Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimchalarning kelib chiqishi.
Partonimiya leksemalarning ma’no guruhlarida butun-boʻlak munosabatlarining ifodalanishi.
Qo’shimchalar va ularning turlari Qo‘shimcha mustaqil qo‘llanmaydigan, ammo o‘zakka qo‘shilib uning leksik va grammatik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan har xil ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladigan morfemadir. Qo‘shimchalar tashqi tomonlari, ma'nolari, vazifasi va qo‘llanishi jihatidan bir qancha xususiyatga ega. Qo‘shimchalarning kelib chiqishi. Bu hodisa so‘zlarning taraqqiyot yo‘li bilan bog‘liq. 1. Qo‘shimcha mustaqil so‘zdan kelib chiqqan (boradigan -borib turgan -turgan -digan; -dir 3. Bir qo‘shimchaning urchib, ikki qo‘shimcha bo‘lib ketishi kitobcha (kichik kitob), mingtacha (taxmin: -cha urg‘usiz). 4. Qo‘shimchalarning qo‘shilishidan (-chilik: mo‘lchilik, -garchilik: yog‘ingarchilik). Ko‘pgina qo‘shimchalarning paydo bo‘lish yo‘llari hali aniq emas. Boshqa tillardan ham qo‘shimchalar olinadi (-zor, -bon, -don tojik tilidan olingan). Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-[bet]-[aft]-[bashara]-[turq] qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i, «shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U [yuz] leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa, [turq] leksemasida «o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida. Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan ayrimlari quyidagilar: 1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema; 2) leksemaning qo‘llanish davrini ko‘rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi», «o‘ta yangi», «arxaik», «tarixiy». 3) leksemaning qo‘llanilish doirasini ko‘rsatuvchi sema: «shevaga xos», «so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h. Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema bo‘lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, [katta]-[ulkan]-[bahaybat] sinonimik qatori «kitobiylik», «ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral), [ulkan] va [katta] leksemalarida ifodalangan, oydinlashtirilgan. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling