Betlar: / Sana
-BO‘LIM. SUG‘URTA TOVONINI TO‘LASH TARTIBI
Download 174.78 Kb.
|
003 shartnoma
9-BO‘LIM. SUG‘URTA TOVONINI TO‘LASH TARTIBI
9.1. Sug‘urtalangan TVning shikastlanishi yoki nobud bo‘lishi quyidagi tartibda qoplanadi a) sug‘urtalangan TV yo‘qolganda (to‘liq nobud bo‘lganda) – olib qochish, o‘g‘rilik yoki talonchilik – Zarar yetkazilgan mol-mulkning sug‘urta Shartnomasi tuzilgan sanadagi haqiqiy qiymati miqdorida, ammo ushbu Shartnomaning 1-Ilovasida ko‘rsatilgan sug‘urta pulidan (ilgari to‘langan summalarni olib tashlagan holda) ko‘p bo‘lmagan miqdorda, olib qochish, o‘g‘rilik yoki talonchilik faktlari aniqlangan kundan boshlab, 3 (uch) oy ichida TVga bo‘lgan o‘z huquqlaridan bosh tortgan taqdirda Sug‘urtalovchi foydasiga. b) sug‘urtalangan TV shikastlanganda Sug‘urtalovchi baholovchi tashkilotning hisob-kitobiga muvofiq, ammo sug‘urta pulidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 936-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda sug‘urta tovonini to‘laydi. 9.2. sug‘urtalangan TVni o‘zgartirish, yaxshilash vayoki takomillashtirish ehtimoli bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmaydi. 9.3. Sug‘urta tovonini to‘lash. 9.3.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoni Naf oluvchining tanlovi bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchiga vayoki Naf oluvchiga vayoki Garov beruvchiga to‘lanadi. Bunday holda, Naf oluvchi Sug‘urta qildiruvchining Naf oluvchi oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda sug‘urta tovonini olishga haqli va sug‘urta tovonining qolgan qismi Sug‘urta qildiruvchi vayoki Garov beruvchining zararini qoplashga yo‘naltiriladi. 9.3.2. Barcha holatlarda sug‘urta tovonining miqdori ushbu Shartnomada belgilangan franshiza summasi va sug‘urta hodisasi natijasida zarar ko‘rgan va almashtirilishi kerak bo‘lgan qismlarning eskirish miqdorlari ayirilgan holda hisoblanadi. 9.3.3. Agar ushbu shartnomada sug‘urta puli sug‘urtalangan TVning ushbu Shartnoma tuzilgan sanadagi sug‘urta qiymatidan kam qilib belgilangan bo‘lsa, O‘zR Fuqarolik Kodeksining 936 moddasiga muvofiq, Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganida Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchiga u ko‘rgan zararni sug‘urta pulining sug‘urta qiymatiga bo‘lgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplashi shart. 9.3.4. Sug‘urtalangan TV shikastlangan holda, sug‘urta tovonining hisobi ushbu Shartnomaning 3.1. bandiga muvofiq quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi SQ=ZMSPSQ-F SQ – Sug‘urta qoplamasi; ZM – Zarar miqdori; SP – sug‘urta puli; SQ – TVning sug‘urta qiymati F – franshiza 9.4. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoni Sug‘urtalovchiNaf oluvchining bank hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 9.5. Agar zarar uchun aybdor shaxs tomonidan zarar miqdori to‘liq qoplangan bo‘lsa, Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchi sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi. Agar zarar qisman yoki tegishli sug‘urta tovonidan kam miqdorda qoplangan bo‘lsa, Sug‘urta qildiruvchiNaf oluvchi tomonidan zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lgan shaxsdan olingan summani hisobga olgan holda to‘lanadi. 9.6. Sug‘urtalovchining zararni qoplash uchun amalga oshirgan har bir to‘lovi, ushbu Shartnoma bo‘yicha Sug‘urtalovchining majburiyatlarini ushbu to‘lov miqdorida kamaytiradi. Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchi hisoblagan miqdorda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lasa, Sug‘urtalovchining majburiyatlari ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta puli miqdorida tiklanadi. 9.7. Mol-mulkni to‘liq sug‘urtalashda sug‘urtalangan TVning shikastlangan qismlariga egalik qilish huquqi to‘langan summa doirasida Sug‘urtalovchiga o‘tadi. 9.8. Sug‘urta tovoni to‘langanidan so‘ng, Sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalangan TV Haydovchisiga regress huquqi qo‘llanilmaydi, qasddan zarar yetkazish hollari bundan mustasno. 9.9. Barcha holatlarda sug‘urta tovoni ushbu Shartnomada belgilangan sug‘urta pulidan oshmasligi kerak. 9.10. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasini tan olgan va sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi Dalolatnomani imzolagan kundan boshlab 15 (o‘n besh) bank kuni ichida sug‘urta tovonini to‘laydi. Maxsus shartlar Sug‘urta qildiruvchi yo‘l-transport hodisasini sodir etganlikda aybdor bo‘lgan taqdirda, Sug‘urta qildiruvchining transport vositasiga yetkazilgan zarar uchun sug‘urta tovonini to‘lash ushbu Shartnomada belgilangan tartibda to‘lanadi. Download 174.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling