Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar
Download 469.04 Kb.
|
BIOELEKTROGENEZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xemilyuminestsentsiya
Lyuminestsentsiya turlari
Lyuminestsentsiya deb biologik ob’ektlarning ma’lum bir haroratdagi issikliq nurlanishidan ortiqcha bo’lgan, hamda davomiyligi ham nurlanuvchan yorug’lik to’lqinlarining davri 10-15s qiymatidan ancha ortiq bo’lgan nurlanishga aytiladi. Lyuminestsentsiya yorug’likning qaytishi va sochilishi kabi ikkilamchi rentgenolyuminestsentsiya ko’rinishida, ya’ni rentgen va γ-nurlanishlari ta’sirida yuzaga keluvchi guruhlarga ajratib o’rganiladi. Xemilyuminestsentsiya hodisasi ekzotermik kimyoviy reaktsiyalar natijasida hosil bo’ladi. U bevosita reaktsiya mahsuloti tomonidan, yoki reaktsiya mahsulotidan energiyani olib o’tish natijasida qo’zg’aluvchi boshqa komponentlar tomonidan yuzaga keladi. Xemilyuminestsentsiya yorqinligi, ya’ni vaqt birligi ichida chiqarilayotgan kvant sonlari, reaktsiya tezligining va xemilyuminestsentsiya effektivligining oshishi bilan o’sib boradi. Xemilyuminestsentsiya effektivligi - reaktsiyaning bitta aktiga to’g’ri keluvchi kvantlarning o’rtacha sonidir. Xemilyuminestsentsiya hodisasi asosida fizika, kimyo va biologiyada sohalarida keng qo’llaniladigan uslublar ishlab chiqilgan. Xemilyuminestsentsiyaning oddiy ko’rinishi biologik ob’ektlarning modda almashuvi reaktsiyalarida kuzatiluvchi shu’lalanish hisoblanib, bu bioxemilyuminestsentsiya deyiladi va juda ko’p dengiz hayvonlari va o’simliklari, ba’zi qo’ng’izlar, chuvalchanglar, biologik chirindilarning nurlanishi bunga misol bo’ladi. Fotolyuminestsentsiya jarayonining boshlang’ich vaqti atom va molekulalarni yorug’lik kvanti hv energiyali fotonlar bilan qo’zg’atish davri bilan belgilanadi. Stoks qonuniga ko’ra lyuminestsentsiya spektri, shu lyuminestsentsiyani keltirib chiqaruvchi spektrga nisbatan uzun to’lqinlar tomonga siljigan bo’ladi. Nurlanuvchi fotonning energiyasi hv yutilgan fotonning energiyasi hv dan katta emas: hv hv. Stoks qonunidan chetlanuvchi antistoks lyuminestsentsiya deb ataluvchi lyuminestsentsiya ham mavjud. Bu fotolyuminestsentsiyani ayrim spektral chiziq bilan, ya’ni monoxromatik yorug’lik bilan qo’zg’atilgan vaqtda ayniqsa yaxshi ko’rinadi. Antistoks nurlanish avvaldan qo’zg’algan holatda turgan zarrachalarni qo’zg’atishda vujudga keladi 2-qo’zg’atilgan holatdan 1-asosiy holatga o’tishda - hv - energiya nurlanadi. Download 469.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling