Biofizikaning asosiy bo’limlari, uning shakllanishida boshqa
fanlarning roli, ular bilan aloqasi. Biofizikaning asosiy bo’limlari - biologik
jarayonlar kinetikasi va termodinamikasi, biopolimerlar strukturasi va
funksiyasi, hujayra biofizikasi, elektrofiziologiya, bioenergetika fotobiologik
jarayolar biofizikasi va h.k dir.
Shunday qilib, biofizika ayrim makromolekulaning tuzilishi va
funksiyasidan tortib, biosfera darajasigacha bo’lgan gradasiyalarda kechadigan
jarayonlarni tekshirib, ularning mexanizmlari va ichki dinamikasini
tushuntirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Adaptasiya mexanizmlari, energiya almashinish, ion gomeostazining
boshqarilishi, hujayra ichi signalizasiya jarayonlari, fotomorfogenezni sistemalar
darajasida tekshirish, ixcham ekologik modellar tuzish va boshqalar ham
biofixikaviy tadqiqotlarning aktual yo’lalishlarini tashkil etadi. Shunday qilib,
biofizikaning hozirgi zamon biologiyasi garmonik qiyofasining shakllantirishga
qo’shadigan salmoqli ulushi, hayot faoliyatining asosini tashkil etuvchi eng
muhim fizikaviy va fizika-kimyoviy jarayonlarning mohiyatini ochishdan iborat.
O’zbekistonda biofizikaning rivojlanishi. Biofizika jadal sur’atlar bilan
rivojlanmoqda va u hozirgi zamon biologik dunyoqarashining shakllanishida
muhim rol o’ynaydi. Hozirgi davrda, biofizikaviy yondashishlarning taraqqiy
etishi, ekologiya biologiyaning bir qator amaliyoti sohalari, nazariy va amaliy-tibbiyet hamda qishoq xo’jaigidagi yutuularning zaruriy sharti sifatida tan olinmoqda.
Shubhasizki, biologik muammoar sohasiga biofizikaning kirib keishi, u bilan
mahkam bog’langan ko’pgina fanlarni har tomonlama favqulot darajada boyitdi.
ToshDU da 1962 yili akademik Ye.X.Turaqulov rahbarligida bioximiya
va biofizika kafedrasining ochilishi O’zbekistonda Biofizika yo’lalishini paydo
bo’lishi va rivojlanishida burilish palla hisoblanadi. 1979 yilga kelib, mazkur
kafedradan akademik B.O.Toshmuhamedov rahbarligidagi biofizika atrofmuhitni himoyalash (hozirgi biofizika) kafedrasi ajralib chiqadi.
Biologik membranalar orqali ionlar transporti va biologik faol
moddalarning ta’sir mexanizmi - mazkur biofizika maktabining asosiy ilmiy
yo’lalishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |