Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Download 150.76 Kb.
bet42/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

O`zlashgan qatlam. Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibiga tarixiy sabablarga ko`ra boshqa tillardan ko`plab so`zlar kirib kelgan. O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlar o`zlashgan so`zlar (olinma so`zlar) deb yuritiladi. O`zlashgan so`zlar uyg`ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.
O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlarni quyidagi qatlamlarga bo`lish mumkin:
1. Tojikcha so`zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g`isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi.
2. Arab tilidan o`zlashgan so`zlar. Arabcha so`zlar o`zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog`liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, kasb, qassob, san’at, asbob, bino, imorat, ovqat, g`alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xolla, dimog`, idora kabi.
3. Ruscha-internotsional so`zlar. XIX asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o`zbek tiliga ta’siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko`plab so`zlar o`zlashdi.

  1. So‘zlararo ma’noviy munosabatlar haqida

Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabat.
Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi.
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim.
Graduonimiya. Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi - [o‘rta] so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori.

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling