Betlar: / Sana


Download 174.78 Kb.
bet8/11
Sana22.04.2023
Hajmi174.78 Kb.
#1379003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
003 shartnoma

10-BO‘LIM. SUBROGATSIYA
10.1. Ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisasi natijasida sug‘urta qilingan TVga yetkazilgan zararni qoplash uchun sug‘urta tovonini to‘liq yoki qisman to‘lagan Sug‘urtalovchiga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 957-moddasiga binoan, zarar yetkazilganlikda aybdor shaxsga to‘langan summa bo‘yicha da’vo qilish huquqi o‘tadi.
10.2. Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchi Sug‘urtalovchiga barcha hujjatlar va dalillarni topshirishga va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 957-moddasi talablariga muvofiq Sug‘urtalovchiga o‘tgan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni xabar qilishga majburdir.
10.3. Agar Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchi Sug‘urtalovchi tomonidan qoplangan zararlar uchun aybdor shaxsdan talab qilish huquqidan voz kechsa yoki ushbu huquqni amalga oshirish ularning aybi bilan imkonsiz bo‘lsa, Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘liq yoki tegishli qismida to‘lashdan ozod qilinadi va to‘langan sug‘urta tovoni miqdorini qaytarishni talab qilishga haqli hisoblanadi.


11-BO‘LIM. SHARTNOMANING BЕKOR QILINISHI VA TO‘XTATILISHI
11.1. Ushbu Shartnoma tomonlardan birining yozma arizasiga muvofiq istalgan paytda, bekor qilish mo‘ljallanayotgan sanadan kamida 30 (o‘ttiz) kun oldin xabar etilishi bilan bekor qilinishi mumkin, ammo Shartnomani bekor qilish uchinchi tomon manfaatlariga ta’sir etish hollari bundan mustasno.
Shartnomani bekor qilish uchinchi tomon manfaatlariga ta’sir etgan taqdirda, uning yozma roziligi zarur.
11.2. Sug‘urta qildiruvchi ushbu shartnomani sug‘urtalovchining o‘z majburiyatlarini buzganligi munosabati bilan (sug‘urta tovonini to‘lash holatlari bundan mustasno) muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilgan taqdirda to‘langan sug‘urta mukofoti to‘liq hajmda qaytarilishi lozim. Sug‘urtalovchi tomonidan majburiyatlar buzilmagan taqdirda sug‘urta mukofoti qolgan sug‘urta davri uchun, Sug‘urtalovchining xarajatlarini 25% gacha chegirib qolgan holda qaytariladi. Agar ushbu Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish vaqtigacha Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lagan yoki sug‘urta hodisasi to‘g‘risida ariza ko‘rib chiqayotgan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti qaytarilmaydi.
11.3. Sug‘urtalovchi ushbu shartnomani sug‘urta qildiruvchining o‘z majburiyatlarini buzganligi tufayli muddatidan avval bekor qilinishini talab qilganda, to‘langan sug‘urta mukofoti qaytarilmaydi.
11.4. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi
a) sug‘urta davri tugaganda.
b) Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchi oldidagi majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarganda;
v) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
11.5. Sug‘urta qildiruvchi Naf oluvchiga kreditni qaytarish bo‘yicha majburiyatlarini muddatidan oldin bajarganidan so‘ng, Sug‘urta qildiruvchi ushbu Shartnomani bekor qilishni talab qilgan bo‘lsa, Sug‘urtalovchiga to‘langan sug‘urta mukofoti qaytarib berilmaydi.



Download 174.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling