Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar
Hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy
Download 469.04 Kb.
|
BIOELEKTROGENEZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanoretseptorlar
- Xemoretseptorlar
- Fotoretseptorlar
- Og’riq
Hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy
ma’lumotlar. Ma’lumki, tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri tashqi muhit bilan muntazam ravishda aloqada bo’lishi hisoblanadi. Bu jarayon organizmda analizatorlar yoki sensor tizimi faoliyati bilan ta’minlanib, bu tizim asab tizimining bir qismi va maxsus tanuvchi tuzilmalar hisoblangan retseptorlarni o’z ichiga oladi. Analizatorlarda retseptor orqali tashqi muhitdan qabul qilingan ta’sirot o’tkazuvchi nerv tolasi bo’ylab markaziy nerv tizimiga uzatiladi va qayta ishlanib, organizmning ta’sirga javob reaktsiyasi amalga oshadi. Retseptorlar mexanik, termik, kimyoviy, akustik ta’sirotni qabul qilib, retseptsiya jarayonida nerv impulsiga aylantiradi. Retseptorlar 2 ta guruhga: ekstroretseptorlar (tashqi) va interoretseptorlar (ichki) bo’lib o’rganiladi. Ekstreretseptorlarga tarkibiga eshitish, ko’rish, hid va ta’m bilish, sezuvchi retseptorlar kiradi. Interoretseptorlarga esa ichki organlar holati to’g’risidagi signal uzatilishini ta’minlovchi vitseroretseptorlar, vestibulyar, harakat-tayanch tizimi retseptorlari, ya’ni propioretseptorlar kiradi. Retseptorlar, tashqi muhit bilan aloqasiga ko’ra masofali, ya’ni ko’rish, eshitish kabi uzoqdan sezuvchi, hamda tegib turuvchi, ya’ni bevosita qo’zg’atuvchi ta’sirlar asosida faoliyat ko’rsatuvchi guruhlarga bo’linadi. Qabul qilish mumkin bo’lgan adekvat ta’sirlovchilar tabiatiga ko’ra esa retseptor quyidagicha tavsiflanadi: 1.Mexanoretseptorlar ta’sirlovchining mexanik energiyasini qabul qilishga moslashgan bo’lib, bularga teri, tayanch harakatlanish tizimi, eshitish va muvozanatni saqlash tizimi retseptorlari va yurak qon-tomir tizimi baroretseptorlari misol bo’ladi. 2.Xemoretseptorlar kimyoviy omillar ta’sirlari natijasida qo’zg’alish xususiyatiga ega va bunday retseptorlarga ta’m va hid sezuvchi sensor tizim chet qismini tashkil qiladi. Shuningdek xemoretseptorlar qon-tomir tizimi turli qismlari va organ,to`qimalarning ba’zi turlarida ham uchrashi qayd etilgan. 3.Fotoretseptorlar nur energiyasini nerv impulsiga aylantirish xususiyatiga ega. Bu retseptorlarga ko’z to’r pardasida joylashgan yorug’lik nuri kuchini ajratish, rang ko’rish retseptorlari kiradi. 4.Termoretseptorlarning ko’p qismi organizmlarning terisida joylashgan bo`lib harorat o’zgarishlariga sezgir. Shuningdek ichki a’zolarda, markaziy nerv tizimida ham shunday reseptorlar joylashgan ularga haroratga sezgir retseptorlar kirib, ular harorat o’zgarishlariga juda sezgir reaktsiya ko’rsatish xususiyatiga ega. 5.Og’riq (nosiseptiv) retseptorlari og’riq natijasida paydo bo’luvchi ta’sirotlarni qabul qiluvchi notsitseptiv retseptorlar hisoblanib, bu sezgi organizmdagi reseptorlarning deyarli hammasiga o’ta kuchli ta’sir qilinganda paydo bo’ladi. Ba’zi reseptorlarda ta’sirlovchi energiyasining nerv impulsiga aylanishi shu reseptor hujayra o’simtasida sodir bo’ladi. Retseptor tuzilish xususiyatiga ko’ra birlamchi sezgir va ikkilamchi sezgir guruhlarga bo’linadi. Masalan, birlamchi sezgir retseptorlarga hid bilish, sezgi retseptorlari. Ushbu retseptorlarni ta’sirlovchi retseptorning o’zida joylashgan sezgir neyron o’simtalarida nerv signaliga aylantiriladi. Ikkilamchi sezgir retseptorlarga ko’rish, tam bilish, eshitish retseptorlari kirib, bularda ta’sirot energiyasi neyronga bevosita emas, balki yuqori sezuvchanlik xususiyatiga ega retseptor hujayrasi orqali uzatiladi. Retseptorning qo’zg’alish mexanizmi quyidagicha kechadi, ya’ni ta’sirot paytida retseptor hujayraning oqsil-lipid molekulalaridan tarkib topgan membrana tuzilmalari konfiguratsiyasi o’zgaradi. Bu esa membranada ionlar singdiruvchanligi xususiyati o’zgarishiga olib kelib, ion toki hosil bo’lishi va retseptor potentsialiga sabab bo’ladi. Bu jarayonda asosan Na+ ionlari muhim ahamiyatga kasb etib, retseptor potentsiali vujudga keladi. Birlamchi sezgir retseptor hujayralari ba’zi sohalarida hosil bo’lgan retseptor potentsiali bevosita nerv impulsiga aylantiriladi. Ikkilamchi sezgir retseptorlar esa ta’sirot natijasida hosil bo’lgan retseptor potentsiali retseptor hujayrasi presinaptik membranasidagi atsetilxolin kabi mediatorlar ajralishiga olib keladi. Mediator ta’sirida esa sezgir neyron postsinaptik membranasi qutbsizlanishiga (depolyarizatsiya) olib keladi. Ya’ni postsinaptik potentsial hosil bo’ladi va bu dastlabki sezgir neyronda nerv impulsi hosil qilishiga olib kelib, hosil kilish potentsiali ham deb ataladi. Retseptorlar evolyutsiya davomida ma’lum bir adekvat qo’zg’atuvchilar ta’siriga nisbatan sezgirlik namoyon qilishga moslashgan. Download 469.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling