13.2. Fors-major holatlariga tabiat hodisalari (zilzilalar, ko‘chkilar, dovullar, qurg‘oqchilik va boshqa Shartnomada ko‘zda tutilmagan sanab o‘tilmagan tabiiy ofatlar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar (harbiy harakatlar, ish tashlashlar, blokadalar, epidemiya, pandemiya, davlat tashkilotlarining va davlatlar o‘rtasidagi cheklovchi va taqiqlangan choralar, shuningdek hukumat qarorlari va boshqalar) oqibatidagi shunday sharoitlardagi favqulodda, muqarrar va kutilmagan holatlar kiradi, agar bu sharoitlar Shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir qilsa.
13.3. Yengib bo‘lmas kuch holatlari ta’sir etgan tomon boshqa tomonni zudlik bilan ushbu holatlar yuzaga kelishi va davom etish ehtimoli to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
13.4. Agar fors-major holatlari yuzaga kelsa, tomonlarning majburiyatlarni bajarish muddati fors-major holatlari mavjud bo‘lgan vaqtga mutanosib ravishda qoldiriladi.
13.5. Shu bilan birga, tomonlar belgilangan tartibda ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.



Download 174.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling