Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar
Download 469.04 Kb.
|
BIOELEKTROGENEZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prigojin teoremasi.
Onzager aloqadorligi. Har qanday jarayenni umumlashgan kuch X (sabab)
bilan umumlashgan oqim I (jarayon tezligi)ning ko’paytmasi tarzida xarakterlash mumkin. Shu asosda, jarayon entropiyasining o’zgarishi mazkur xarakterlar ko’paytmasi IX (quvvat) ko’rinishida ifodalanadi. Jarayon xarakteriga bog’lik holda, umumlashgan kuch X turli tabiatga ega bo’lishi mumkin: kimyoviy reaksiyalarda u kimyoviy yaqinlik (A), mexanikaviy jarayonlarda kuch (F), elektr hodisalarda- potensiallar farqi (), issiqlik o’tkazuvchvnlikda u harorat gradiyenti (T) dir. Oqimlar bog’langanligining mezoni sifatida dissipativ funksiya-ning ijobiy kattaligi ish beradi: Jarayon bog’langanligining mezoni bo’lmish ana shu dissipativ funksiya energiyaning issiqlikka aylanib sochilishini ifodalaydi. Prigojin teoremasi. Entropiyaning maksimumga intilishi muvozanatni jarayonlar termodinamikasining asosiy kriteriysidir.(Klauzius attraktori). Muvozanatga yaqin ochiq sistemaga xos ana shunday attraktor mavjudmi? Prigojin teoremasiga binoan, tashqi parametrlarning o’zgarmaslik holida, stasionar holatda entropiya hosil qilish tezligi minimal kattalikka intiladi. (Entropiya hosil qilish tezligi doimiy bo’lib, uning kattaligi minimal). Aynan mana shuning o’zi I.Prigojin teoremasidir. Muvozanatga yaqin turgan ochiq sistemada kechadigan Ongazer aloqadorlik prinsipiga bo’ysunadigan qaytmas jarayonlar yo’lalishi kriteriysi aynan mana shundan iborat. Bunga javoban sistemadagi kuchlar va oqimlar shunday o’zgarishi lozimki, dissipativ funksiya yangidan kamayib, sistema o’z stasionar holatiga qaytadi. Aynan mana shuning o’zi muvozanat yaqinidagi sistema stasionar holatning barqarorlik shartidir. Ta’kidlash muqimki, biologik sistemalar muvozanatdan uzoqdagi sistemalardir. Ular oqimlar bilan kuchlar aro proporsionallik yoki Ongazer aloqadorligi qoidasiga amal qilmaydi. Bunday sistemalarda erkin energiyaning G q 1-2 kkal/mol kattaliklari bilan xarkterlanadigan biokimyoviy jarayonlarga xos o’tishlar sodir bo’ladi. Ongazer aloqadorligi esa faqat energiyaning G 0,2 kkal/mol o’zgarish bilan kechadigan jarayonlarga taaluqlidir. Shu bilan birga muvozanatdan uzoqdagi jarayonlar stasiolar holati uchun I.Prigojin teoremasi haq bo’lmay, bunday sistemalarda, chiziqli jarayonlar termodinamikasiga xos bo’lmagan avtotebranishli rejim qaror topadi. Download 469.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling