Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar
Download 469,04 Kb.
|
BIOELEKTROGENEZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yorug’likning makromolekulalar bilan o’zaro ta’sirlashuvi.
Fotobiologik jarayonlar yorug’lik kvantlarini biologik funktsiyali
molekulalar orqali yutilishi bilan boshlanib, organizm va to’qimalarda tegishli fiziologik reaktsiyalar bilan tugaydigan jarayonlardan iborat. Biologik jarayonlar kechishiga yorug’lik ko’rsatadigan ta’sirning muhim harakteristikasig’fotobiologik ta’sir spektrlari, ya’ni fotobiologik effektning ta’sir etayotgan yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liqligidir. Fotobiologik ta’sir spektrlari, spektrining qaysi sohasi biologik jarayonni eng effektiv ravishda yuzaga keltirayotganini, shuningdek bunday ta’sirning maxanizmini aniqlash imkonini beradi. 1. Yorug’likning makromolekulalar bilan o’zaro ta’sirlashuvi. Fotobiologiya biologik tizimlarga nur kvanti - hv va ultrabinafsha nurlar ta’sirining molekulyar mexanizmlarini o’rganadi. Bu jarayonlar asosida fotokimyoviy reaktsiyalar yotib, nur kvantining yutilishi bilan boshlanuvchi va turli xil biokimyoviy, fiziologik va umumbiologik effektlar bilan tugallanuvchi murakkab zanjir holidagi reaktsiyalar kompleksidan iborat. Fotobiologik jarayonlarda umumiy holda muhim biologik birikmalar sintezlanadi. Bunday jarayonlarga yuksak o’simliklar, ba’zi bakteriyalar va suv o’tlarida kechuvchi fotosintez misol bo’ladi. Fotosintez yuqori darajada ixtisoslashgan strukturalarxloroplastlarda amalga oshadi. Fotosintezdan tashqari nur kvanti holida olingan informatsiya ta’siridan kelib chiquvchi biologik ritmlar ham organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Fotobiologiya, shuningdek, ultrabinafsha, infraqizil va boshqa nurlar ta’sirida tirik tizimlarda yuz beradigan buzilishlarning molekulyar mexanizmlarini ham o’rganadi. Yirik portsiya holidagi nur kvanti yoki qisqa to’lqin uzunligidagi ultrabinafsha nurlar tirik organizmda nuklein kislotalar, oqsillar kabi muhim genetik-informatsion, struktura va fermentativ funktsiyalarga ega bo’lgan makromolekulalarga ta’sir etib, turli xil mutatsiyalar va jiddiy funktsional izdan chiqishlarni keltirib chiqaradi. Ultrabinafsha nurlar organizmning genetik tizimida DNK darajasida komplementarlikni buzish xususiyatiga ega. Fotobiologiya ultrabinafsha va ko’rinuvchi nurlar energiyasining yutilishi evaziga biomolekulalarda sodir bo’ladigan elektronli qo’zg’alish holatlari va ularga bog’liq holda amalga oshadigan fotofizikaviy hamda fotokimyoviy o’zgarishlarni o’rganish bilan cheklanadi. Nur kvanti molekula yoki atomga yutilganda tashqi pog’onadagi elektronlar qo’zg’algan holatga kelib, S1 – singlet holatdan S*- singlet holatga o’tadi va buni quyidagicha ifodalash mumkin: Download 469,04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling