Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


O‘zbek yozuvlari tarixidan


Download 150.76 Kb.
bet76/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

2. O‘zbek yozuvlari tarixidan.
Til va yozuv o‘zaro uzviy bog‘liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo‘lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo‘lmaydi. Yozuv – jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko‘p hollarda yozuv tilning o‘rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o‘ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi.
Tarixchilarning aniqlashicha, yozuv dastlab Messopotamiya degan joyda paydo bo‘lgan va bu yozuv tarixga mixxat nomi bilan kirgan. Bu xat eramizdan oldingi V–IV asrlarda O‘rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida ishlatilgan. Hozirgi eramizdan boshlab taxminan VI asrgacha so‘g‘d yozuvi ishlatilgan. V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar runik yozuvidan foyda­lanishgan.
O‘rta Osiyoning bizga ma'lum bo‘lgan eng qadimgi mahalliy xalqi sak va massaget urug‘lari bo‘lib, ularning ham o‘z yozuvlari mavjud edi. Ana shu yozuvdan qadimiy xorazmiy va so‘g‘d yozuvlari yaratilgan. Xorazmiy yozuvi ham o‘zbek xalqi ajdodlari tomonidan qo‘llanilgan yozuv bo‘lib, bu yozuv II asrning oxiri III asrning boshlarida xorazmshoh chiqargan pullarda uchraydi.
VI-VII asrlardan to XV asrlargacha turkiylar va mo‘g‘ullar uyg‘ur yozuvidan foydalanishgan. Bu yozuvda bitilgan yodgorliklarning eng qadimgisi Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asarining Vena kutubxonasidagi nusxasidir. 720-yildan boshlab arab yozuvi tarqala boshlagan. Arab yozuvida bitilgan eng qadimgi turkiy yodgorliklar XI asrga taalluqlidir. Bular Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining Namangan va Qohira nusxalaridir. Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu-lug‘otit-turk" nomli asari ham arab yozuvida yozilgan. Xalqlarimiz taxminan 1200 yildan ko‘proq vaqt davomida arab alifbosidan foydalangan. 1929-yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o‘tilgan edi. 1940- yildan boshlab esa rus (kirill) grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga o‘tildi.
Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi bo‘lib, jahon xalqlarining 30 foizidan ziyodi shu yozuvni qo‘llaydilar. 1993 yil 2-3 sentyabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Kengash yig‘ilishida o‘zbek yozuvini lotin alifbosiga o‘tkazish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-maydagi Oliy Majlis sessiyasida bu alifboga ayrim o‘zgarishlar kiritildi va bu yozuvga to‘liq o‘tish muddati 2005-yil sentabr oyi deb belgilandi. 2004-yilda chiqarilgan qonunga ko‘ra esa lotin yozuviga to‘liq o‘tish muddati 2010-yil sentabriga qadar cho‘zildi

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling