So`zning leksik ma`nosi nima?
Soʻzning leksik maʼnosi - soʻzning material qismi — leksema bildiradigan maʼno: muayyan tovushlar majmuini maʼlum obyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmunmundarija; lugʻaviy maʼno. Mas, "Bolalarni oʻynatdik" gapidagi birinchi soʻz hali yosh, voyaga yetmagan odamni, goʻdakni, ikkinchi soʻz esa harakatni (bola bilan bogʻlangan harakatni) biddiradi. Demak, "bola" va "oʻyna" soʻzlaridan ifodalanadigan mazkur konkret maʼnolar shu soʻzlarning leksik maʼnolaridir. Soʻzning leksik maʼnosi muayyan soʻzning aniq mazmunini (narsa, belgi, harakat tushunchalarini ifodalash, emotsiyalarni bildirish) tashkil etadi. Soʻzning leksik maʼnosi oʻzaknegizning oʻzi bilan ifodalanadi; yasovchi affikslar ham soʻzdagi material qismning ichiga kiradi. Shu jumladan leksik maʼno suz yasalishi va leksikologiya bilan bogʻliqdir. Soʻzning leksik maʼnosi shu soʻzning oʻzigagina tegishli xususiy maʼno boʻlishi bilan bir qancha oʻxshash soʻzlar uchun umumiy hisoblanadigan, umumiylik harakteriga ega boʻlgan grammatik maʼno dan farq qiladi.
4. Tarixiy so`zlar haqida tushuncha bering.
Tarixiy so‘zlar o‘tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo‘lgan, ammo hozir eskirib qolgan so‘zlar tarixiy so‘zlar deyiladi. Tarixiy so‘zlar jamiyatda yo‘q bo‘lib ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo‘llaniladi. Hozirgi tilda ularning sinonimii yo‘q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin).
Ba’zi so‘zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo‘lib qoladi. Bunday so‘zlarning bir ma’nosi eskirsa, ikkinchi xil ma’nosi zamonaviy qatlamda ishlatiladi.
Masalan: boy so‘zining ma’nosini qiyoslang: Boy Yo‘lchini zimdan kuzatdi (Oybek). Sen boy bo‘laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo‘ldi?
5. Paronim so`zlar haqida ma`lumot
Birdan ortiq so‘zning shakliy o‘xshashligi
Do'stlaringiz bilan baham: |