Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar
Download 469.04 Kb.
|
BIOELEKTROGENEZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- RETSEPSIYA BIOFIZIKASI
Rodopsin metarodopsin II o’tishi amalga oshishi bilan sitoplazmatik
membrananing natriy ionlariga o’tkazuvchanligi keskin kamayadi va kaliy ionlariga bo’lgan o’tkazuvchanligi ortib, membrana potentsiali kaliy ionlari tomonidan belgilanadi va membrana qutbliligi o’zgaradi. Tayoqcha disklaridagi rodopsinning yorug’likdan rangsizlanishi xaqidagi informatsiya, sitoplazmatik membranadagi natriy kanallariga mediator vositasida yetkaziladi. Yorug’likdan faollangan rodopsin G - oqsil transdutsinni aktivlaydi. Transdutsin o’z navbatida fosfodiesterazani faollab, s - GMF ning gidrolizlanishini kuchaytiradi. Natriy-kaltsiy kanallari yopilib, elektr signal vujudga keladi va sinaptik uchlardan neyromediator ajraladi. RETSEPSIYA BIOFIZIKASI Ko’rishning biofizikaviy asoslari. Odam qabul qilayotgan ma’lumotlarning ko’p qismini ko’rish orqali olib, ko’rish umurtqalilar va bug’imoyoqlilarga ham xos bo’lgan fotoresepsiyaning bir turi hisoblanadi. Yorug’lik nuri, spektral xossalar bilan xarakterlanib, ko’rish pigmentlari, masalan, rodopsin, nur energiyasining qamrovchilaridir. Nur yutish evaziga ularning elektronli qo’zg’algan holatga o’tish qobiliyati ko’rish signalining paydo bo’lishini ta’minlovchi jarayonlar zanjirini boshlab beradigan triggerlik xossasini shartlaydi. Fotoresepsiyaning umumiy reaksiyasini, quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin: Rodopsin + yorug’lik –––→ nerv impulsi ko’rish pigmentlarining yutish spektrlari, ko’rish resepsiyasining ta’sir spektrlariga mos tushadi. Yorug’likka sezgir hujayralar, kuchaytirish koeffisenti bilan xarakterlanadi. Yorug’lik kvanti, rodopsin orqali, nerv impulsi paydo bo’lishining asosida yotuvchi, ionlarning membrana orqali yuzaga keladigan kuchli oqimni boshlab beradi. Energetik nuqtai nazardan, fotoresepsiya yuksak endergonik jarayon hisoblanadi. Yuksak organizmlarning ko’rish reseptori - ko’z o’z-o’zini boshqarib turuvchi tirik sistemadir. Tasvirning to’r pardada fokuslanishi kipriksimon muskullar yordamida, xrustal egrilik radiusining o’zgartirilishi orqali amalga oshiriladi. To’r pardaga tushadigan yorug’lik miqdori, yoy parda muskullari faoliyati natijasida qorachiq kattaligining o’zgartirilishi orqali boshqariladi. To’r parda - fotoreseptorlari ko’p qavatli hujayralardan tashkil topgan. Pigmentli epiteliyda hosil bo’ladigan tasvir, kirish signali vazifasini bajaradi. Chiqish signali esa ko’rish nervida impulslar bilan kodlangan, neytral tasvirdir. Fotoreseptor hujayralar tayoqcha va kolbachalar molekulyar fotoreseptor strukturalarini o’z ichiga olgan, parallel disklarning ketma-ketligidan iborat, cho’ziq shakldagi qurilmadir. Disklar qalinligi, taxminan 12-15 nm, ular orasidagi masofa esa 14-16 nm ni tashkil etadi. Kolbachalar rangli ko’rishni ta’minlasa, tayoqchalar kuchsiz yoritilganlikdan ta’sirlanadi. To’r pardadagi hujayralararo sinaptik kontaktlar mavjud. Gorizantal hujayralar qo’shni reseptorlarni bir-biri bilan bog’lab, informasiyaning lateral yunalishdagi o’tkazilishini ta’minlasa, bipolyar hujayralar informasiyaning ichki sinaptik qatlamga o’tkazilishini ta’minlaydi. Ganglioz hujayraning xar biri Cheklangan sondagi fotoreseptor hujayralardan informasiya oladi. Ko’rish pigmentlari lipoxromoproteidlar, ya’ni oqsil, lipid hamda xromofor retinaldan iborat kompleksdir. To’r parda tayoqchalari tashqi sigmentlarining o’ziga xosligi shundan iboratki, tinchlikda ularning sitoplazmatik Membranasidagi potensial, Nerv va boshqa ko’pgina hujayralar Membrana potensialidan farqlanib, Na+ ionlari bilan Belgilanadi. Tinchlik paytida tashqi sigment Membranasinig natriy ionlariga o’tkazuvchanligi boshqa ionlarga bo’lgan o’tkazuvchanlikdan Keskin farqlanadi. Natriy ionlari o’z eLektroximiyaviy gradiyentlari buylab tashqaridan sitoplazmaga qarab harakatlanadi, so’ng tashqi sigmentni ichki segment bilan bog’lovchi oyoqcha orqali, ichki sigment tomon diffuziyalanadi va ichki sigment Membranasi orqali Na, K-ATF-aza ishtirokida tashqariga xaydaladi. Rodopsin → Metarodopsin II o’tishi amalga oshishi bilan sitoplazmatik membrananing natriy ionlariga o’tkazuvchanligi Keskin kamayadi va kaliy ionlariga bo’lgan o’tkazuvchanligi ortib, Membrana potensiali kaliy ionlari tomonidan belgilanadi va Membrana qutbliligi o’zgaradi.Tayoqcha disklaridagi rodopsinning yorug’likdan rangsizlanishi xaqidagi informasiya, sitoplazmatik membranadagi natriy kanallariga mediator vositasida yetkaziladi. Yorug’likdan faollangan rodopsin G - oqsil transdusinni aktivlaydi. Transdusin o’z navbatida fosfodiesterazani faollab, s - GMF ning gidrolizlanishini kuchaytiradi. Natriy-kalsiy kanallari yopilib, eLektr signal vujudga keladi va sinaptik uchlardan neyromediator ajraladi. Rangli ko’rish - yutish maksimumlari 445 nm, 535 nm va 670 nm sohalar bilan xarakterlanadigan, rodopsinlarga ega uch tip kolbachalar mavjudligi bilan shartlangan. Rodopsinlar tomonidan yorug’likning yutilishi, kolbachalarda RRP paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ranglar va ular orqali tasvirning qabul qilinishi, to’r pardadagi kolbachalargina emas, balki butun bir ko’rish analizatori faoliyatidir. resepsiya — har xil qo’zg’atuvchilarning (mexanik, Termik, kimyoviy va hokazo) energiyasini qabul qilish va uni nerv signaliga aylantirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon reseptorlar tomonidan amalga oshiriladi. reseptorda qo’zg’atuvchining ta’sirida reseptor potensiali hosil bo’ladi. reseptor potensialining qiymati qo’zg’atish kuchiga bog’liq bo’ladi. Tashqi muhitdan kelgan qo’zg’alishni qabul qilish Download 469.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling