6CO2 + 6H2O C6H12O6 + 6O2
Fotosintez - erkin energiyaning tashqi manba hisobiga to’planishiga olib
keladigan, o’simliklar va barcha geterotrof organizmlar mavjudligini ta’minlovchi
yagona biologik jarayondir. Fotosintez natijasida, o’simliklar har yili 4*107 t
organik modda sintezlab, 200 mlrd tonna erkin O2 ajralib chiqadi. Fotosintez
energiyasining hosilga o’tadigan qismi 1-2 % dan oshmaydi. Bunday past
effektivlik- yorug’likning to’la yutilmasligi hamda biokimyoviy va fiziologik
darajalarda mavjud cheklanishlar bilan shartlangan.
Fotoqo’zg’aluvchanlik energiyasidan foydalanish yo’llari
Fototaksis (taxis - joylanish) - taksis hodisalarining bir turi bo’lib (termo-,
xemo-, gidrotaksis va xokazo), erkin holatdagi biologik ob’ektning yorug’lik
ta’siridan kelib chiqadigan, muayyan yo’nalishli harakatidan iborat. Boshqa xil
taksislar singari, fototaksislar ham ob’ektning yorug’lik manbai tomon (ijobiy)
yoki unga teskari (salbiy) yunalishdagi harakatini belgilovchi, topotaksislar hamda
maydon yoritilganligiga javoban ob’ektning siljishini belgilovchi fototaksislarga
bo’linadi. Fototaksislar sodda hayvonlar, chuvalchanglar, bakteriyalar, suv utlari
hamda ba’zi bir hujayra ichidagi organoidlar uchun xarakterlidir. Fototaksis ta’sir
spektrlarini o’rganish orqali qayd etilganki, xlorofill, fikotsianin va fikoeritrin - suv
o’tlari hamda sodda hayvonlarda, bakterioxlorofill - bakteriyalarda, fitoxrom -
xloroplastlarda fototaksisni ta’minlovchi pigmentlardir. Ko’p hollarda shu xildagi
pigment sifatida xromoproteid ishlaydi. Sodda organizmlarning fototaksisi, har xil
pigmentlar ishtiroki bilan shartlangan ham bo’lishi mumkin. Fototaksik javob
birlamchi fotokimyoviy mahsulotlar fotooksidlanish reaktsiyasining natijasida
emas, balki ATF-aza aktivligining oshirilishi natijasida amalga oshadi.
Fototaksis fotosintez bilan aloqador hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |