Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Bilet№ 29 Fonetik birliklar


Download 150.76 Kb.
bet79/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Bilet№ 29

  1. Fonetik birliklar.

Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari bo‘g‘in, urg‘u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o‘z ichiga oladi.
Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o‘rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg‘u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o‘rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma’lumot berish.

  1. Morfologiya va uning obyekti.

Morfologiya (grekcha: morfe — shakl va logos—soʻz, ta’limot) soʻzning grammatik shakllari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada soʻzlarning turkumlanishi, grammatik oʻzgarishi, soʻz formalarining hosil boʻlish yoʻllari oʻrganiladi. Fonetikaning asosini unli-undosh, jarangli-jarangsiz kabi fonetik oppozitsiyalar tashkil qilganidek, morfologiyaning asosini bir-biriga zid, lekin oʻzaro bogʻlangan, shartlangan grammatik oppozitsiyalar tashkil qiladi (birlik - koʻplik, boʻlishli - boʻlishsizlik kabi).
Morfologiya va sintaksis bir-biri bilan uzviy bogʻliqdir.
3. So‘zlararo ma’noviy munosabatlar haqida.
Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabat.
Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi.
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim.
Graduonimiya. Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi - [o‘rta] so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori.

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling