Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar


Ko’rishning biofizikaviy asoslari


Download 469.04 Kb.
bet9/33
Sana22.06.2023
Hajmi469.04 Kb.
#1649793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
BIOELEKTROGENEZ

Ko’rishning biofizikaviy asoslari.
Ko’rish umurtqalilar va bo’g’imoyoqlilarga xos bo’lgan fotoretseptsiyaning
bir turi hisoblanib, ular qabul qilayotgan ma’lumotlarning ko’p qismini ko’rish
orqali oladilar. Ko’zning ko’rish faoliyati asosida fotobiologik jarayonlar yotib,
fotobiologiya sohasi bu jarayonlar mexanizmlarini ham tadqiq etadi. Yuksak
organizmlarning ko’rish retseptori - ko’z o’z-o’zini boshqarib turuvchi tirik
tizimdir. Tasvirning to’r pardada fokuslanishi kipriksimon muskullar yordamida,
xrustal egrilik radiusining o’zgartirilishi orqali amalga oshiriladi. To’r pardaga
tushadigan yorug’lik miqdori, yoy parda muskullari faoliyati natijasida qorachiq
kattaligining o’zgartirilishi orqali boshqariladi. Ma’lumki, ko’z to’r pardasi
tayoqcha va kolbachalar joylashgan bo’lib, ularning nurni sezishda, va umuman
ko’rish to’qimalari faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bu jarayonda tayoqcha
shaklidagi hujayralari yorug’likni juda yaxshi sezadi, ya’ni kuchsiz yorug’likdan
ham ta’sirlanish xususityaiga ega. Kolbacha shaklidagi hujayralar esa kuchli
yorug’likdan ta’sirlanib, ko’zning rang ajratish faoliyatini ta’minlaydi.
Ko’zning ko’rish faoliyatini tushunish uchun ko’zning yorug’likka sezgirlik
ko’rsatkichi kiritilgan bo’lib, bu ko’rsatkich ma’lum sharoitda ko’rish sezgisini
tug’dira olish qobiliyatiga ega bo’lgan minimal yorug’lik qiymatidan iborat.
Ko’zning yorug’likka sezgirlik ko’rsatkichi turli yorug’lik spektrlariga
moslashish qobiliyati (adaptatsiyasi) tufayli ma’lum intervalda o’zgarishi mumkin
va bu moslashuv mexanizmi quyidagicha amalga oshadi:
a) ko’z qorachig’i diametrini o’zgartirish va yorug’lik oqimi qiymatini
ko’paytirish orqali;
b) kolbacha va tayoqcha hujayralarini qoramtir pigment bilan ekranlash
orqali;
v) yorug’likka sezgir va parchalanmagan moddalarning kontsentratsiyasini
kamaytirish orqali;
g) jismning yoritilganlik darajasiga bog’liq holda ko’rish sezgisini hosil
qilishda qatnashuvchi hujayralar sonini o’zgartirish orqali.
Yoritilganlik darajasi 10-7 kd/m2 dan 105 kd/m2 gacha bo’lgan intervalda
ko’zning ko’rish faoliyati me’yoriy holatda amalga oshadi. Kuchsiz yoritilganlik
darajasida, masalan qorong’ulikda ko’zning to’rsimon tomiriga 1 sekundda
o’rtacha 100 ta foton ta’sir etadi va uning o’rtacha 10 % tayoqcha va kolbacha
hujayralari tomonidan yutiladi, fotonlarning 90 % esa ko’zning shoxparda
qobig’idan qaytadi.
Odamning ko’z apparati o’rtacha 40 nm dan 760 nm to’lqin uzunligi
intervalidagi elektromagnit to’lqinlar ta’sirini sezadi. Bu jarayonda ko’zning
spektral sezgirligi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

Download 469.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling